23. O’zbekistonda davlat boshqaruvi qanday shaklda?
A) Federatsiya B) Suveren demokratik respublika
D) Monarxiya E)Avtonom Respublika
24. O’zbekistonda davlat boshqaruvi Konstitutsiyaning nechanchi moddasida keltirilgan?
A) 11-modda B) 5-modda
D) 1-modda E)7-modda
25. O’zbekistonda davlat hokimiyatining manbai nima (O’zR. Kons. 7-modda)?
A) Xalq B) Ziyolilar
D) Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi E)Vazirliklar
26. O’zbekistonda davlat hokimiyati tizimiga nimalar kiradi (O’zR. Kons. 11-modda)?
A) Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati B) Prezident apparati
D) Vazirlar mahkamasi E)Xalq
27. Oliy davlat vakillik organi qaysi organ?
A) Preziden apparati B) Vazirlar mahkamasi
D) Oliy Majlis E)Sud organlari
28. Senat a’zolari soni qanday shakllanadi?
A) To’liq saylanadi B) 84 kishi saylanib, 16 kishi tayinlanadi
D) To’liq tayinlanadi E)84 kishi tayinlanib, 16 kishi saylanadi
29. Oliy Majlis palatalariga kim rahbarlik qiladi?
A) Ikkalasiga ham Spiker B) Ikkalasiga ham Rais
D) Qonunchilik palatasiga – boshlik, Senatga – Spiker
E)Qonunchilik palatasiga – Spiker, Senatga – Rais
30. Respublika Prezidenti nomzodiga qanday talablar qo’yiladi?
A) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik bo’lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O’zbekiston hududida muqim yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin.
B) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 25 yoshdan kichik bo’lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O’zbekiston hududida muqim yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin.
D) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik bo’lmagan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O’zbekiston hududida muqim yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin.
E)O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik bo’lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O’zbekiston hududida muqim yashagan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin.
31.Boshqaruvga antik davrda ham ma’lum ulush qo’shilgan, bizning eramizdan 400 yil avval boshqaruvning universalligi tamoyili shakllantirgan shaxs kaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan
A) Aristotel B) Jaloliddin Manguberdi
D) A.Fayol E)Suqrot.
Do'stlaringiz bilan baham: |