2-modul Donli ekinlar 2-mavzu: Xashaki bug‘doy yetishtirish texnologiyasi


Bug‘doy biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi


Download 32.63 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi32.63 Kb.
#1560393
1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu Xashaki bug‘doy yetishtirish texnologiyasi

1.3.Bug‘doy biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi
Namga talabi. Kuzgi bug‘doy kuzgi arpaga va bahori bug‘doyga nisbatan o‘sish: davrida namlikni ancha ko‘p sarflaydi. Bu o‘sish davrini uzunligini va hosil umumiy massasini yuqoriligi bilan bog‘liq.
Kuzgi bug‘doyni namlikni o‘zlashtirishi o‘simlikni Yoshiga, o‘sish jadalligiga rivojlanishining kuchiga, tuproqdagi namlik zaxirasiga, haroratga va havoning nisbiy namligiga, yorug‘likka, ildiz tizimining rivojlanishiga, oziqa moddalar bilan ta’minlanganligiga va boshqa omillarga bog‘liq.
O‘simlikni o‘sishi uchun eng qulay sharoit tuproqdagi namlik cheklangan dala nam sig‘imining 75-80 % kam bo‘lmaganda yaratiladi. Kuzgi bug‘doyni tuproqdan nam o‘zlashtirishi tuproqdagi namlik so‘lish namligiga teng bo‘lganda to‘xtaydi. Tuproqning mexanik tarkibi, suv fizik xossalari va kimyoviy tarkibiga bog‘liq holda so‘lish namligi tuproq mutloq quruq massasining og‘irligiga nisbatan o‘zgaradi. Bu namlik qumli tup-roqlarda 1-3, qumoq va yengil qumoq tuproqlarda 3-5, o‘rtacha hamda og‘ir qumoq tuproqlarda 6-12, soz tuproqlarda 12-18 dan 22 % gachani tashkil etadi. Kuzgi bug‘doy o‘sish davrida yetishtirish sharoitiga qarab lalmikorlikda 2000-4000 m3/ga, sug‘oriladigan yerlarda 6000 m3/ga va undan ko‘proq suv sarflash mumkin.
Tuproqqa talabi. Kuzgi bug‘doyning boshqa g‘alla ekinlariga nisbatan tuproqqa talabchanligi yuqori. Uning me’yorida o‘sishi va rivojlanishi uchun tuproq muhiti neytral (betaraf – rN - 6-7,5) bo‘lishi kerak. U tuproqning unumdor, begona o‘tlardan toza va yetarli namlikka ega bo‘lishiga talabchan. Bug‘doy eng barqaror va yuqori hosilni unumdorligi yuqori qora tuproqlarda, to‘q kashtan tuproqlarda beradi.
Yorug‘likka talabi. Yorug‘lik bug‘doy o‘simligi hayotining eng muhim omillaridan biridir. Yorug‘lik kunining uzunligi, yorug‘likning intensivligi va uning spektr tarkibi, fotosintez intensivligiga organik moddalarning to‘planishiga, o‘simlikning o‘sishiga, rivojlanishiga, ayrim organlarning shakllanishiga ta’sir qiladi. Yorug‘lik barglar tuproq yuzasida paydo bo‘lmasdan o‘simlikka ta’sir ko‘rsatadi. Intensiv yorug‘likda kaleoptil tuproq yuzasiga chiqmasdan o‘sishni to‘xtatadi. Bulutli, quYosh yorug‘lik kuni qisqa sharoitda kaleoptil tuproq yuzasiga chiqishi ham mumkin.
Ma’danli oziqlanishga talabi. Kuzgi bug‘doy boshqa don ekinlariga nisbatan tuproqda oziqa moddalarni o‘zlashtriladigan shaklda bo‘lishiga talabchan. Dala sharoitida kuzgi bug‘doyni o‘sishi, rivojlanishi jadalligini pas bo‘lishi, tuproqda asosiy oziqa elyementlari, azot, fosfor, kaliyni yetarli bo‘lmasligi sababli yuzaga keladi. Ayrim tipdagi tuproqlarda me’yorida o‘sishning buzilishiga boshqa oziqa elyementlari, shu jumladan mikroelyementlarni yetishmasligi sabab bo‘ladi. Kuzgi bug‘doy azotga talabchan.
Download 32.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling