2-mavzu: Shaxsiy kompyuterlarning asosiy va qo'shimcha qurilmalari
ZAMONAVIY KOMPYUTERNING DASTURIY TA’MINOTI
Download 78.61 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Amaliy mashg\'ulot
ZAMONAVIY KOMPYUTERNING DASTURIY TA’MINOTI.
Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy kismlardan iborat. Bo’lar apparat ta’minot (hardware) va dasturiy ta’minot (software)lardir. Apparat ta’minoti — bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik kismlari va kushimcha (atrof) kurilmalaridir. Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muxim kismi bulib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bulgan xujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz xar kanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi. Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasida bog’lanish qanday amalga oshiriladi? Avvalo ular orasidagi bog’lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik kismlari orasidagi o’zaro bog’lanish — bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi uzaro bog’lanish esa — dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish — apparat — dasturiy interfeys deyiladi. Shaxsiy kompyuterlar xaqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) xam nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning xam apparat, xam dasturiy vositalari bilan mulokotda bo’ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o’zaro muloqoti — foydalanuvchi interfeysi deyiladi. Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chikaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya buyicha tasniflash mumkin: — sistemaviy dasturiy ta’minot; — amaliy dasturiy ta’minot; — dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari. Sistemaviy dasturiy ta’minot (Sistem software) — kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir. Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage) — bu aniq bir predmet soxasi bo’yicha ma’lum bir masalalar sinfini echishga muljallangan dasturlar majmuasidir. Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari — yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish(shu jumladan, avtomatik ravishda xam), saqlash va joriy etishga mo’ljallangan. Download 78.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling