2-mavzu. Shaxs va shaxsning psixik taraqqiyoti Reja


Xotiradagi individual farqlar


Download 119.73 Kb.
bet26/35
Sana27.12.2022
Hajmi119.73 Kb.
#1067516
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
Bog'liq
2 mavzu Psixologiya

Xotiradagi individual farqlar.
Xotiraning individual xususiyatlari juda rang-barang bo‘lib ular ichidan xotira tiplarini alohida qayd etib o‘tish kerak. Xotira tiplari avvalo erkin, obrazli va so‘z mantiqk xotira tiplariga ajratiladi. Xotira jarayonlaridagi individual farqlarni esda olib qolishning tezligida, aniqligida, mustahkamligida va qayta esga tushirishga tayyorligida ifodalanadi.
Xotiraning sifatiga ko‘pincha faqat esga olib qolish tezligiga qarab baho beradilar. Bunday fikr ayniqsa maktab o‘quvchilariga nisbatan ko‘p tarqalgandir. O‘quvchi tez yod olar ekan, demak uning xotirasi kuchli va ayniqsa, sekin esda olib qolar ekan - xotirasi bo‘sh, ammo bunday qarash noto‘g‘ri faqat esda olib qolish tezligiga qarab, xotiraning kuchli kuchsizligiga qarab baho berish yaramaydi. Xotiraning kuchli-kuchsiz bo‘lishini biz ham esda qoldirish va ham esdan chiqarib qo‘yishning tezlik darajasiga qarab bilamiz tez esga olib, sekin, bora-bora unitish kuchli xotiraning xarakterli xususiyati bo‘lsa, sekin esga olib qolish va tez esdan chiqarib qo‘yish kuchsiz xotira belgilaridandir.
Xotiradagi individual farqlar yana shunday hollarda namoyon bo‘ladiki bir xil odamlar obrazli materiallarni birmuncha samarali va mustahkam esda olib qoladilar, boshqa bir odamlar esa so‘z materiallarini yaxshi esda saqlab qoladilar, uchinchi bir toifa odamlarda esa ma’lum materialni esda olib qolishda yaqqol ustunlik sezilmaydi, shunga muvofiq ravishda, psixologiyada xotiraning quyidagi tiplari farqlanadi: ko‘rgazmali obrazli xotira, so‘z-abstrakt xotira va oraliq tipdagi xotira. Xotiraning bu tiplari odamlarning yuksak nerv faoliyatlaridagi birinchi va ikkinchi signal sistemasining o‘zaro munosabatiga ma’lum darajada bog‘liqdir.
Hayot faktlarining tasdiqlashicha esda olib qolishda obrazlar yoki fikrlarning ustunlik qilishi, asosan, kishilarning hayot sharoitlari va faoliyatlari bilan belgilanadi. Hayot talablari odamlarning kasbiy faoliyatlari ozmi ko‘pmi xotira tiplari turining yorqinroq namoyon bulishiga sabab bo‘ladi. Odam har turli taassurotlarni esda olib qolayotganida qaysi analizatorning eng mahsuldorgigiga qarab, xotiraning ko‘rgazmali – obrazli tipii deferensiallanishadi. Shunga muvofiq ravishda xotiraning harakat, ko‘rish, va eshitish tiplari farqlanadi. Lekin xotiraning bu tiplari sof xolda siyrak uchraydi. Ko‘pincha xotiraning: ko‘rish - harakat, ko‘rish-eshitish, eshitish –harakat kabi aralash tiplari uchrab turadi. Odam o‘z xotirasining tegishli xususiyatlaridan xotira mahsuldorligini oshirish usuli sifatida foydalanadi.
Esda qoldirish
1.Tez. 2.sekin 3.tez 4.sekin
Unitish.
Sekin Sekin Tez Tez
Ba’zi o‘quvchilar birinchi tipga kiradilar bunday o‘quvchilarning xotirasi kuchli, ayniqsa samarali bo‘ladi; ular materialni, darsni tez bilib oladilar buning uchun ularga materialni bir marta eshitish yoki bir qarab o‘qib chiqish kifoya, shu bilan birga, material bora-bora esdan chiqadi va materialni bu o‘quvchilar to‘la-to‘kis hamda yanglishmasdan esga tushiradilar. Xotirasi ikkinchi tipdagi o‘quvchilar materialni sekinroq bilib oladilar, lekin uzoq esdan chiqarmaydilar. Ular materialni o‘rganib olish uchun ko‘proq kuch sarf qilib uni maxss usullar yordamida takrorlaydilar: qayta qayta o‘qiydilar, eshitadilar, yozib oladilar, sxemasini chizadilar va hokozo.
Xotira ko‘rtaklari odamda ilk go‘daqlik chog‘idayoq ko‘zga tashlanadi. Xotira dastavval tanish formasida, keyinsalik esa ayni choqdayoq shaxslar va narsalar haqidagi elementar tasavvurlar tarzida namoyon bo‘ladi. Inson xotirasining yaxshi bo‘lishi, ya’ni his kechinmalarimiz ko‘rgan kechirganlarimizning mazmuni to‘laroq miyamizda saqlanishi quyidagilarga bog‘liq.

  • esda saqlab qolish bilan bog‘liq harakatlarning yakunlanganlik darajasiga;

  • shaxsning o‘zi shug‘ullanayotgan ishga nechog‘lik qiziqish bildirayotganligi va shu ishga moyilligiga.

  • Shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va ahamiyatiga munosabatining qandayligiga.

  • Shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga.

Irodaviy kuchi va intilishiga.
Xotira jarayonlari shaxsning faoliyatidagi yutuqlariga bog‘liq bo‘lgani uchun ham, uning tabiati, qanday kechishiga ko‘plab olimlar ahamiyat berganlar. Masalan, nima uchun odam u yoki bu ma’lumotni xotirada saqlaydi, degan savolga turli olimlar turlicha javob bergadilar. Masalan, fiziologlar uning sababini miyada hosil bo‘ladigan nerv bog‘lanishlari – assotsiatsiyalar bilan bog‘lashsa, bioximiklar-ribonuklein kislota (RNK) va boshqa bioximik o‘zgarishlar oqibatidadir, deb tushuntiradilar.
Umuman, xotiraning samaradorligi eslab qolishning ko‘lami va tezligi, esda saqlashning davomiyligi, esga tushirishning aniqligi bilan bog‘lanadi. Demak, odamlar ham aynan shu sifatlarga ko‘ra ham farqlanadilar.
-materialni tezda eslab qoladiganlar,
-materialni uzoq muddat esda saqlaydiganlar
-istagan paytda osonlik bilan esga tushiradiganlar.
Ba’zi odamlarning xotirasiga xos jihatlarni tugma deb atashadi. To‘g‘ri, oliy nerv tizimi, uning o‘ziga xos ishlash xususiyatlari xotiraning o‘ziga xos individual uslubini belgilashi mumkin. Lekin hayotga ko‘pincha shaxsning bilish jarayonlari va sezgi organlarining ishlash qobiliyatlariga bog‘liq tarzda ajralib turadigan tiplari xakida gapirishadi.
Xotira inson hayotida g‘oyat katta ahamiyatga egadir. Xotira tufayli ongimizda faqat xozirgi paytdagi narsalar, hodisalar aks etib qolmay, balki o‘tmishda idrok qilingan narsa va hodisalar, kechirgan tuyg‘u-fikrlar ham aks etadi. Odam xotira tufayli malaka va ko‘nikmalar hosil qiladi, bilimini boyitadi va saviyasini kengaytiradi. Xotira boshqa psixik jarayonlarning faoliyati va tarakiysi uchun kata ahamiyatga egadir.

Download 119.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling