2. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]


Download 16.01 Kb.
Sana07.02.2023
Hajmi16.01 Kb.
#1175240
Bog'liq
-6370474 (1)




[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang);

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]

[TSZ:

1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;

2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining bandligi va daromad manbalarini oshirishga doir mehnat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralarini yanada kengaytirish maqsadida:
1. 2023-yilda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari (keyingi o‘rinda — Dasturlar) doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan “Agrobank” ATB, “Mikrokreditbank” ATB va AT Xalq bankiga alohida tasdiqlanadigan taqsimotga asosan 300 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘lar 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 10 foiz stavkada ajratilsin.
2. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda 2023-yilda Dasturlar doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaror loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 25-yanvar,
PQ-18-son


(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2023-y., 07/23/18/0054-son)

Download 16.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling