2-mavzu. Skelet va birikmalar. Tananing plastik o‘lchamIari
Download 14.2 Kb.
|
2-мавзу
2-mavzu. Skelet va birikmalar. Tananing plastik o‘lchamIari. Skelet bir qancha alohida suyaklarning kompleks yig’indisi bo’lib, organizmning qattiq negizini hosil qiladi. Odam skeleti 206 ta alohida suyaklardan (undan 170 tasi juft, 36 tasi toq) iborat. Bu suyaklar o’zaro boylamlar tog’aylar va bo’g’imlararo birlashadi. Odam skeletining og’irligi o’rtacha 5–6 kg yoki gavda og’irligining 8–10 foizini tashkil etadi. Skeletni uchta funktsiyasi: tayanch, harakat va himoya vazifasini o’taydi. Yumshoq to’qima va organlar skeletning turli qismlariga yopishganligi tayanch funktsiyasini yuzaga chiqaradi. uarakat funktsiyasi skeletning ayrim qismlaridan har xil richaglar hosil qiladi, suyaklarga yopishuvchi muskullar bu richaglarni harakatga keltiradi. Gavdadagi suyaklar shakli va katta-kichikligi bilan bir-biridan farq qiladi: ular naysimon, yassi, g’ovak va sesamasimon suyaklarga bo’linadi. Uzun suyaklar odatda qo’l-oyoqlarda bo’ladi. Ularning tanasi va ikkita uchi farqlanadi. Tanasi naychaga o’xshash tuzilish va shaklga ega bo’lib, ikkala uchi tomon kengayib boradi; naycha ichida bo’shliq bo’lib, bunda ilik yotadi. Shuning uchun bunday suyak uzun, naysimon suyak deb ataladi. Kengayib kelgan ikkala uchi bulutsimon tuzilishga ega bo’lsa, sirtida o’ziga zich taqalib turadigan suyaklar bilan birikish uchun xizmat qiluvchi bo’g’im maydonchalari bor. Tipik naysimon uzun suyak son suyagidir. Og’irlik qaysi joyga ko’proq tushadigan bo’lsa, o’sha joyda kalta suyaklar bo’ladi (oyoq panjasi, umurtqa pog’onasida). Yassi yoki serbar suyaklar tana hajmini cheklab turadi va ichki organlar saqlanib turadigan joy bo’lib xizmat qiladi (chanoq, kalla suyagi). Aralash suyaklarning ko’pchilik qismi kalla suyagi tarkibiga kiradi. Aralash suyaklar qatoriga qovurg’alar ham kiradi. Suyaklar haddan tashqari mustahkam bo’ladi va juda katta qarshilikka bardosh beradi. Keksalarda suyaklar bir muncha mo’rt bo’lib, taxminan 25 yoshlarga borganda suyaklarning o’sishi to’xtaydi, chunki sharsimon boshchasi bilan tanasini orasida epifizar tog’ayi mavjud, shu tog’ay keyinchalik suyak to’qimasi bilan almashinadi. Skelet suyaklarining yuzasida do’mboqchalar g’adir-budur joylar mavjud-muskullar shu joylarga kirib birikadi. Odamda suyaklarning ikki tipdagi birlashmalari bor: uzlukli va uzluksiz. Uzluksiz – sinartroz birlashmalar kam harakatchan suyaklar bir-birida qo’shuvchi to’qima yoki tog’ay to’qimasi bilan birlashadi va turli tuman boylamlardan iboratdir Download 14.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling