2-mavzu. Urug‘-qabila va milliy dinlar


Download 62.5 Kb.
Sana18.04.2020
Hajmi62.5 Kb.
#99988
Bog'liq
2-MAVZU. Urug qabila va milliy dinlar


2-MAVZU. URUG‘-QABILA VA MILLIY DINLAR

Reja


1. Dinning ibtidoiy shakllari

2. Vedizm, Hinduiylik, jaynizm, sikxizm ta’limotlari

3. Konfutsiylik, daosizm, sintoizm ta’limotlari

4. YAhudiylik dini, tarixi, ta’limoti

5. Zardushtiylikka oid qarashlar

Asosiy adabiyotlar

Abdusamedov A.E. Dinlar tarixi. -Toshkent: O‘zMU, 2004. -208 b.

Yo‘ldoshxo‘jaev X., Rahimjonov D., Komilov M. Dinshunoslik (ma’ruzalar matni). - Toshkent: ToshDSHI nashriyoti, 2000.

Mo‘minov A. va boshq. Dinshunoslik (darslik). -Toshkent: «Mehnat», 2004.

Ochildiev A. va boshqalar. Dinshunoslik asoslari (o‘quv qo‘llanma). –Toshkent: “Toshkent islom universiteti” nashriyot matbaa birlashmasi, 2013.

Xasanov A. va boshqalar. Islom tarixi (darslik). - Toshkent: Toshkent islom universiteti matbaa-nashriyot birlashmasi, 2008.

Ibtidoiy odamlarning diniy e’tiqodlari totemizm, animizm, fetishizm, shomonlik, magiya (sehrgarlik) shakllarida tarqalgan. Ularning ba’zi bir elementlari hozirgi zamon dinlarida ham uchraydi.

Totemizm - hindlar tilidagi "O totem" (uning urug‘i) degan so‘zdan kelib chiqqan. Totemizm ibtidoiy g‘oyat sodda diniy e’tiqodning bir turi bo‘lib, qadimgi zamondagi urut-qabila a’zolarining muayyan bir hayvon, o‘simlik bilan g‘ayritabiiy aloqasi, yaqinligi, qon-qarindoshligi bo‘lgan deb, bu hayvon va o‘simliklarni muqaddaslashtirishdan iboratdir. Totemizmning muayyan kishilar guruhining tabiat, binobarin, tashqi muhit bilan bog‘liqligini ifodalovchi dastlabki shakllaridan edi. Har bir kabila yoki urug‘ o‘z sharoitini hamda imkoniyatlarini ko‘zda tutib, ba’zi hayvonlarni ovlar va ular haqida etarli ma’lumotlarga ega edi. Bunday hayvonlarni yaqindan bilish ularning urug‘ bilan yaqinligi yoki qon-qarindoshligi bo‘lsa kerak, degan tasavvurni keltirib chiqargan. Natijada ba’zi hayvonlar, ksyinchalik esa o‘simlikning ba’zi navlari ham muayyan urug‘ a’zolarining ajdodi-totemidir, degan tasavvur shakllanishiga olib kelgan. SHu boisdan keyinchalik urug‘ a’zolari totemning "yordamiga" ko‘z tikkanlar, uni muqaddaslashtirib, o‘z homiylari deb hisoblanganlar, sehr yo‘li bilan unga ta’sir qilishga uringanlar. Totemga sajda qilingan, u himoya qilingan, e’zozlangan, uni o‘ldirish, iste’mol qilish man etilgan. Faqat ayrim hollarda, ya’ni tantanali kunlarda totem hisoblangan hayvon yoki o‘simlikni maxsus rasm-rusumga rioya qilingan holda iste’mol qilish mumkin bo‘lgan. Urut a’zolarida shundagina totemning kuch-quvvati kishilarga o‘tadi va u kelgusida ham urugaing homiysi bo‘lib qoladi degan tasavvur bo‘lgan.

Totemizm e’tiqodlari tub avstriyaliklarda keng saqlanganligini ularning urug‘lari nomlaridan payqash mumkin. Ular urug‘larni konkret hayvoilar (kengru, oq ho‘kiz, qora ho‘kiz kabi yoki ayrim o‘simliklar) nomi bilan ataganlar.

Totemizm elementlarini hozirgi dinlarda ham ko‘rish mumkin. Masalan, hinduizm dinida fil, sigir, maymun, ilonlar kabilar mukaddas hayvonlar hisoblangan. O‘zbeklarda qaldirg‘och, musicha, laylak, ko‘k qarg‘ani muqaddas qushlar deb e’zozlash ham totemizm ko‘rinishlaridan biridir. Markaziy Osiyo xalqlarida, shu jumladan o‘zbeklarda muchalga qarab vaqt hisobini chiqarish totem e’tiqodi bilan bog‘liqdir. Masalan, ota-bobolarimizda odamlarning yoshini, ya’ni tug‘ilgan kunidan boshlab qancha yashaganligini muchal orqali, muayyan hayvon nomlari bilan atalgan yil hisobidan keltirib chiqarish odati bo‘lgan.

Muchal mo‘g‘ul, xitoy va butun turkiy xalqlarda keng tarqalgan yil hisobi bo‘lib, unda yil oylari 12 hayvon nomi bilan ataladi: sichqon (mush), mol (gav), yo‘lbars (palang), quyon (xargo‘sht), baliq (nahang), ilon (mor), ot (asp) qo‘y (go‘sfand), maymun (hamduna), tovuq (murg‘), it (sak), to‘ngiz (xo‘k) shular jumlasiga kiritilgan.

Xalqimizda, ayniqsa, musulmonlarda totemning elementlaridan bo‘lgan muchalga e’tiqod qilish hali ham qisman davom etmoqda.

Animizm - (lotincha - animus - jon, ruh demakdir) qadimgi zamon dinlaridan biri, kishi ruhining mavjudligiga ishonishdan iborat. Animizm tabiatdagi buyumlarni ilohiylashtiradi, har bir jismda ruh bor, tanadan tashqarida ham jon bor, deb hisoblanadi.

Animistik tasavvurlar barcha xalqlar tarixidagi dinlarda jon va ruh haqidagi tushunchalarning shakllanishida ma’lum bir rol o‘ynagan. Animizm har bir kishida uning tiriklik hayoti manbai bo‘lgan jon bor, deb talqin qilgan. Dastlabki animistik tasavvur jonni soya yoki nafas bilan aynan, deb bilar edi. Masalan, SHimoliy Amerika xalqlarida soya bilan jon, qadimgi arablarda jon bilan qon, Grelandiyada esa nafas olish bilan jon bitta nom bilan ataladi. Animizm odamda olam haqidagi tasavvurlarni shakllantirish, predmet va hodisalar xususiyatlarini chuqur o‘rganish, jon va ruxlarning tirik odamlar singari qobiliyatga ega degan fikrlar paydo bo‘lishi munosabati bilan tarkib topgan. SHu davrda jonning o‘lmasligi haqidagi tasavvur paydo bo‘lgan. CHunki qadimgi odamlar o‘z tanalarining tuzilishi to‘g‘risida to‘liq bir tushunchaga ega bo‘lmay, hatgoki uyqu va tush ko‘rishining sabablarini ham izohlay olmaganlar. SHundan so‘ng ibtidoiy odamlar inson tanasini boshqaradigan qandaydir alohida bir kuch bo‘lib, odam o‘lgandan so‘ng u kuch, ya’ni jon tanadan chiqib ketadi degan tasavvur hosil bo‘lgan. Natijada jonning tanani tark etgandan keyingi faoliyati qanday kechishi haqida o‘ylay boshlaganlar. Ibtidoiy odamlar o‘zlarini tabiatdan ajratib qo‘ymaganlar. SHuning uchun ular o‘zlari bilan bir qatorda hayvon, o‘simlik, hatto mehnat qurollari, keyinchalik, suv, o‘rmon, momaqaldiroq va boshqalarda ham jon bor, degan tasavvurlarni keltirib chiqarganlar. Buni fanda gilozoizm deb ataydilar.

Jon va ruxdarga ishonish barcha dinlarga xosdir. Dindorlarning fikricha, jon barcha kishilarda bo‘lib, xudo eng oliy ruh hisoblanadi. Odam o‘lgandan so‘ng tanadan chiqib ketadigan jon bor, degan tasavvur chuqurlasha borgan. Demak, odam o‘lganda jon chiqib ketib, yashayverar ekan, uning o‘zi abadiy yashaydi degan tushuncha paydo bo‘lgan. Abadiy ruh to‘g‘risidagi tasavvur ana shu yo‘sinda shakllangan. Ruxlarga ishonish arvohlarga ishonishni keltirib chiqargan.

Jon va ruhlarning o‘lmasligi haqidagi qadimiy animistik tasavvurlarning elementlari hozirgi barcha dinlarda saqlanib qolmokda. Masalan, dindorlar tasavvurida o‘lgan kishilarning arvohini yo‘qlash, ularni tirik odamlar singari hamma narsadan xabardor, deb tushunish mavjud. SHu tufayli jon va ruhlarga atab qurbonlik, xayr-xudoyi qilish, sadaqa berish odatlari hamon uchrab turadi. Ba’zan murdani kiyimlari bilan dafn etish, yoniga suv, ovqatlar qo‘yish odatlari ham animizmning ko‘rinishidir. O‘zbeklarda arvohlar haqidagi tasavvurlar, ularni eslab payshanba oqshomi arafasida chiroq yoqish, kabristonlarga borib qur’on suralaridan o‘qish animizmga bo‘lgan e’tiqodning shakllaridir.

Fetishizm - (fetish - fransuz tilidagi "fetiko" - yasalgan tumor, but, sanam degan so‘zlardan olingan) moddiy buyumlarda g‘ayritabiiy xususiyatlar borligiga ishonib, jonsiz narsalarga sig‘inishdir. Ibtidoiy odam ongida har xil moddiy buyumlar - tog‘, qoya tosh, daraxt, keyinchalik turli hayvonlarning suyagi, pati, tumor, sanam va hokazolarda g‘ayritabiiy kuchlar bor, degan tasavvur paydo bo‘lgan. O‘zlari vujudga keltirgan bunday kuchlarga o‘zlari sig‘ina boshlaganlar. Ibtidoiy din shakllaridan biri bo‘lgan fetishizm barcha xalklarda diniy tasavvurlar shakllanishi bilan uzviy bog‘liqdir.

Fetishizm politeistik (ko‘p xudolik), hatto monoteistik (yakka xudolik) dinlarida hozirgacha saklanib kelmoqda. Masalan, xristianlarda krestga (butga) sig‘inish, islomda esa turli o‘simlik turlarini - sedana, ko‘ztikan, qalampirmunchok, achchiq qalampir, isiriq, chilonjiyda, daraxtlardan - yong‘oq, chinor, archa va boshqalar muqaddaslashtirilib, boshqa buyumlarga, shu jumladan odamlarga ta’siri yoki yordami bo‘lishi mumkin degan tasavvur paydo bo‘lgan. Bunday xususiyatni tog‘-toshlarga, turli buyumlarga ham xos degan g‘ayritabiiy fikrlar shakllangan.

Fetishizm diniy ibodatning ajralmas qismidir. Hozirgi vaqtda ba’zi soddadil, mutaassiblarning turli tumor, ko‘zmunchoq va hokazolarnn taqib yurishlari, daraxtlarga latta-puttalarni osishi, is chiqarishi shunday jismlarni ilohiylashtirish, ularning mo‘‘jizaviy kuchiga ishonish fetishizmning diniy e’tiqoddagi eng xarakterli ko‘rinishi va qoldig‘idir.

SHomonizm - ibtidoiy jamoa tuzumi emirilishi davrida paydo bo‘lgan animistik e’tiqod va ibodatning keng doirasiga kiradigan qadimgi diniy e’tiqodlardan biri. Uning o‘ziga xos xususiyati - kishilar orasida turli ruhlar bilan munosabatda bo‘la oladigan shomonlar qobiliyatiga ishonishdir. SHomonlarga, shuningdek, kelajakni oldin aytib berish, kasalni davolash, o‘lganlarni oxiratga uzatish, tabiatda xohlag‘ancha o‘zgartishlar kilish kabi xususiyatlar ham xosdir. O‘tmishda shomonlarning ruh bilan aloqasi shomon do‘mbirasi yoki mo‘‘jizaviy musiqa ijrosida turli rasm-rusumlarni bajarish jarayonida jazavasi tutib, holdan toygancha bajarilgan. SHomonizm o‘tmish dinlar sarqiti sifatida ba’zi bir holatlarda uchrab turadi.

Magiya (sehrgarlik) - insonga, hayvonga yoki tabiat hodisalariga g‘ayritabiiy yo‘l bilan ta’sir ko‘rsatish maqsadida bajariladigan xatti-harakatdir.

Sexrgarlik harakatining shakllari turlicha bo‘lib, ular turmushning har xil sohalarida qo‘llanilgan. Muhabbat magiyasi, davolash magiyasi, ishlab chiqarish magiyasi, dushmanni engish magiyasi kabi sehrgarlik ibodat va harakatlar ancha keng tarqalgan. Mehnat bilan bog‘liq bo‘lgan magik qarakatlar ibtidoiy odamlar hayotida alohida o‘rin egallagan, ya’ni ular tirikchilikka kerak bo‘lgan narsalarni topishdan oldin shu buyum yoki hodisaga bog‘liq bo‘lgan magik harakatlarni bajarganlar.

Diniy munosabatlar, birinchidan, har bir diniy jamoa, uyushma, tashkilotlar orasidagi, ikkinchidan, diniy tashkilotlar o‘rtasidaga va uchinchidan, tashqi munosabatlar doirasidagi aloqalarga bo‘linadi. Bu alokalarning ob’ekti va sub’ekti diniy jamoalardir, ular diniy e’tiqodga asoslangan dunyoqarashga ega bo‘lgan kishilar birligining muayyan shakli va diniy uyushmaning boshlang‘ich elementidir. Bu birlikning asosiy belgilari quyidagicha:

1) diniy e’tiqod, maqsad va vazifalar birligi; 2) diniy marosimlar va undan tashqaridagi faoliyatlarning birligi; 3) etnik birlik tuyg‘uei; 4) jamoa a’zolari orasidagi o‘zaro taqsimlangan mavqe va vazifalarning birligi.

Diniy jamoalarning tuzilishi an’analar va urf-odatlar, ququq yoki umumiy dasturlar, qoida, fatvolar bidan belgilanadi. Bular maxsus mezonlar asosida rasmiy va norasmiy guruxlarga: -"jamoa kengashi", "ruhoniylar", "qavmlar" va "va’zxonlar" ga, diniy va xo‘jalik, moliya ishlari bilan shug‘ullanuvchi guruhlarga bo‘linadi.

Muayyan sharoitlarda diniy jamoa ko‘shnichilik, qishloq va mahallachilik jamoasiga mos kelgan. Bunda dindorlik darajasi yuqori va chukur bo‘ladi. Jamiyatning taraqqiy etishi jarayonida ijtimoiy munosabatlar tarmokdanadi. Unda shaharning mavqei ortib borgan sari turli axloqiy va milliy guruxdardan tashkil topgan ishlab chiqarish jamoalari hosil bo‘lgan va ko‘payib borgan sari diniy jamoalar mustaqil tus olgan. Hozir ham shunday. Masalan, islomda dastlabki musulmon jamoasi 622 yili Madinada muhojirlar va ansorlardan iborat holda tashkil topgan. Ko‘p hollarda diniy birlik geografik joylashish jihatidan etnik birlikka mos kelgani uchun din etnik milliy birlik ma’nosini ham anglatgan. Islomdagi mavjud qonunlarga binoan 18 yoshga to‘lgan har bir fuqaro diniy jamoa a’zosi bo‘la oladi. Bunday jamoa kamida 100 mo‘mindan iborat bo‘lishi lozim, aks holda diniy guruh deb hisoblanmaydi. Diniy uyushmalar faoliyati o‘z a’zolarining yashayotgan joyi bilan cheklanadi. U ixtieriy va mustakil tashkilot bo‘lib, moddiy jihatdan ham o‘z-o‘zini ta’minlaydi. Diniy ishlarni boshqarish, diniy mol-mulk va pul mablag‘lari bilan bog‘liq vazifalarni bajarish, tashqi aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun diniy uyushma a’zolari o‘z orasidan ijroiya organini saylaydi. Diniy tashkilot bu dinga ishonuvchilarning va diniy jamoalarning uyushmasidir.

Milliy dinlar deb, odatda, bir millatga mansub xalkdar e’tiqod qiladigan dinlar tushuniladi. Bunday dinlar shakllanishining dastlabki va eng so‘nggi davrlarini bir-biridan farqlash lozim. Dastlabki milliy dinlar quldorlik jamiyatida vujudga kelgan bo‘lib, odatda, politeistik, ya’ni ko‘p xudolik dinlari bo‘lgan. Masalan, qadimgi grek dini ko‘p xudolikning o‘zginasidir. Zevs-pantion (qadimgi grek tilida - bosh xudo) hisoblanib, bir ukasi dengaz xudosi, ikkinchi ukasi- er osti podsholiganing xudosi hisoblanar edi. SHuningdek, muhabbat va go‘zallik ma’budasi, urush xudosi, quyosh xudosi va san’at homiysi va boshqa yana bir qancha xudolar bo‘lgan. Xuddi shunga o‘xshash kadimgi yahudiylar dinning xudosi - YAxve ham ko‘p xudolilikning yaqkol namunasidir.

quldorlik jamiyatidagi dastlabki milliy dinlarning o‘ziga xos yana bir xususiyati oxirat to‘g‘risvdagi tasavvurning paydo bo‘lishi va unga ishonishdir. Ammo bu davrda bunday tasavvurlar hali to‘la shakllanmagan edi. Ular keyingi davrlarda rivojlangan. Bu davrda qurbonlik kilish keng rasm bo‘lib hatto majburiy marosimlardan biri hisoblanar edi. Xudolar yo‘lida meva-cheva, noz-ne’matlardan tortib, uy hayvonlarining barcha turlarigacha, qadim zamonlarda esa hatto odamlar ham qurbon qilinar edi. Milliy dinlar rivojlanishining so‘ngti davrlariga kelib odamlar o‘rniga hayvonlar kurbon qilina boshlangan. SHu bilan birga oxirat haqidagi tasavvurlar keng targ‘ib kilinardi.

Milliy dinlar elat-millat dinlari deb ham yuritiladi. CHunki ular urug‘-qabila dinlaridan farkli ravishda sinfiy jamiyat qaror topishi va shakllanishi davrida vujudga kelgan va rivojlangan. Binobarin, ular avvalo elatning so‘ngra, millatning shakllanishini o‘zlarida aks ettirgan.

Milliy dinlarda tasavvur kilingan xudolar milliy xudolar hisoblanib, ibodat-marosimlar asosan muayyan elat eki millatnikigagina mos tushar edi. Binobarin, bu xildagi qadimga dinlar milliy davlat xarakterida bo‘lishi bnlan boshqa din shakllaridan ajralib turagan.

Eng so‘nggi davrning milliy dinlariga quyidagilar kiradi: hinduizm, jaynizm, sikxizm, daosizm, konfutsiylik, sintoizm va iudaizm (yahudiylik).

Vedalar (Vedizm). Miloddan avvalgi ikkinchi ming yilliklar o‘rtalarida Hindistonga, Panjob hududiga g‘arbdan Hindiqush dovoni orqali oriy jangari xalqlar bostirib kelganlar. Ular Eronga ko‘chib kelgan qo‘shni qabila tillariga yaqin hind-evropa tillarida so‘zlashar edilar. Ular harbiy ishlarda, she’riyatda usta bo‘lib, o‘zlari bilan muqaddas yozuvlari-Vedalar (sanskrit-muqaddas bilim)ni olib kelganlar.

Hind adabiyoti boy bo‘lib, uning anchagina qismi yo‘qolib ketgan. Uning boshlanishi Vedalardir.

Vedalar tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar kirib, ularda ibodat, marosimlar, falsafiy ta’limotlar, tarixiy voqealar bayon etilgan. Vedalar to‘rt yirik to‘plamdan iborat:

Rigveda (“Madhiyalar vedasi”);

Samaveda (“Qo‘shiqlar vedasi”);

YAjurveda (“Qurbonliklar vedasi”);

Atxarvaveda (“Afsun va jodular vedasi”);

Rigveda. Rigveda xudolarga aytilgan madhiyalarning to‘plami, diniy yodgorliklar bo‘lib, uning mualliflari rishi kuylovchilarning asosiy vazifalari xudolarni oriy tomonga og‘dirish bo‘lgan. Rigvedada zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” bilan o‘xshash afsona va marosimlar bor. Rigveda Panjobda, Hind havzasi va uning oqimida miloddan avvalgi VI asrda paydo bo‘lgan. Unda SHimoliy Hindistonda miloddan avvalgi 2-1-ming yilliklarda yuz bergan voqealar haqida ma’lumot beriladi.

Samaveda. Rigvedaga ko‘proq bog‘liq bo‘lib, u hozirgi davrga ikki tahrirda etib kelgan (cakha – aynan, shahobcha); Kautxuma (Kauthuma) va Ranayaniya (Ranayaniya).

Kautxuma to‘plami 1810 she’rdan iborat bo‘lib, undan faqat 76 tasi Rigvedada uchramaydi. Undagi she’rlar Rigvedaning VIII va IX mandalasidan olingan bo‘lib, tantanali qurbonlik marosimi paytida o‘qiladi. To‘plam ikki qismdan iborat: birinchi qism hajmi Agni, Indra, Sama xudolariga, ikkinchi qism Somaga qurbonlik keltirish marosimida aytiladigan qo‘shiqlardan iborat. Samovedaning maqsadi diniy marosimlarda aytiladigan qo‘shiqlarni o‘rgatishdan iborat. Hindistonda hozirda ham vedalarni kuyga solib kuylovchilar-samovedinalar saqlanib, ularning maktablari mavjud.

YAjurveda. YAjurveda shrauta (qurbonlik marosimi) bilan bog‘liq bo‘lib, uning asosiy qismini qurbonlik usullari – yajus tashkil etadi. Bu marosimlarda to‘lin oyli tunda, yangi oy chiqqan payti Agni uchun qurbonliklar o‘tkazilgan.

Vedaning bu maktablari qora va oq yajurvedaga bo‘lingan. Qora yajurvedaning turli maktablarga xos bo‘lgan Katxoxa, Kapishtxala-Katxa, Maytrayani, Tayttiriya kabi tahrirlari mavjud. Oq YAjurvedaning Vajasaneyi nomli birgina tahriri bor.

YAjurvedaning tarkibi uch asosiy bosqichni tashkil etadi. I.Marosim. II. YAjus va mantralar. III. Braxmana sharhlari.

Atxarvaveda. U mil.av. 1-ming yilliklar boshlariga borib taqaladigan qadimiy hind afsunlarini o‘zida aks ettirgan. Qadimiy hind jamiyatida mavjud bo‘lgan barcha taraflarni, nuqson va kamchiliklarni o‘zida aks ettirgan. Atxaravaveda afsonaviy ruhoniy Atxarvana (“Olov ruhoniysi”) nomi bilan bog‘liq bo‘lib, afsun va jodular o‘sha davrda olov ustida bajarilgan. Atxarvaveda 6 ming she’rdan iborat bo‘lib, 371 madhiyani o‘z ichiga oladi. Ular yigirmata kitobda jamlangan.

Vedalarda butun tabiatning ilohiyligi haqidagi ta’limot ilgari suriladi. Hindistonda ko‘pxudolik keng targ‘ib qilinadi. Xudolar orasida “eng ulug‘i, eng kichigi, eng qarisi, eng yoshi bo‘lmay, ular barchasi ulug‘likda tengdir. Bir xudo ba’zida butun borliqning hukmdori bo‘lishi va shu bilan birga u ikkinchi bir xudoga tobe bo‘lishi mumkin. Masalan, Indra va barcha xudolar Varunaga tobe bo‘lishi mumkin. Varuna va boshqa barcha xudolar Indraga bo‘ysunadilar. Bu Veda ilohiyotchiligiga xos bo‘lib, shu munosabat boshqa xudolarga ham tegishlidir.

Vedalarda xudolar osmon xudolari quyosh xudolari, havo xudolari, er xudolari, ayol xudolar kabi xudolar toifasi haqida madhiyalar bayon etilgan.

Osmon xudolari. Dyaus, Varna, Indra kabi xudolar osmonlarni boshqarib turuvchilarga kirganlar. Keyinchalik Varuna suv va dengizlar xudosiga aylanib ketgan.

Quyosh xudolari. Rigvedada quyosh energiyasining turlicha namoyon bo‘lishidan besh xudo yuzaga kelganligi haqida so‘z yuritiladi. Mitra (do‘st) – qadimiy xudodir. Surya – quyoshning yorqinroq namoyon bo‘lgan ko‘rinishidir. Savitri -quyoshning quvvat beruvchi kuchida namoyon bo‘ladi. Pushan muruvvatli bo‘lib, quyoshning mahsuldorlik faoliyatini o‘zida namoyon qiladi. Vishnu xudolar orasida abadiy bo‘lib, hozir Hindistonda ulug‘lanadi.

YAna Ashvina va Sitvar nomi bilan ataluvchi ikki tong xudosi qo‘shiladi.

Indra osmon podshosi va oriylarning milliy xudosidir. YOmg‘ir xudosi Panjaniya, shamol xudosi Vayyular Vedalarda aniq tasvirlanmagan. Ular Indra bilan jamlangan holda tasvirlanadi.

Runada odamlar qo‘rqib unga bag‘ishlab madhiya, duolar o‘qiganlar. U Rigvedada SHiva (yoqimli) nomi bilan zikr etiladi. SHiva Vishnu bilan keyinchalik Hindistonda unutilgan xudolar turkumini egalladi.

Er xudolari. Agni – olov xudosi, u haqidagi afsonalar Hindistondan tashqarida vujudga kelgan. U odamlarning qurbonliklarini xudolarga etkazuvchi ruhoniy sifatida tasavvur qilingan.

Ushas – tong va uning nuri ma’budasidir. Sarasvatilar – daryo xudosi, keyinchalik so‘z xudosi sifatida tasvirlangan.

Veda ibodatlari ikki turga bo‘lingan. Birinchisi, duolar, ikkinchisi, xudolarga atab qilinadigan qurbonliklar yoki narsalarni taqdim qilishdan iborat bo‘lgan. Duo kitoblari bo‘lmagan paytda ibodatlar faqat qurbonliklar shaklida amalga oshirilgan. Keyin Rigveda, Atxarvaveda kabi madhiya va duolarni o‘zida jamlagan kitoblar paydo bo‘lgach, ibodatning ikkinchi ko‘rinishi – duo va madhiyalar xudolarga atab o‘qish odat tusiga kirgan.

Braxmanlik (Braxmanizm): ta’limoti va tarixi

Braxmanlik – veda dinlarining bir tarmog‘idir. O‘z hayotlarini ibodat qilish, ilohiyot ilmini o‘rganish, murakkab marosimlarni o‘tkazish va xalq ruhoniy hayotini boshqarishga bag‘ishlagan braxmanlar kastasi (tabaqasi) vujudga keldi. Dinda ilohiy tilni o‘zgartirib bo‘lmasligi, sanskritning muqaddas tilga aylanib qolishi brahmanlikning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.

Oriylar ko‘chmanchilikdan o‘troq hyotga o‘tib davlatdagi hukmron sinfga aylanib, madaniyati, hayot tarzi boshqacha bo‘lgan turli xalqlar bilan uchrashib, boshqa tabiiy sharoitga duch keldilar. Ularning eski dinlari – vedizm taraqqiy etdi. Bu taraqqiyot dinni falsafiy jihatdan chuqurlashtirish, ruhoniylar tabaqasini, mavqeini ko‘tarish, ibodat va marosimlarini murakkablashtirish hisobiga bo‘ldi. Keyin o‘zgartirish taqiqlangan diniy aqida vujudga keldi. Brahmanlikda ko‘proq ruhoniylar tabaqasining manfaatlari himoya qilingan.

Braxmanlikning asosiy elementlari braxmanlar va vedalarga tegishli sutralardir. Sutralar san’atning alohida ko‘rinishi bo‘lib, sanskrit tilida yozilgan. Unda ma’lum tabaqaga yuqori o‘rin berilgan.

Braxmanlar o‘zlarining kelib chiqishini etti ruhoniy oilaning boshliqlari bo‘lgan kishidan deb hisoblaydilar. Oriylar Hindistonda harbiy yurishlarini davom ettirib, borgan sari kamroq qarshilikka duch kelardilar. Ulardan kshatriy (jangchilar) tabaqasi e’tiboridan chetga chiqib, diniy – ruhiy jihatdan ta’siri kuchliroq bo‘lgan tabaqa – braxmanlarning nufuzi oshib bordi. Ular diniy, huquq, urf-odat kabi sohalaridan ham xabardor edilar.

Brahmanlarning hayoti to‘rt bosqichdan iborat.

Birinchi bosqichda braxmanning diniy hayoti balog‘at yoshiga etib, muqaddas bosqichning qabul qilish va baxshida qilish “marosimidan”keyin boshlanadi. Brahmanning yoshligi birorta donishmand brahman xuzurida vedalarni yodlash, uning uyida muqaddas olovning doimo tutib turish, ustozning xizmatini bajarish, uning uchun sadaqa yig‘ish bilan o‘tadi. Brahman bu bosqichda “braxmacharin” deb atalgan.

Ikkinchi - “grihasta” nomli bosqichda uy xo‘jayini vazifasini bajarib, uylanishi, oilani boqishi, farzandlar tarbiyasi, amaliy hayot ilmi (qachon va nimani eyish, nimani echish, ibodat qilish, marhumlarni dafn etish, mehmonlarni qanday kutish, ovqatni qanday tayyorlash, qariyalarga, ayollarga, yosh bolalarga munosabat)ni qonun asosida fuqarolik burchlarini bajarib borishi lozim.

Uchinchi bosqich “vanaprastha” (o‘rmon zohidi) davri bo‘lib, unda oilasi yoki yolg‘iz holda o‘rmonga ketishi kerak. Braxman u erda “o‘z nafsini jilovlab” ildizlar, mevalarni eb, diniy amallarni “jon-jahdi” bilan bajarishi lozim. Bu davrda bir qator mashaqqatlarni o‘z boshidan kechiradi.

To‘rtinchi bosqichda tarkidunyochilik yoki diniy qashshoqlik – “saniyasi” davrini boshdan kechiradi. Uning maqsadi “Oliy Brahmaga etishish, u bilan qo‘shilib ketish, bu dunyo va o‘lgandan keyingi abadiy baxtga erishish”ga intiladi. U tarkidunyochilik bosqichida faqat sadaqadan tushgan narsalar hisobiga kuniga bir marta ovqatlanib kun kechiradi.

Hinduiylik (Induizm) murakkab din bo‘lib, u ijtimoiy tashkilot, turli dinlar qorishmasidir. U kastachilik asosiga qurilgan. Braxmanlik bilan buddaviylik o‘rtasida kasta ta’limoti bo‘yicha kurashni ifodalovchi hinduiylik dini shakllandi. Bu dinga Hindiston aholisining 83% e’tiqod qilib, uning asosiy sharti Hindistondagi kasta tizimini qabul qilishdir. Hinduiylikda besh qoida va aqida tan olingan.

Vedalarning muqaddasligi;

Guru (pir, ustoz) ning tan olinishi;

Muqaddas joylarga ziyoratga borish;

Sanskrit muqaddas til ekanligi;

Sigirning muqaddas ekanligi tan olingan.



Hinduiylikda braxmanlar asosiy o‘rin egallab, kengroq “Mahobxorat” muqaddas yozuvlar qatoriga qo‘shilgan. Braxmanlar eski aqidalar zamon talabiga javob bermasligini ko‘rgach, yangi qonun-qoidalarga xos turli oqimlarni yuzaga keltirib, buddaviylikka qarshi kurash olib bordilar. Hinduiylik braxmanlikdan farq qilib unda “Mahobxorat” va boshqa she’riy matnlar sanskrit tilidan zamonaviy hind tiliga tarjima qilinib, asl matni bilan bir xil hisoblangan. Hinduiylikda braxmanlar nafaqat oliy tabaqa vakillaridan, balki oddiy xalq ichidan yoki ayollardan bo‘lishi mumkin.

Hinduiylikda trimurti (uchlik) – Braxma, Vishnu, SHiva xudolari asosiy bo‘lib, Braxma ularning eng kattasi, dunyoni yaratgan xudosi. SHunga qaramay, hinduiylikda asosan Vishnu va SHivaga topinadilar. Hinduiylik ikki asosiy oqimga bo‘linadi:
Download 62.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling