2-mavzu. Sharq va G‘arb falsafasining vujudga kelishi, rivojlanish tarixi. (2-soat)
Download 99.32 Kb.
|
2-мавзу семинар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Хитой фалсафаси
Lokayata. Qadimgi Hindistonning moddiyuncha falsafiy maktablari orasida eng mashhuri lokayata («bu dunyoga yo‘nalish») ta’limotidir. Lokayatlar yoki chorvoqlar maktabining asoschisi qadimgi dunyo donishmand Brixaspatidir. Lokayatlar ta’limotiga ko‘ra, inson to‘rt moddiy unsur – tuproq, suv, olov va havodan tashkil topgandir. Ular bir-biri bilan qo‘shilib badan, his-tuyg‘u a’zolarini shakllantiradi va ular asosida ruhiy ibtido kelib chiqadi. Insonda uning o‘limidan keyin qoladigan hech narsa yo‘qligi tufayli lokayata ta’limotidagilar voqey hayotdan foydalanib qolish zaruriyati haqida gapiradilar.
Хитой фалсафаси Xitoy falsafasining manbalari - Bilim darajasining mumtoz kitoblarida yoritilgan. Ashulalar kitobi (er. oldingi XI-VI asrrlar) xalq she’riyatining to‘plamidir; Tarix kitobi (er.ol. 1-nchi mingyillikning boshlari) – rasmiy hujjatlar to‘plami bo‘lib, tarixiy voqealar bayonidir; Tartib kitobi (er.ol. IV-I asrlar) siyosiy va diniy rasm-rusumlarni, ijtimoiy va siyosiy faoliyat me’yorlarini tasvirlaydi. Bahorva kuz kitobi (er.ol. VII-IV asrlar) axloqiy va rasmiy - adabiy masalalarni hal etish uchun namuna sifatida xizmat qildi. Falsafa taraqqiyoti nuqtai nazaridan O‘zgarishlar kitobi (er.ol. XII-VI asrlar) eng muhimdir. Uning matnlarida afsonalardan falsafaga o‘tish boshlanganligini mushohada etish mumkin. O‘zgarishlar kitobining eng iuhim qismlaridan biri – In va YAn unsurlari haqidagi ta’limotdir. YAn qandaydir faol, barcha narsalarning ichiga kirib boruvchi, ashyolarni bilish yo‘lini yorituvchi narsa sifatida ifoda qilinadi; In uchun kutib turuvchi faoliyatsizlik o‘rin ajratilgan, negaki, u qorong‘ilik ibtidosidir. In va YAnning harakati – yagona narsada yuz beradigan o‘zgarishlarning dialektik harakatidir. In va YAnning o‘zaro bir-biriga kirishidan ularning o‘zaro ta’sirini aks ettiruvchi bir qator tushunchalar paydo bo‘ladi. Xitoy falsafasi o‘zining gullab-yashnagan vaqtiga «oltin davr» deb atalgan er.av. VI-III asrlarda erishdi.. Asosiy falsafiy yo‘nalishlar quyidlagilardan iborat edi: in-yan, konfutsiychilik, daosizm, ismlar maktabi, moizm, legizm. Download 99.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling