2-mavzu. Sharq va G‘arb falsafasining vujudga kelishi, rivojlanish tarixi. (2-soat)


Download 99.32 Kb.
bet23/28
Sana03.04.2023
Hajmi99.32 Kb.
#1322350
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
2-мавзу семинар

Neopozitivizm YAngi pozitivizm (neopozitivizm) yoki mantiqiy empirizm – XX asr falsafasida eng ko‘zga ko‘ringan oqimlardan biridir. U pozitivizm rivojida uchinchi bosqichdir. Falsafiy oqim sifatida yangi pozitivizm Vena to‘garagi asosida 20-nchi 30-nchi yillarda shakllandi. YAngi pozitivizmning asosiy vakillari – L.Vitgenshteyn (1889-1951), M. SHlik (1882-1936), R.Karnap (1891-1970), O.Neyrat (1882-1945), G.Reyxenbax (1891-1953), B.Rassel (1872-1970), A.Ayer (1910-1989) va boshqalar edilar.
YAngi pozitivizmga muvofiq ilmiy bilimni ikki tabaqaga bo‘lish mumkin: formal imlar (matematika va mantiq) va faktual ilmlar. Birinchi ilmlarda bayon qilingan narsalar tahliliy yoki analitikdirlar, ya’ni tajribadan mustaqil bo‘lib, dunyo haqida ma’lumotlarga ega emas. Ularning haqiqiyligi mantiqiy jihatdan ifodalanib, faqat ularni tashkil etgan atamalarning ma’nosigagina bog‘liqdir. Faktual ilmlar sintetik bayonotlar bilan ish ko‘rganliklaridan mazmunga egadirlar va voqey hodisalarga asoslanadirlar. Ular tajribaviy «kuzatish gaplariga» tengdirlar.
Verifikatsiya qoidasiga muvofiq ravishda yangi pozitivistilar barcha metafizikani (an’anaviy falsafani) bema’ni deb e’lon qiladilar. YAngi pozitivistga talqinda falsafa fan tilining mantiqiy tahliliga aylanib qoladi. Uning vazifasi fan tilini be’mani, «soxta ilmiy» gaplardan tozalashdir
YAngi pozitivistcha ta’limotning parchalanishi umumiy nomda birlashgan «postpozitivizm» deb atalagan bir qator fan falsafasining prinsiplarini vujudga kelishiga olib keldi. Bu yo‘nalishning asoschisi «kritik ratsionalizm» ijodkori Karl Popper (1902-1988) edi. Postpositivizmga I.Lakatos, T.Kun, S.Tulmin, D.Agassi, P.Feyerbend kabi yirik g‘arb fan faylasuflarining qarashlari taalluqlidir. Bu faylasuflarning asosiy vazifasi fan falsafasida pozitivistcha uslubdagi tafakkurni bartaraf etish edi.
30-nchi yillardayoq Popper yangi pozitivizmning iduktivizmi, ma’noning verifikatsiyachilik nazariyasi, fan asosini tajribaviy tabiatni hodisa sifatida talqin qilishni qattiq tanqid ostiga olgan edi. U ilmiy bilishda metafizikaning o‘rni va metafizik (an’anaviy falsafiy) muammoni oqlash masalasini qo‘ygan edi. U shuni ko‘rsatadiki, metafizikada aytilgan hukmlarni hissiy ma’lumotlarga tadbiq qilib bo‘lmasligi asosida uni rad etish, mantiqiy jihatdan fundamental fanlarning butun nazariy asoslarini rad etishga olib keladi.
YAngi tomizm (neotomizm) – katolik falsafasining etakchi yo‘nalishi bo‘lib, Vatikanning rasmiy ta’limoti sifatida tan olingan va o‘rta asr faylasufi Akvinalik Foma ta’limoti – tomizmning hozirgi zamondagi turidir. Tomizm asoslarini tiklashga qaratilgan birinchi urinishlar XIX asrning o‘rtalariga taalluqli bo‘lsa, katolik cherkovining falsafiy ta’limoti sifatidagi rasmiy maqomni u 1879 yilda papa Lev XIII ning «Aeterni Patris» nomli ensiklikida (farmoyishida) oldi. YAngi tomizmning eng mashhur vakillari Dezire Merse (1851-1978), Jak Marten (1882-1973), Eten Jilson (1884-1972) va boshqalar edi.
YAngi tomizm Uyg‘onish davri va YAngi zamon falsafasini o‘rta asrlar katolik falsafasi va madaniyatining qadriyatlarini emirganligi uchun tanqid ostiga oladi. YAngi tomistchilar o‘z falsafiy qarashlarini idealizm va materializm, ssientizm va antissientizmning «o‘taketganligi» ni bartaraf qilgan hamda e’tiqod va aql, ilohiyot va falsafa, din va fanni yagona butunlikka birlashtirgan umumiy falsafa sifatida talqin qiladilar.
YAngi tomizm nuqtai nazaridan falsafa o‘ziga ikki tarkibiy qismni birlashtiradi: borliq haqidagi ta’limot sifatida metafizikani va tabiat falsafasini. Ko‘pincha uni birinchi sabablar va mutlaq ibtidolar haqidagi fan sifatida ta’riflaydilar. Boshqacha aytganda, falsafaning asosiy mazmunini metafizika tashkil etadi. Metafizikaning asoslari transsendent (narigi dunyo) xususiyatga ega bo‘lib, fan dalillaridan mustaqil holatda bo‘lib, ulardan keltirib chiqarilmaydilar.

Download 99.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling