2-mavzu. Sharq va G‘arb falsafasining vujudga kelishi, rivojlanish tarixi. (2-soat)


Download 99.32 Kb.
bet22/28
Sana03.04.2023
Hajmi99.32 Kb.
#1322350
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
2-мавзу семинар

«Hayot falsafasi» XIX asrning 60-70-yillarida mexanistik tabiatshunoslik va mumtoz ratsionalizmning tanazzuli, pozitivizm, empiriokrititsizm, yangi kantchilikda ifodalangan spentizm, metodologizm va gnoseologizm zo‘ravonligiga qarshi aksil amal sifatida paydo bo‘ldiyu hayot falsafasining o‘ziga xos belgilari volyuntarizm, irratsionalizm va intuitivizm edi. U eng katta ta’sirga XX asrning birinchi choragida erishdi. Bu yo‘nalishning ko‘zga ko‘ringan vakillari falsafada Fridrix Nitsshe (1844-1900), Vilgelm Diltey (1833-1911), Georg Zimmel (1858-1918), O.SHpenglar (1880-1936), Anri Bergson (1859-1941) edilar.
Hayot falsafasining bosh tushunchasi – «hayotdir». Bu tushuncha juda ham tarqoq bo‘lib, aniq va tushunarli ifodaga ega emas. U turli faylasuflar qarashlarida o‘ziga xos xususiyatga ega. Nitsshe nuqtai nazarida hayot tirik, tabiiy, «kuchlarni to‘plovchi iroda»ga va hokimiyatga intiluvchi narsadir. Diltey va Zimmel uchun hayot – bu «yuz bergan narsalarning irodasi, turtki va his-tuyg‘usi», «boshdan kechirilgan afsus-nadomat»dir; Bergson qarashlariga muvofiq hayot – bu «uzunlik», «hayotiy jo‘shqinlik», «to‘xtovsiz ijod», «oqim»dir. Hayot uzluksiz oqim sifatida bo‘lib, uni aql, mantiq, nazariya vositasida bilib bo‘lmaydi, faqat bevosita, ichki tuyg‘u bilangina idrok etish mumkin.
Hayot falsafasining asoschisi va eng yirik vakili F.Nitsshe hisoblanadi. Nitsshe falsafasida hokimiyatga nisbatan bo‘lgan iroda haqidagi ta’limot markaziy o‘rinda turadi. «Nima yaxshi? – deb so‘raydi Nitsshe, - insondagi kuchga, hokimiyatga nisbatan bo‘lgan iroda va qudratga nisbatan bo‘ladigan his-tuyg‘uni oshirib boruvchi hamma narsa. Pragmatizm asoschisi mashhur Amerika matematigi, mantiqshunosi va faylasufi CHarlz Pirs (1839-1914) edi. Pragmatizm asosida «shubha – din» nazariyasi yotadi. O‘z hayoti jarayonida inson qandaydir birlamchi xildagi faoliyatlarni ishlab chiqadi. Bizning barcha fikrlarimiz ushbu faoliyatlar ko‘nikmasini ishlab chiqishga qaratilgandirlar. Pirs aqidasicha, bu maqsadga nimaiki taalluqli bo‘lmasa, ularning barchasi fikrga qadaladi, ammo uning o‘zi yoki uning qismi bo‘la olmaydi. Bilish jarayonida bizning barchamiz qandaydir ishonchga (nimalargadir shonamiz) va qandydir shubhalarga etib kelamiz. Bizning ishonchimiz yoki e’tiqodimiz (nimagalargadir ishonish) – bu muayyan sharoitlarda ishlab chiqilgan ko‘nikmalar asosida muayyan tarzda faoliyat ko‘rsatishga tayyorligimizdadir.

Download 99.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling