Kelgusi davr reja miqdori x 100
Runm = ------------------------------------------------;
Bazis davr haqiqiy miqdori
Misol: Korxona bu yil 12000 tonna mahsulot ishlab chiqargan. Kelasi yil mahsulot ishlab chiqarishni 12400 tonnaga etkazish rejalashtirilgan. Demak korxona mahsulot ishlab chiqarishni
12400 x 100
103 % (------------------) qilib rejalashtirmoqda, erishilgan
12000
natijaga nisbatan 3% oshirish rejalashtirilgan. Reja o‘sishi va reja bajarilishini ifodalovchi nisbiy miqdorlar ko‘pincha foizlarda aniqlanadi. CHunki bazis nisbiy miqdor (maxraj) 100 % deb qabul qilinadi va shunga nisbatan rejaning o‘sishi yoki rejaning bajarilishi hisoblanadi. SHartnoma (buyurtma) bajarilishini ifodalovchi nisbiy miqdorlar (SHbnm) o‘zaro kelishilgan shartnomalarning qay darajada bajarilganini bildiradi. Bu ko‘rsatkichni muayyan davrdagi haqiqiy bajarilgan miqdorni shartnomada (buyurtmada) ko‘rsatilgan miqdor bilan taqqoslab ko‘riladi. SHbnm ko‘pincha foizlarda aniqlanganligi uchun, uni quyidagicha hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |