2-modul (Masalalarni yechib pdf qilib 1ta fayl qilib yuklang) Mavzular
Download 28.5 Kb.
|
modul 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriq uchun masalalar
2-modul (Masalalarni yechib pdf qilib 1ta fayl qilib yuklang) Mavzular: 9-10-Termodinamik harorat birligi - Kelvinga doir masalalar va ularni yechish. 11-12-Modda miqdori birligi - molga doir masalalar va ularni yechish 13-14- Yorug’lik kuchi birligi – kandelaga doir masalalar va ularni yechish. Yetti asosiy birlikning belgilari. 15-16- SI ning hosilaviy birliklari. Asosiy birliklardan keltirib chiqariladigan hosilaviy birliklar va ularga doir masalalar va ularni yechish. Topshiriq uchun masalalar 1. T=400 K haroratdagi vodorod molekulasining eng katta ehtimoliy tezligi v aniqlansin. 2. Qanday T haroratda geliy atomining o’rtacha kvadratik tezligi ikkinchi kosmik tezlik v2=11.2 km/s ga teng bo’ladi. 3. (8.6) Sig’imi V=3 l bo’lgan idishda massasi m=4 g bo’lgan kislorod bor. Gazning modda miqdori v va molekulalar soni N aniqlansin. 4. (8.8) Agar zichligi ρ=6.65*10-3 kg/m3 bo’lsa, sig’imi V=3 l bo’lgan idishni to’ldirib turgan vodorodning modda miqdori v aniqlansin. 5. To’la yorug’lik oqimi Ф=1 lm bo’lgan nuqtaviy manbaning yorug’lik kuchi I aniqlansin. 6. P=75 Vt quvvat istemol qiladigan lampochka r=3 cm masofada nurlar tik tushganda E=8 lk yoritilganlik hosil qiladi. Lampochkaning solishtirma quvvati p (vatt taqsim kandelalarda) va lampochkaning yorug’lik berishi (lyumen taqsim vattlarda) hisoblansin. 7. Avtomashina g’ildiragi tekis tezlanuvchan aylanmoqda. U N=50 marta to’la aylanib aylanish chastotasini n1=4c-1 dan n2=6c-1 gacha o’zgartirdi. G’ildirakning burchak tezlanishi aniqlansin. 8. Ufq tekisligi bilan α=25º burchak tashkil qiluvchi qiya tekislikning uzunligi l=2m. Tekis tezlanuvchan harakat qiluvchi jism bu tekislikdan t=2 c vaqtda sirpanib tushdi. Jismning tekislikka ishqalanish koeffitsiyenti µ aniqlansin. Download 28.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling