2-mavzu: Shaxsiy kompyuterlarning asosiy va qo'shimcha qurilmalari


ZAMONAVIY KOMPYUTERNING DASTURIY TA’MINOTI


Download 78.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana27.10.2023
Hajmi78.61 Kb.
#1727232
1   2   3   4
Bog'liq
2-Amaliy mashg\'ulot

ZAMONAVIY KOMPYUTERNING DASTURIY TA’MINOTI.  
Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy kismlardan iborat. Bo’lar apparat ta’minot (hardware) va 
dasturiy ta’minot (software)lardir.
Apparat ta’minoti — bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik kismlari va kushimcha 
(atrof) kurilmalaridir.
Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muxim kismi bulib, u ma’lumotlarga ishlov 
beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bulgan xujjatlarni o’z ichiga 
oladi. Dasturiy ta’minotsiz xar kanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi.
Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasida bog’lanish qanday amalga oshiriladi?
Avvalo ular orasidagi bog’lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning 
turli texnik kismlari orasidagi o’zaro bog’lanish — bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi uzaro 
bog’lanish esa — dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish — 
apparat — dasturiy interfeys deyiladi.
Shaxsiy kompyuterlar xaqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi 
ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) xam nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning 
xam apparat, xam dasturiy vositalari bilan mulokotda bo’ladi. Insonning dastur bilan va dasturni 
inson bilan o’zaro muloqoti — foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chikaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni 
uchta kategoriya buyicha tasniflash mumkin:
— sistemaviy dasturiy ta’minot;
— amaliy dasturiy ta’minot;
— dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.  
Sistemaviy dasturiy ta’minot (Sistem software) — kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining 
ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage) — bu aniq bir predmet soxasi bo’yicha 
ma’lum bir masalalar sinfini echishga muljallangan dasturlar majmuasidir.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari — yangi dasturlarni ishlab chiqish 
jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar 
dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish(shu 
jumladan, avtomatik ravishda xam), saqlash va joriy etishga mo’ljallangan.

Download 78.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling