2-mavzu. Turizm


TURİSTİK MAHSULOTLAR TARKİBİDA TRANSPORTNİNG ULUSHİ


Download 0.55 Mb.
bet2/3
Sana05.05.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1430105
1   2   3
Bog'liq
2-маъруза (3)

2.2 TURİSTİK MAHSULOTLAR TARKİBİDA TRANSPORTNİNG ULUSHİ




Turistik mahsulotlar tarkibida turistlarni tashish xizmati etakchchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu shu bilan ifodalanadiki, barcha turistik yo‘nalishlarda (piyodalardan tashqari) sayohatchilarni dam olish yoki ekskursiyaga eltish va uyga qaytishi uchun transport bo‘lishi tabiiy hol bo‘lib qolmoqda.
Turizm faoliyat turi sifatida turistlarni doimiy yashash joyidan tashqariga chiqishi bilan uzviy bog‘langan va uni transport ta’minotisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Transport ta’minoti turistik infrastrukturaning muhim elementi hisoblanadi va turistik mahsulotlar tarkibiga kiritilgan asosiy kompleks xizmatlarni tashkil qiladi. Transport korxonalari turizm tizimini shakllantiruvchi turistik korxonalarning alohida ko‘rinishlari sifatida qarab chiqiladi.
Turistik mahsulotni shakllanitirishda tashqi tashkilotlar xizmatlari harajatlarining ulushi turfirma uchun quyidagicha bo‘ladi:

  • joylashtirish harajatlari – 46,5%

  • transport harajatlari – 25,7%

  • ovqatlanish harajatlari – 9,7%

  • ekskursiya xizmatlari harajatlari – 3,6%

  • Jami: – 85,5%

(Safar paytidagi sug‘urta xizmatlari, viza xizmatlari, tibbiyot xizmatlari va boshqalar).
Turizm soxasida transport ta’minoti tizimi qo‘yidagicha farqalanadi:

  • turga qo‘shilgan va asosiy turistik xizmatlarga kiruvchi turistik tashish vositasi sifatida, turistlarni doimiy yashash joyidan belgilangan manzilga eltib qo‘yish (yoki yo‘nalish boshlanadigan joyga) va qayta olib kelish;

  • transfer – turistlarni kutib olish va kuzatib qo‘yish uchun transport

  • vositasini taqdim etish;

  • tur-safar bo‘yicha dasturlashtirilgan tadbirlarga xizmat ko‘rsatish: ekskursion xizmat, dasturdagi tadbirlarga borish, atrofga tashrif byurish, yo‘nalish bo‘yicha ko‘chish;

  • turga kiritilgan sayoxat davomida ijaraga beriladigan engil avtomashina



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling