2-mavzu “Tеrmodinamikaning II qonuni. Entropiya. Tеrmodinamik potеntsiallar


Download 258.5 Kb.
bet2/8
Sana31.05.2020
Hajmi258.5 Kb.
#112613
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 маърузаTermodinamikaning ikkinchi va uchinchi qonunlari



Termodinamikaning ikkinchi qonuni tenglamasi bilan ifodalanadi va R. Klauzius (1850) bo’yicha quyidagicha ta’riflanadi:

Issiqlik o’z-o’zidan sovuq jismdan issiqroq jismga o’tishi mumkin emas.



V. Ostvald esa bu qonunni «Abadiy ishlaydigan ll turdagi doimiy dvigatelni yaratish mumkin emas» deb ta’riflaydi. Lll tur abadiy dvigatel deganda pastdagi sxemada ko’rsatilgandek, issiqlik manbaidan olingan barcha issiqlikni ishga aylantiradigan, ya’ni sovutgichga issiqlik bermaydigan issiqlik mashinasi tushuniladi:


Bunday mashinani bo’lishi mumkin emas. SHunday qilib, energiyaning istagan shakli butkul issiqlikka aylanishi mumkin, issiqlik energiyasi esa boshqa tur energiyasiga to’liq o’ta olmaydi, qisman o’tadi xolos.

S. Karno termodinamikaning ll qonunini shunday ta’riflaydi:



Berilgan tsiklning foydali ish koeffitsienti - mashina tomonidan bajarilgan ishning, issiqroq issiqlik manbaidan olingan issiqlikga bo’lgan nisbatiga teng:



SHunday ekan (F.I.K.) xar doim birdan kichik: . Binobarin, tsikl ro’y berganda issiqlikning ma’lum qismigina ish bajarish uchun sarflanadi. Agar absolyut harorat bilan ifodalasak . Masalan, agar issiqlik manbai 400 K haroratga ega bo’lsa, sovutgich harorati esa 300 K bo’lsa, ideal xolda F.I.K. =0,25 bo’ladi. Boshqacha aytganda bug’dagi issiqlikning faqat 1/4 qismigina ishga aylandi, qolgan 3/4 qismi esa ishga sarflanmaydi.

Agar sovutgich bo’lmasa, Karno bo’yicha F.I.K. nulga teng bo’ladi. Bug’da energiya ko’p, lekin uning xech bir qismi ishga aylana olmaydi, agar haroratlar farqi bo’lmasa.


Download 258.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling