2. Microsoft word protsessori bilan tanishish
Download 198.7 Kb.
|
1 2
Bog'liqmustaqqil ish 12
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matn muharrirlari va matn protsessorlari haqida tushuncha
- Kiritish amalida
- Tahrirlash amalida
101- gurux talabasi Abdullayeva Gulruxning Texnik tizimlarda axborot texnologiyasi fanidan yozgan mustaqqil ishi Matn muharrirlari va word matn protsessori. Reja: 1. Matn muharrirlari va matn protsessorlari haqida tushuncha. 2. Microsoft word protsessori bilan tanishish. Matn muharrirlari va matn protsessorlari haqida tushuncha Ma’lumki, inson ish faoliyati davomida ko‘plab matnlarni qayta ishlashiga to‘g‘ri keladi. Hujjatlaming hamda elektron hujjatlarning ko‘pchilik qismini matnlar tashkil etadi. Oddiy belgilardan tashkil topgan so‘zlar to‘plami matn deb ataladi. Kompyuterda matnli hujjatlarni tayyorlashda asosan uch guruh amallar bajariladi. Kiritish amalida tashqi shakldagi dastlabki matnni electron ko‘rinishga, ya’ni fayl tarziga o'tkazish ko'zda tutiladi. Kiritish amalida nafaqat klaviatura yordamida kiritishni, balki kiritish vositalari yordamida (skanerdan o'tkazish, grafik shakldan matn formatiga o'tkazish) kabi vazifalami bajarish mumkin. Tahrirlash amalida mavjud matnli hujjatni o‘zgartirish, unga qo‘shish, o‘chirish, matnni boiish va hokazo kabi amallar bajariladi. Kiritish va tahrirlash amallari yordamida matnli hujjatning tarkibi shakllantiriladi. Formatlash amali hujjatlarni rasmiylashtirish uchun kerak va bu amalning buyruqlari hujjatning ekrandagi yoki qog‘ozdagiko‘rinishini aniqlaydi. Barcha elektron hujjatlar kiritish va tahrirlash amallari bajarilishini talab qiladi, lekin formatlash amali ular uchun har doim ham kerak bo'lavermaydi. Masalan, kompyuter uchun yoziladigan dastur matnlarini formatlash shart emas, chunki dastur matni qog‘ozga chiqarish uchun yozilmaydi, balki uni kelgusi qayta ishlovchi amal — kompilyatsiya uchun kiritiladi. Shuning uchun ba’zi matnli hujjatlami formatlash ortiqcha ish va ulami formatlash maqsadga muvofiq emas. Shunday qilib ikki xil dasturga ega bo'lish foydali bo‘lib chiqdi. Matnlarni kiritish va tahrirlovchi dasturlar matn muharrirlari deb, formatlashni ham bajaradigan dasturlar esa matn protsessorlari deb nom oldi. Barcha matn muharrirlari hujjatda «toza» matnni saqlaydi, shuning uchun ular boshqa matn muharrirlarida ham tahrir qilinishi mumkin. Matn protsessorlari esa formatlash natijalarini hujjat ichiga har xil tarzda qayd qilganliklari sababli, ko'pchilik hollarda bir-birlari bilan mos tushmaydi. Lekin ba’zi matn protsessorlarida bir formatdagi hujjatni boshqa formatga o‘tkaza olish qobiliyati mayjud. Download 198.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling