2 Menejer va yetakchi Menejerning uslubi va imidji


Vaziaytli yetakchi1ik konsepsiyasi


Download 241.5 Kb.
bet5/14
Sana06.11.2023
Hajmi241.5 Kb.
#1751136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
8-9. Zamonaviy menejer

Vaziaytli yetakchi1ik konsepsiyasi. Yondashuvning asosiy g'oyasi- bu yetak chilik hulqi turli xil vaziyatlarda har xil bo'lishi kerak degan taxmindir. Bunda vaziyatli o'zgaruvchanlarning o'zaro hamkorligi, ularning yetakchilikka ta'sirini topish, yetakchining hulqini va uning oqibatlarini oldindan aytib berish uchun tadqiqot qilinadi. Bu konsepsiyalardan asosiylarini ko'rib chiqamiz.
Tannenbaum - Shmidt yetakchi1ik hu1qi kontinuumi (uz1iksiz1igi). U yetakchi hulqning ehtimol bo'lgan yettita namunalaridan birini yetakchilik munosabatiga uchta omil: yetakchining o'zi, unga ergashuvchilar va vujudga kelgan vaziyatlarning ta'sir etish kuchiga muvofiq tanlashini ko'rsatadi. Uslublarning barcha turli tumanligi tegishli ravishda munosabatlar va ishga sho'baiqish bilan o'zaro bog'lanuvchi demokratik va avtoritarlarning o'rtasiga yoyiladilar.
Bu chegaraviy yetakchilar uslublari o'rtasidagi farq yetakchining uning hukmronligi manbalari va insonning tabiati haqidagi farazlariga asoslanadi. Demokratik hukmronlik unga u ergashtirib ketayotgan ergashuvchilar tomonidan berilgan, va odamlar o'zini o'zi boshqarishga va motivatsiya sharoitida ijodiy ishga qodirlar deb o'ylaydi. Avtokrat esa, hukmronlik uning tashkilotda tutgan o'rni tomonidan berilgan va odamlar dangasadirlar deb hisoblaydi. Birinchi holda boshqaruvda ishtirok etish imkoniyati mavjud, ikkinchisida - maqsadl ar va vositalarni yetakchining o'zi belgilaydi. Bu eng chetkilar o'rtasida beshta oraliq yetakchilik uslublari mavjud bo'ladi.
Bu modellarni rivojlanishi yetakchilik munosabatlaridagi aloqalarni o'rnatish da yetakchi, ergashuvchilar va vaziyat o'rtasidagi barcha ehtimol bo'lgan o'zaro hamkorliklarning qiyinchiliklariga duch kelgan.
Vaziyatli yetakchilik modellari (F.Fidler). Bunda kamroq afzal ko'riluvchi xo dim (KAKX), ya 'ni yetakchilar kamroq muvaffaqiyat bilan ishlashlari mumkin bo'lgan kishining ta'riflari shkalasidan foydalaniladi.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, yuqori ballarni olgan yetakchilar, ya 'ni o'zlarining KAKXlarini juda ijobiy baholaganl ar munosabatni mo'ljallagan uslubga egalar. Past ballarni olganlar esa - ish (vazifa)ni mo'ljallagan uslubga egalar. Ular tegishli ravishda yuqori KAKX li va past KAKX li yetakchi nomini olganlar.
Modeldagi vaziyatni nazorat qilish darajasi quyidagi o'zgaruvchanlik bilan belgilanadi:
"yetakchi-ergashuvchilar" munosabatlari (ergashuvchilar tomoni-dan yetakchiga nisbatan nomoyon bo'ladigan to'g'rilik, ishonishlik, qo'llab quvvatlash va hurmat qilish darajasini aks ettiradi);
ishni turkumlashtirilganligi (bajarilayotgan vazifalarni turkumlashtirilganlik darajasi aks ettiradi va tashkil qiluvchilar maqsadning aniqligi, qarorning asoslan ganligi uning o'ziga xosligi, maqsadga erishish vasitalarining ko'pligi bilan o'lchanadilar);
lavozimli hukmronlik (yetakchining rasmiy hukumronligi darajasini aks ettiradi).
Uchta vaziyatli bu o'zgaruvchanlar ikkita yetakchilik uslublari bilan birgalikda vaziyatlarning sakkizta turini beradilar.
Model rahbarni tashkilotda yoki guruhda vujudga kelgan vaziyatga muvofiq tanlab olish va uni o'zgartirish yo'llarini aytib berishga imkon beradi.
Bundan tashqari, rahbar vaziyatni o'zining foydasiga o'zgartirish uchun quyidagilarni amalga oshirishi mumkin.

  • qo'l ostidagilar bilan munosabatlar darajasini o'zgartirishi;

  • ishni turkumlashtirilganlik darajasini o'zgartirishi;

  • tashkilotdagi pozitsion hukmronlik darajasini o'zgartirishi. Model shuni ko'rsatadiki, rahbarni qanday qilib samarali yetakchi bo'lishga o'rgatish, uning yetakchilik qobiliyatini oshirish, eng yaxshi yordam qo'rsatish sharoitida hukmron lik va ta'sirdan foydalanish mumkin. O'qitish dasturi munosabatni mo'ljallagan yetakchiga foydali bo'lishi, ishni mo'ljallagan yetakchiga esa zarar keltirishi mumkin.


Download 241.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling