Qayd qilishdagi xatolar hodisani kuzatish formulyariga yozayotganda yoki
ma`lumotlarning mazmunini noto`g’ri tushunib qayd qilish natijasida vujudga
keladi. Bunday xatolar yoppasiga kuzatishda ham, tanlama kuzatishda ham ro`y
beradi.
Tasodifiy xatolar har xil ko`rinishda bo`lib, yozuvdan tushirib qoldirish va
sanashda xatolikka yo`l qo`yish, kuzatuvchining toliqishi, charchashi natijasida
yuzaga chiqadi. Bunday xatolar faqatgina kuzatuvchi tomonidan emas, balki
so`roqqa oluvchi tomonidan ham yo`l qo`yilishi mumkin. Bu xatolar kuzatish
natijasiga ikki yoqlama (ham ko`payish, ham kamayish jihatidan) ta`sir qiladi. Ko`p
birliklardan tashkil topgan to`plamlarda katta sonlar qonuniga binoan manfiy
yo`nalishli xatolar musbatlari bilan eyishadi va umumiy yakunlarga deyarli ta`sir
qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |