2-mavzu. Shaxs va shaxsning psixik taraqqiyoti Reja


Download 119.73 Kb.
bet14/35
Sana27.12.2022
Hajmi119.73 Kb.
#1067516
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Bog'liq
2 mavzu Psixologiya

Diqqatning turlari.
Psixologiyada ikki xil diqqat turi farq qiladi. Ulardan biri ixtiyorsiz diqqat bo‘lsa, ikkinchisi- ixtiyoriy diqqatdir.
Ixtiyorsiz diqqat deb to‘satdan ta’sir qilgan biror sabab tufayli bizning xohishimizdan tashqari hosil bo‘ladigan diqqatga aytiladi. Ixtiyorsiz diqqat odamning har turli ehtiyojlari va qiziqishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan diqqatdir. Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini orientirovka yoki tekshirish refleksi tashkil qiladi.
Ixtiyoriy diqqat deb oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida va ongli ravishda diqqatimizni ma’lum narsa hamda hodisalarga qaratilishiga aytiladi. Ixtiyoriy diqqatning nerv-fiziologik asosida miya yarim sharlarining po‘stida vujulga keladigan optimal qo‘zg‘alish manbai bilan ikkinchi signallar sistemasining faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelishida nutqning roli g‘oyat kattadir. Ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat bilan almashinib turadi. Ixtiyoriy diqqat paytida odam tez charchaydi, chunki ixtiyoriy diqqat odamdan hamma vaqt iroda kuchini sarflashni talab etadi.
Diqqatning asosiy turlari ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatdir. Diqqatni bunday turlarga bulish hissiyot yoki irodaning ustunligiga asoslanadi. Shu sababli, ba’zan diqqatning bu turlari irodaviy va emotsional diqqat deb ham ataladi. Diqqatning yana uchunchi turi sungi ixtiyoriy diqqat bo‘lib, u dastlabki ikki turdagi diqqatning o‘ziga xos sintezidan iborat. Ixtiyorsiz diqqat maxsus zo‘r berishni talab qilmaydi. U ongga ta’sir etuvchi predmet yoki hodisaning bevosita qiziqish uyg‘otishidan paydo bo‘ladi.
Ta’lim jarayonida ham umumiy mehnat faoliyatidagi singari, ixtiyoriy diqqat xal kiluvchi rol uynaydi. Diqqatning bu turi ixtiyorsiz diqqatdan, birinchidan, kuzlagan maqsadi bilan farq qiladi, ya’ni u kishining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga bog‘liq bo‘ladi. Ikkinchidan, undan uyushqoqlikni talab etadi, bu avvaldan diqqatni to‘plashga tayyorgarlikda, shuningdek etiborining tuplanish jarayonini boshqara bilishda ifodalanadigan uyushkoklikdir. Uchinchidan, irodaviy diqqatga diqqatni jalb qilish va saqlash jarayonida zur berish bilan bog‘liq bo‘lgan kuch sarflash xos. Nihoyat, turtinchidan, u faoliyat jarayonidagi uta barqarorligi bilan farq qiladi. Shuning uchun uni irodaviy diqqat deyiladi. Faoliyat jarayonida, ko‘pincha, diqqatning ixtiyorsiz ravishda asosiy ishdan bo‘lak narsalarga ko‘chib turishi uchraydi. Bunday hodisani diqqatning chalg‘ishi deb ataladi. Ixtiyorsiz diqqatni ham va ixtiyoriy diqqat ham o‘zining yo‘nalishiga ko‘ra tashqi va ichki bo‘lishi mumkin.
Manbai bizning ongimizdan tashqarida bo‘lgan diqqatga tashqi diqqat deb ataladi. Tashqi diqqat dastavval bizning idroklarimiz jarayonida namoyon bo‘ladi. Shafyor, vagon haydovchisi, tikuvchining ishida sodir bo‘ladigan diqqat tashqi diqqatga misol bo‘la oladi. Manbai bizning tasavvurlarimiz, fikrlarimiz, hissiyotlarimiz va mayllarimizdan iborat bo‘lgan diqqatga ichki diqqat deb ataladi. Biz ongimizning uzida sodir bo‘layotgan jarayonlarni kuzatayotganimizda, ya’ni o‘z hissiyotlarimizni, fikrlarimizni, istaqlarimizni va shuning kabilarni kuzatayotganimizda ichki diqqat namoyon bo‘ladi.
Diqqatning xususiyatlari.
Odamning diqqati bir qancha xususiyatlariga ega bo‘lib, ulardan asosiylari-diqqatning bo‘linuvchanligi va diqqatning ko‘chuvchanligidan iboratdir. Diqqatning kuchi va barqarorligi deb odam o‘z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi deb odam o‘z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning bo‘linuvchanligi. Diqqatning bo‘linishi deganda, biz ayni bir vaqtda diqqatimizni ikki yoki uch narsaga qaratilishini tushunamiz. Agar diqqatimiz faqat bitta narsaga qaratilgan bo‘lsa, ya’ni diqqatimiz faqat bitta narsa ustida to‘plangan bo‘lsa buni konsentratsiyalashgan (to‘plangan) diqqat deb yuritiladi. Buning aksicha, agar diqqatimiz ayni bir vaqtda bir necha narsaga qaratilgan bo‘lsa, buni bo‘lingan (taqsimlangan) diqqat deb yuritiladi.
Diqqatning bo‘linishi har kimda har xil bo‘ladi. Buning sababi shundaki, diqqatning yengillik bilan bo‘linishi diqqatimiz qaratilgan narsalarning ilgaridan bizga qanchalik tanishligi bilan bog‘liqdir.
Diqqatning ko‘chuvchanligi. Odamning diqqati har doim bir narsada ikkinchi bir narsaga, bir faoliyatidan boshqa bir faoliyatiga ko‘chib turadi. Diqqatning ana shunday xususiyatini diqqatning ko‘chuvchanligi deb yuritiladi. Diqqatning ana shu yuqorida ko‘rib o‘tgan asosiy xususiyatlari odamning (shu jumladan bolalarning ham) barcha turdagi faoliyatlari uchun juda keraqli xususiyatlardir. Diqqatning ana shu xususiyatlari tufayli odam atrofidagi muhitga, undagi turli-tuman o‘zgarishlarga tez moslasha oladi. Diqqatning bu asosiy xususiyatlari odamga tug‘ma ravishda, ya’ni irsiy yo‘l bilan berilmaydi. Bu xususiyatlar odamning yoshlik chog‘idan boshlab turli faoliyatlar - o‘yin, o‘qish va mehnat faoliyatlari jarayonida tarkib topib boradi.
Diqqatning ko‘lami. Odamlar o‘z diqqatlarining ko‘lami jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Ayrim odamlar diqqatining ko‘lami keng bo‘lsa, boshqa bir odamlar diqqatining ko‘lami torroq bo‘ladi. Diqqatning ko‘lami ayni bir vaqtda odamning idrokiga sig‘ishi mumkin bo‘lgan narsalar miqdori bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, idrok qilish jarayonida diqqatimiz qaratilgan narsalardan qanchasini ongimizga sig‘dira olishimiz diqqatning ko‘lamini tashkil etadi. Diqqatning ko‘lami odatda taxistoskop degan maxsus asbob bilan belgilanadi. Diqqat ko‘lamining keng bo‘lishi odamning turmush tajribasi va mashq bilan bog‘liqdir.
Diqqatning barqarorligi bu diqqatni muayyan maqsadaga buysindirilgan faoliyatda uzoq vaqt markazlashtirib turilishidir. Diqqatning barqarorligi ishda umumiy maqsadga intiluvchanlik saqlangan holda obyektlar va faoliyat xarakterining almashinib turishini talab qiladi. Diqqat barqarorligini yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha shartlariga rioya qilish o‘quvchilarning o‘quv ishlari jarayonida chalg‘ishlarini bartaraf qilish uchun juda muhimdir. Chalg‘ish – diqqatning barqarorligiga qarama-qarshi bo‘lgan holatdir. Bu diqqatning zarur faoliyatdan ixtiyorsiz ravishda chetga ogishi demakdir. Diqqatning barqarorligini uning ko‘chuvchanligini va turlicha tebranishi bilan birgalikda o‘rganish va tarbiyalash lozim. Diqqatning ko‘chishi bu faoliyat maqsadining o‘zgarishi bilan diqqatning bir obyektidan ikkinchisiga o‘tishi demakdir. Masalan, dars davomida o‘quvchilar o‘qituvchining tushuntirishini eshitib turib, asta-sekin diqqatlarini masalani yechishga bir o‘quvchi masalasini yechib turib, boshqasiga ko‘chiradilar va hokazo. Diqqatning ko‘chuvchanligi va chalg‘ishini uning beqarorligi bilan chalkashtirish mumkin emas. Bir necha minut davomida diqqat bilan soatning chiqirlashini eshiting yoki tomir urishini sanab ko‘ring biroz vaqtdan keyin diqqatiningiz bir necha chiqirlashni tushurib qoldiradi, ya’ni tebrana boshlaydi. Diqqatning tebranishi bu diqqatning muayyan obyektga yana qaytishi yoki kuchayishiga bog‘liq holda vaqt-vaqti bilan qisqa muddatli chalg‘ishi yoki bo‘shashidir.
Dominanta tushunchasi fiziologiya faniga A.A.Uxtomskiy tomonidan kiritilgan. Uning isbotlashicha, D. orqa miyadan tortib to bosh nerv markazlarining ishlash prinsipini tashkil qiladi. Domiianta diqqatning fiziologik asosidir.
Diqqatning ko‘lami — bir davrning o‘zida diqqat tomonidan qamrab olinishi mumkin bo‘lgan obyektlarning miqdori.
Diqqatning ko‘chuvchanligi — faoliyat jarayonida diqqatning ongli ravishda bir obyektdan ikkinchi obyektga ko‘chirilishi. Diqqatning ko‘chuvchanligi har qanday faoliyatda, ayniqsa pult boshqaruvidagi alohida ahamiyatga egadir.
Diqqatning taqsimlanishi — diqqatning bir vaqtning o‘zida bir qancha obyektlarga qaratilishidan iborat xususiyati. Diqqatning taqsimlanishi murakkab faoliyat jarayonini amalga oshirishda alohida ahamiyatga egadir. Masalan: shoferning, o‘qituvchining ish jarayonidagi diqqati taqsimlangan diqqatdir.
Diqqatning barqarorligi — diqqatning o‘z obyektiga kuchli yo‘naltirilishi va faol to‘planishidan iborat ijobiy xususiyati.
Parishonlik — diqqatni ma’lum bir obyektga qarata olmaslikdan iborat salbiy xususiyat. Parishonlik vaqtincha holat bo‘lishi ham, shaxsning nisbatan barqaror xislati bo‘lishi ham mumkin. Parishonlikning ikki turi mavjud bo‘lib, biri diqqatni umuman hech narsaga qarata olmaslik bo‘lsa, ikkinchisi diqqatning muayyan obyekt ustiga kuchli to‘plantirib, boshqa narsalarga qaratilmasligidir. Parishonlik psixopatologik sabablarga ko‘ra kelib chiqishi ham mumkin.
Kasbga xos diqqat ma’lum bir kasbga ko‘p yil ishlash natijasida shu kasbning talablari va obyektiv xususiyatlariga mos ravishda tarkib topgan diqqat turi, Masalan: chorrahada ko‘cha harakatini boshqaruvchining diqqati bilan mikroskop yordamida ilmiy kuzatish olib boradigan olimning diqqati bir-biridan keskin tafovut qiladi. Birinchisi diqqatning taqsimlanishini, ikkinchisi esa markazlashuv xususiyatlarini talab qiladi.
Ixtiyoriy diqqat — ongning oldindan belgilangan maqsadga muvofiq irodaviy va asabiy faollik ko‘rsatgan holda muayyan obyektga yo‘nalishi va unga to‘planishdan iborat diqqat turi.
Ixtiyoriydan keyingi diqqat — diqqatning muayyan obyektga, avvalo, ixtiyoriy ravishda qaratilib, so‘ngra uning ahamiyati tushunilgan sari o‘z-o‘zidan qaratilib boriladigan (avtomatlashgan) diqqat turi. Ushbu tushuncha psixologiya faniga N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan.
Diqqat chalg‘ishi — ma’lum bir faoliyat jarayonida diqqatning bir obyektdan boshqa bir obyektga ixtiyorsiz ravishda o‘tib turishidan iborat salbiy xususiyati.
Diqqatning hajmi — diqqatning bir vaqgning o‘zida qamrab olishi mumkin bo‘lgan mustaqil obyektlar miqdori bilan bo‘lgnlanadigan xususiyati. Diqqatning hajmi eksperimental sharoitda 2—6 mustaqil obyektga tengdir. Diqqatning obyektlari o‘rtasida qanchalik yaqin bog‘lanishlar mavjud bo‘lsa, uning hajmi shunchalik keng bo‘ladi va aksincha.
Diqqat obyekti — ongimiz atrofdagilardan ajratib olgan holda yo‘naltirilgan va faol to‘plangan narsa yoki hodisa. Diqqat obyekti faqat obyektiv narsalar emas, balki subyektiv hodisalar, o‘z his-tuyg‘ularimiz, fikrlarimiz, xayol yoki xotira tasavvurlarimiz va boshqa shu kabilar ham bo‘lishi mumkin.
Ixtiyorsiz diqqat — ongimizning oldindan belgilangan maqsadsiz ravishda muayyan obyektga yo‘naltirilishi va unga to‘planishidan iborat diqqat turi. Ixtiyorsiz diqqat obyektlari narsa va hodisalarning odatdan tashqari holati, belgisi, sifati va boshqalardir.
Diqqatsizlik — diqqatni obyektga yo‘naltira va to‘play olmaslik, atrofdagi kishilarga nisbatan e’tiborsizlik yoki iltifotsizlikdan iborat salbiy xarakter xislati.
Diqqatning o‘zgarib turishi — idrok, xotira, tasavvur yoki tafakkur jarayonida diqqatning ma’lum vaqt ichida dam kuchayib, dam susayib turishdan iborat qonuniyat; diqqat ba’zan daqiqaga 25—30 marta ham o‘zgaradi. Diqqatning o‘rtacha o‘zgarish tebranish chastotasi 2—3 sekundga tengdir.
Ko‘ruv diqqati — narsa va hodisalarni ko‘ruv orgali orqali idrok qilish, esga tushirish munosabati bilan namoyon bo‘ladigan diqqat turi.
Ikkinchi tartibli ixtiyoriy diqqat — ongimizning muayyan obyektga ixtiyorsiz ravishda yo‘naltirilsada, uning ustiga ma’lum vaqt barqaror holda, to‘planib turishidan iborat ixtiyoriy diqqat turi; diqqat to‘plangan obyektining mazmuniga qarab ixtiyorsiz diqqatning ixtiyoriy diqqatga aylanishi.
Ichki diqqat — ongimizning o‘z subyektiv taassurotlarimiz, his-tuyg‘ularimiz va intilishdarimizga qaratilishidan iborat diqqat turi.
Tashqi diqqat — ongimizning obyektiv voqelikdagi narsa va hodisalarga, ularning ayrim belgi va xususiyatlariga yo‘naltirilish, ularda faol to‘planadigan diqqat turi.
Bedor holat — bosh miya yarim sharlaridagi tegishli nerv markazlarining qo‘zg‘alishi bilan belgilanadigan uyqudan tashqaridagi holat, ongli holat. Shaxs bedor holatidagina ma’lum bir faoliyat turini amalga oshira oladi.
Qo‘zg‘alish markazi — markaziy asab tizimining qo‘zg‘alish jarayoni ro‘y bergan uchastkasi.
Diqqat depressiyasi (lot. dergezyu — pasayish) — turli tashqi va ichki omillarga ko‘ra obyektda to‘planish va mustahkamlanishning kuchsizlanishi va buzilishi.
Paradoks fazasi — kuchli qo‘zg‘atuvchilarga qaraganda kuchsiz qo‘zg‘atuvchilarning kuchli reaksiyasining vujudga keltirishi (patologik holatlar nazarda tutiladi).
Oriyentir refleksining elektrofiziologik simptomlarining barqarorlashuvi — ixtiyoriy diqqat buzilganda maqsadga muvofiq topshiriq berish va oqilona instruksiya yoki ustanovka berish hamda vaziyatga qarab uni o‘zlashtirish orqali insonda orientirovka refleksini qaytadan tiklashdan iborat korreksion faoliyat.
Diqqat korreksiyasi (lot. soggesIo — tuzatish) — insonda diqqat patologik holatga (buzilishga) uchraganda maxsus usul va uslublardan foydalanib tuzatish.

Download 119.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling