2. Mehnat qonunchiligi mavjud qonun va qoidalar majmui sifatida Mehnat shartnomasi


Download 58.48 Kb.
bet2/12
Sana13.04.2023
Hajmi58.48 Kb.
#1352531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi fanidan asosiy mazmuni maqsadi vazifalari

Fanning asosiy bo‘limlari
Mehnatni muhofaza qilish fani asosan quyidagi bo‘limdan iborat:
1. Mehnatni muhofaza qilishning nazariy asoslari.
2. Mehnat muhofazasining huquqiy va tashkiliy asoslari.
3. Ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi.
4. Xafsizlik texnikasi asoslari.
5. Yong‘in xavfsizligi.
6. Jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
Fanning nazariy asoslarida mehnat muhofazasining ergonomik va psixologik asoslari, zararsiz va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish-ning аsоsiу уo‘llari, mehnat sharoiti va xavfsizligini aniqlovchi asosiy omillar tahlili, ishlab chiqarishdagi mehnat sharoitining xusu-siyatlari, mehnat sharoiti va xavfsizligini tekshirish usullari, ish-larning jismoniy og‘irligi va zararliligi bo‘yicha tasniflanishi, jarohat-lanish ko‘rsatkichlari, mehnatni muhofaza qilishni boshqarish asos-lari, mehnat xavfsizligi ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarishda jarohatla-nish va kasbiy kasallanishning profilaktik asoslari, mehnatni muhofa-za qilishning ijtimoiyiqtisodiy jihatlari kabi masalalar o‘rganiladi.
Ikkinchi bo‘lim – mehnat muhofazasining huquqiy va tashkiliy asoslarida ishlab chiqarishda mehnat muhofazasini amalga oshirish, sog‘lom va xavfsiz ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha qonunchilik, jumladan, davlat qonunlari («Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risi-dagi qonun», «Mehnat kodeksi» va b.), nizomlar, me’yoriy hujjatlar, davlat standartlari, ularni hayotga tatbiq etish уo‘llаri va bu boradagi rahbar xodimlarning javobgarliklari, sog‘lom va xavfsiz ish sharoit-larini yaratish yuzasidan davlat nazorat tashkilotlari hamda jamoat nazoratlari, ularning vazifalari, huquqlari kabi masalalar o‘rganiladi.
Ish va dam olish rejimlarini tashkil etish, ishchilarni maxsus kiyim-boshlar, shaxsiy himoya vositalari va profilaktik oziq-ovqatlar bilan ta’minlash, tibbiy ko‘riklarni tashkil qilish, mehnat muhofazasini tashkillashtirishda kasaba uyushmalari- ning roli, mehnat shartnomalarini tuzish, ish bilan ta’minlash va fu- qarolarning mehnat qilish huquqlarini гo‘yobga chiqarish kafolatlari, ish haqi, mehnat intizomini o‘rnatish, ayollar va yoshlar mehnatini muhofazalash, mehnat nizolarini hal etish уo‘llari kabi masalalar o‘rganiladi.
«Ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi»da ishlab chiqarish binolari va ish joylari havosining ifloslanish sabablari, havo tarkibidagi zararli moddalarni me’yorlashtirish, sanitar me’yorlar va talablar, zararli va zaharli moddalarning ruxsat etilgan miqdorlari, ish joylari havosi tarkibini me’yorlashtirish, shamollatish va isitish sistemalari, shovqin va titrashlar, ularning inson sog‘ligi va mehnat qobiliyatiga ta’sirini kamaytirish hamda ulardan himoyalanish usullari, yoritilganlik va uning me’yorlari, ionli va radioaktiv nurlanishlardan himoyalanish yo‘llari, korxonalar va ishlab chiqarish binolari, shuningdek, turar joy va aholi yashash joylariga qo‘yilgan sanitargigiyenik talablar, shaxsiy gigiyena kabi masalalar o‘rganiladi.

Download 58.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling