2-mavzu. Umurtqalilar yoki bosh skeletlilar kenja tipining umumiy tavsifi va sistematikasi. Baliqlar (pisces) katta sinfi
To’garak og’izlilarning filogeniyasi va amaliy ahamiyati
Download 88.52 Kb.
|
2-maruza
To’garak og’izlilarning filogeniyasi va amaliy ahamiyati. Hozirgi boshskeletlilar kenja tipining orasida eng sodda va tuban tuzilgani to’garak og’izlilar sinfi vakillari hisoblanadi. Bu sinf vakillari umurtqalilarning filogeniyasini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Afsuski, paleontologiya dalillari umurtqalilar ajdodlarining tuzilishi haqidagi savolga bevosita javob bera olmaydi. Chunki hozirgi vaqtda yashab turgan to’garak og’izlilarning bevosita ajdodlari qazilma xolda topilmagan. Lekin silur davrining boshlarida primitiv boshskeletsizlardan, jag’siz umurtqalilar ajralib chiqqan. Umurtqalilar eng qadimgi ajdodlarining topilmalari silur va devon davriga to’g’ri keladi. Bu qatlamlardan qalqondorlar (Ostracodermi) deb ataluvchi baliqsimon g’alati hayvonlar topilgan. Tanasini qoplab turgan qalin va yirik suyak kosasi, ya’ni qalqoniga qarab ularga shunday nom berilgan.
Qalqondorlarda ham xuddi to’garak og’izlilarga o’xshab bitta, toq burun teshigi, ichki qulog’ida ikkita yarim doira nay, miya qutisi bilan qo’shilib ketgan jabra skeleti, endodermadan hosil bo’lgan jabra xaltachalari bo’lib, jag’lari va juft suzgich qanotlari bo’lmagan. Bu belgilarning hammasi qalqondorlarni hozirgi to’garak og’izlilar bilan birga jag’sizlar (Agnatha) bo’limiga kiritishga shubha qoldirmaydi. Skandinaviyalik olim Stenshio va rus olimi D.V.Obruchev kabi paleontologlarning olib borgan tekshirishlari natijasida qazilma jag’sizlar batafsil o’rganilgan. Cephalaspis va unga yaqin qalqondorlarning tuzilishi to’liq tiklangan. Ularning gavdasi yapaloq og’zi boshining pastki tomoniga o’rnashgan bo’lib, xuddi to’garak og’izlilarnikiga o’xshash so’ruvchi tipda bo’lgan va ko’zlari tepaga qaragan. Plankton va detritlar bilan oziqlangan. Shu belgilariga qarab, ular suv tagida hayot kechirgan deb xulosa qilingan. Lekin shuning bilan bir qatorda Cephalaspis boshining orqa tomonida tangachalar bilan qoplangan bir juft kurak bo’lgan. Ayrim tadqiqotchilar shu kuraklarni murtak xoldagi ko’krak suzgich qanoti deb faraz qiladilar. D.V.Obruchevning eng yangi dalillariga ko’ra, qalqondorlar ikkita mustaqil sinfni tashqil etadi. Birinchisi – Ptegaspidomorpha sinfiga eng qadimgi va sodda tuzilgan Telodontlar (Thelodontia) hamda har xil Qalqondorlar (Heterostraca) kiradi.
Minogalar ovqatga ishlatiladi. MDH da minogalar, asosan, Volga daryosida tutiladi. Miksinalar to’rga tushgan baliqlarni yeb qo’yadi va shu bilan baliqchilikka sezilarli darajada zarar yetkazadi. Download 88.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling