2. Moliyaviy menejmentda boshqarish obyekti va obyekti Moliyaviy menejmentning maqsad va vazifalari


Moliyaviy menejmentda boshqarish obyekti va obyekti


Download 41.06 Kb.
bet2/2
Sana04.02.2023
Hajmi41.06 Kb.
#1165438
1   2
Bog'liq
1-mavzu ma\'ruza

2. Moliyaviy menejmentda boshqarish obyekti va obyekti
Hozirgi kunda moliyaviy resurslarni boshqarish har bir korxona oldida turgan eng asosiy va strategik vazifalardan biri hisoblanadi. Bu yoʻnalishning korxonani boshqarish tizimida strategik ahamiyatga egaligi moliyaviy resurslar va boshqa resurslar (moddiy resurslar, mehnat resurslari va boshqalar)ni jalb qilishning oʻzaro bogʻliqligi bilan izohlanadi. Bunday oʻzaro bogʻliqlikning ratsional, maqsadga muvofiq va samarali tashkil etilishi koʻp jihatdan korxona iqtisodiy barqarorligini belgilab beradi, shuningdek iqtisodiy obyekt faoliyatidan manfaatdor boʻlgan mulkdorlar, xodimlar, kontragentlar, davlat va jamiyat moddiy farovonligi oʻsishiga xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyotida moliyaviy resurslarning (muhim) ahamiyatga egaligi ularni boshqarishning funktsiyalarini belgilab beruvchi mustaqil faoliyat sifatida moliyaviy menejmentni tashkil etish zaruriyatini shart qilib qoʻyadi.
Moliyaviy menejment – bu korxonaning strategik va joriy maqsadlarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan moliyaviy resurslarni va moliyaviy faoliyatni boshqarishdir.
“Moliyaviy menejment tizimi iqtisodchilar tomonidan kompaniyalarda istiqboldagi va faoiyat yuritishidagi strategik va joriy moliyaviy maqsadlarni rejalashtirish, amaliyotga tatbiq etish, nazorat va taxlil qilish, oʻz vaqtida toʻg`rilash hamda tartibga keltirishdagi ilmiy jihatdan asoslangan oʻzaro bog`liqlikdagi metodlar va instrumentlar kompleksi sifatida tushuniladi”1.
Har qanday boshqarish tizimi kabi moliyaviy menejment ham ob’ekt va obyektga, ya’ni boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimostlariga ega.
Bunda korxonalarning pul mablagʻlari va ularning manbalari, shuningdek korxonalar, xoʻjalik faoliyatining boshqa ishtirokchilari, moliya tizimining turli boʻgʻinlari oʻrtasida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlar boshqarish obyekti hisoblanadi.
Mulkdorlar, moliyaviy menejerlar, mos tashkiliy tuzilmalar va xizmatlar moliyaviy menejment tizimida boshqarish obyektlari sifatida qatnashadi, boʻlimlarning tarkibiy qismlari esa boshqariluvchi tizimostlari sifatida yuzaga chiqadi. Bunda eng asosiy boshqaruv obyekti korxonaning mulkdorlari hisoblanadi. Hozirgi sharoitda moliyaviy direktor boshqaruv a’zolarining yoki direktorlar kengashining a’zosi hisoblanadi va boshqaruv ierarxiyasida etakchi oʻrinlardan biri hisoblanadi. Moliyaviy direktor bosh direktor bilan birgalikda aksiyadorlar oldida toʻgʻridan-toʻgʻri javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi, moliyaviy natijalar boʻyicha investorlar va biznes egalariga hisobot beradi. Moliyaviy direktorga nomzodlar direktorlar kengashi tomonidan shaxsan tasdiqlanadi. Bu jihat moliyaviy direktorning mustaqilligi va oʻz faoliyati boʻyicha aksiyadorlarga hisobot berishini anglatadi.
Operatsion strategiyalar korxona umumiy strategiyasiga asoslanuvchi, moliyaviy xizmat orqali rejalashtirish jarayonida majburiy tartibda oʻtish talab qilinadigan tegishli xizmatlar doirasida rivojlangan biznes-tuzilmalarda boshqaruv funktsional tarzda boʻlinadi. Bu tabiiy ravishda umumiy strategiyani ishlabi chiqish va kuchlarni birlashtirishda moliyani yadroga aylantirmoqda. Shunday ekan moliyaviy direktorning bosh vazifasi biznesni boshqarishning izchil va samarali ishlash tizimini ta’minlash orqali korxonaning barcha boʻlinmalari operatsion strategiyalarini va aksiyadorlar uzoq muddatli maqsadlarini integratsiyalash bilan ifodalanadi.
Shunday qilib, moliyaviy direktor va u boshqaradigan moliya xizmati har qanday oʻrta va yirik korxonada muhim rol oʻynaydi. Moliyaviy direktor faoliyati bir vaqtning oʻzida uch xil doirada: funktsional, korporativ va boshqaruv koʻrinishida amalga oshirilishini ta’kidlash lozim. Shuning uchun ham moliya xizmatining zamonaviy rahbari ilmli, keng dunyoqarashga ega ijodiy fikrlaydigan mutaxassis, amaliy muammolar (pul oqimlarini boshqarish, korxona faoliyati haqidagi tezkor ma’lumotlar bilan ichki va tashqi foydalanuvchilarni ta’minlash, investitsion loyihalarni baholash, moliyaviy resurslarni qidirib topish va jalb qilish hamda boshqalar)ni hal qilish qobiliyatiga ega, shuningdek strategik vazifalar (birlashish va qoʻshib olishlar, investorlar bilan oʻzaro hamkorlik samaradorligi tahlili va boshqalar)ni hal qila oladigan boʻlishi lozim.

3. Moliyaviy menejmentning maqsad va vazifalari


Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy menejmentning maqsadlari turli-tuman boʻlishi mumkin. Uzoq muddatli istiqbolda ular korxonani rivojlantirishning umumiy strategiyasiga mos kelishi, uni amalga oshirishni ta’minlashi lozim.
Amaliyotda keng tarqalgan va an’anaviy boshqaruv maqsadlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- foydani maksimallashtirish;
- moliyaviy barqarorlikni ta’minlash;
- tovar realizatsiyasi miqdorini maksimallashtirish va boshqalar.
Korxona faoliyatining u yoki bu maqsadining afzalligini asoslash firmalar faoliyatining turli xil nazariyalari doirasida amalga oshiriladi. Firma nazariyalaridan kelib chiqqan holda quyida asosiy tan olingan korxonalar faoliyati maqsadlari xususida toʻxtalib oʻtamiz.
Firmalalarning klassik nazariyasida tadbirkorlikning bosh maqsadi olingan tushumlarning sarflangan xarajatlardan yuqori boʻlishini erishish nazarda tutiladi. Tushumlar va xarajatlar oʻrtasidagi farq foyda sifatida aks ettiriladi. Shunday qilib, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi har qanday tashkilotning eng asosiy maqsadi oʻz faoliyati boʻyicha foyda miqdorini maksimallashtirib borish hisoblanadi. Bunda foyda miqdorini buxgalteriya hisobi koʻrsatkichlari asosida aniqlashning osonligi va har qanday boshqaruvchi yoki mulkdor uchun tushunarli ekanligi mazkur yondashuvning ommaviyligida muhim rol oʻynaydi.
Shubhasiz, korxonalar oʻz faoliyatida foydani oshirishga intilishi lozim. Lekin mazkur jarayonda bu maqsadga erishish uchun kuchlarni markazlashtirish kelajakda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Boshqa tomondan ilmiy-tadqiqot ishlanmalariga xarajatlarni qisqartirish, yangi mahsulotlar ishlab chiqish va bozordagi nufuzini oshirib borish, zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni joriy etish, yuqori malakali xodimlar ish haqlarini oshirib borish va boshqa shu kabilar yaqin kelajakda foyda miqdorini mos ravishda oshirish imkonini berishi mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, yuqori foyda intilishga qaratilgan ayrim qarorlar istiqbolda tovar sifatining pasayishi, asosiy fondlarning haddan tashqari yoki ma’naviy eskirishi, raqobatbardoshlik darajasining va sotish hajmining pasayib ketishi, bozordagi ulushning (korxona nufuzining) yoʻqotilishi, asosiy xodimlarning ketib qolishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi, natijada esa foydaning keskin kamayishi, zararlarning yuzaga kelishi yoki hatto bankrotlikkacha sabab boʻlishi mumkin. Bundan xulosa chiqarish mumkinki, korxonalarning asosiy maqsadi foydani oshirish boʻlganda har doim ham risklilik darajasi baholanavermaydi.
Foydani maksimallashtirish biznesni boshqarishning maqsadi sifatida quyidagi kamchiliklarga ega:
- foydaning turli xil koʻrsatkichlari amal qilishi (asosiy faoliyat foydasi, yalpi foyda, operatsion foyda, umumxoʻjalik faoliyati foydasi, moliyaviy faoliyatdan foyda, soliq toʻlangunga qadar foyda, soliqqa tortiladigan foyda, sof foyda, taqsimlanmagan foyda va boshqalar) va ularni aniqlashdagi obyektivlik (buxgalteriya hisobi ma’lumotlari va qoidalari asosida aniqlanishi), boshqaruv qarorlari samaradorligini baholashning bir tomonlama talqin qilinishidagi murakkabliklar;
- qisqa muddatli istiqbolga yoʻnaltirilganligi;
- muqobil variantlar bilan taqqoslash mumkin emasligi, prognoz qilingan daromadlar va ularning yuzaga kelish vaqti boʻyicha tafovutlar;
- kutilayotgan daromadlarning vaqt bilan va ularni olish bilan bogʻliq risklar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikning hisobga olinmasligi hamda boshqalar.
Biznesni boshqarishda nisbatan oddiy va keng tarqalgan maqsadlardan biri sifatida tovar ishlab chiqarish va savdo hajmini oshirib borish koʻrsatiladi. Bu maqsadning keng tarqalishi koʻplab boshqaruvchilarning oʻz mavqeini (ish haqi, diplomatik statusi, jamiyatdagi oʻrni) koʻriladigan foydada emas, balki firmaning yuqori darajasida koʻrishida mujassamlanganligi bilan izohlanadi. Aksariyat korxona rahbarlari uchun tovar ishlab chiqarish va savdo hajmini oshirib borish va bu boʻyicha keng imkoniyatlar muvaffaqiyat oʻlchovi va tahlilchilar hamda investorlar uchun oʻrganish obyekti boʻlib xizmat qiladi.
Tovar ishlab chiqarish va savdo hajmini oshirib borish foydalaniladigan resurslar (xom ashyo, materiallar, ishchi kuchi va boshqalar) miqdorini oshirish, shuningdek ularni moliyalashtirish uchun qoʻshimcha moliyaviy resurslarni jalb qilishni taqozo etadi. Boshqa shart-sharoitlarning oʻzaro tengligi sharoitida korxonadagi oʻsish reinvestitsiya qilingan foyda miqdori bilan aniqlanadi. Shunday qilib, tovar ishlab chiqarish va savdo hajmini oshirib borish mohiyatiga koʻra foydani maksimallashtirishga tenglashtiriladi va uning oʻziga xos kamchiliklari ham foydani maksimallashtirish maqsadi bilan bir xil hisoblanadi.
Biznesni boshqarishda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadi rivojlanishda konservativ siyosat yuritishni taqozo etadi. Oʻz navbatida konservativ siyosat yuqori daromadli operatsiyalar boʻlishidan qat’iy nazar risklardan qochish, yangi loyihalarni amalga oshirishda qatnashishni doimiy rad etish, natijasi yuqori darajada noaniqlikka ega boʻlgan innovatsiyalarni joriy etishdan voz kechish kabilarni nazarda tutadi. Keskin raqobat, ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, yangi mahsulot va xizmatlarning doimiy ravishda paydo boʻlishi sharoitida bunday siyosat faqatgina qisqa muddatli istiqboldagina korxonaning yashab qolishiga imkon beradi.
Qayd etib oʻtish kerakki, yuqorida koʻrib chiqilgan moliyaviy boshqaruv maqsadlari qoʻllanilishi boʻyicha alohida-alohida maqsadlar boʻlib, amaliyotda ularning kombinatsiyasi (masalan foydani maksimallashtirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash) qarama-qarshilikka olib keladi. Shu bilan birgalikda bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyati murakkab va koʻp qirrali, shuning uchun ham asosiy maqsad va boshqaruv samaradorligining tegishli mezonlari oʻzaro mos kelishi lozim. Bunda quyidagilarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq:
- moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining turli xil jihatlarini oʻzida aks ettirishi;
- uzoq muddatli istibolgan yoʻnaltirilgan boʻlishi;
- vaqt, risk va noaniqlik omillarini hisobga olish;
- ilmiy asoslangan va obyektiv baholangan boʻlishi.
Hozirgi vaqtda korxona mulkdorlari moddiy farovonligini maksimallashtirib borish maqsadi yuqorida keltirilgan shartlarga yuqori darajada javob beradi.
Mulkdorlar korxona foydasiga oxirgi talabgor hisoblanishi sababli ularning daromadlarini maksimallashtirish korxona faoliyatidan manfaatdor boʻlgan barcha tomonlar, masalan iste’molchilar (tovarlar sotishning kengayishi hisobiga), mol yetkazib beruvchilar (etkazib beriladigan moddiy resurslar miqdorining oʻsishi va oʻz vaqtida toʻlovning amalga oshirilishi hisobiga), xodimlar (ish haqlarining oʻsishi va oʻz vaqtida toʻlanishi hisobiga), kreditorlar (foizlarning oʻz vaqtida toʻlanishi va qarzlarning belgilangan tartibda qoplanishi hisobiga), davlat (soliqlarning oʻz vaqtida va belgilangan tartibda toʻlanishi hisobiga) va nihoyat butun jamiyat moddiy farovonligi oʻsishiga va talablari qanoatlantirilishiga olib keladi.
Shu oʻrinda qayd etib oʻtish lozimki, mulkdorlar oʻz moddiy farovonligini nafaqat joriy davrda, balki uzoq muddatli davrlar mobaynida ham oshirib borishdan manfaatdordirlar. Bu ularni oʻz daromadlarining bir qismini biznesni kengaytirish uchun yoʻnaltirishga, yangi investitsion loyihalarni amalga oshirishga, boshqaruvning samarali tizimini yaratishga, qoʻshimcha moliyaviy resurslar va yuqori malakali kadrlarni jalb qilishga va boshqa shu kabilarga undaydi. Korxona bozor qiymatini oshirib borish jarayoni iste’molchilar talablarini qanoatlantirish darajasini oshirish, mavjud mahsulotlar va xizmatlarni doimiy takomillashtirib borish hamda yangi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqish, xodimlar mehnat sharoitlarini yaxshilash, kapital yetkazib beruvchilarga mos qaytimni ta’minlash va boshqalar bilan chambarchas va bevosita bogʻliq.
Amaliyotda mazkur maqsad alohida maqsad sifatida shakllangan va unga bozor qiymatini maksimallashtirish yoʻli bilan erishiladi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan korxonaning bozor qiymati – bu korxona mulkdorlari (aksiyadorlari) egalik qiladigan yoki sotish natijasida pul shaklida olishi mumkin boʻlgan real boylikdir.
Amaliyotda korxonaning qiymati kapital qoʻyilmalar umumiy miqdori bilan aniqlanmaydi, balki ularning bozordagi mos tovar va xizmatlar bilan qanday holatda ta’minlanganligi asosida aniqlanadi. Oʻz navbatida bu holat amalga oshirilgan qoʻyilmalarning natijalariga va yoʻnalishlariga bogʻliq bogʻliq boʻlib, agarda bu qoʻyilmalar korxonaning raqobatbardoshligini oshirsa va kapitalning oʻsishini ta’minlasa unda korxona bozor qiymati oshadi va uning egalari kapitali yanada oshadi. Aksincha holatda korxona aktivlari xususiy kapitalga qoʻshimcha qoʻyilmalar yoki yangi qarzlar jalb qilish hisobiga rasman oshirish korxona rentabelligining yomonlashuviga, raqobatbardoshligi pasayishiga olib kelsa mos ravishda korxona qiymati ham pasayadi.
Bundan quyidagicha muhim xulosa chiqarish kerak: har qanday boshqaruv qarori birinchi navbatda korxona qiymatiga qanday ta’sir koʻrsatishi nuqtai nazaridan koʻrib chiqilishi kerak. Boshqacha aytganda moliyaviy menejer faqat shunday qarorlar qabul qilishi kerakki, ular kelajakda korxona bozor qiymati va mos ravishda uning mulkdorlari moddiy boyligi oʻsishini ta’minlashi lozim.
Qarorlar qabul qilishning keltirilgan mezoni birmuncha umumiy va asos boʻlib xizmat qiluvchi mezon hisoblanadi, lekin amaliyotda uni har doim ham qat’iy ravishda qoʻllash tavsiya etilmaydi.
Korxonalar uchun birjalarda kotirovkalanuvchi aksiyalari orqali moliya bozorlarida ularning qiymatini baholash amalga oshiriladi. Buning natijasida koʻrib chiqilgan maqsad korxona mulkdorligining moddiy farovonligini maksimallashtirishning mohiyati boʻyicha ekvivalenti boʻlgan aksiyalar bozor bahosini maksimallashtirishga oʻzgaradi.
Umuman koʻrib chiqilgan yondashuvning quyidagi afzalliklarini koʻrsatish mumkin:
- uzoq muddatli istiqbolga yoʻnaltirilganligi;
- vaqt, risk va noaniqlik kabi omillarning hisobga olinishi;
- mulkdorlar va ularning biznes boʻyicha hamkorlari (kreditorlar, invstorlar, xodimlar, kontragentlar) manfaatlarining oʻzaro muvofiqlashtirish imkoniyati;
- joriy va strategik vazifalar oʻrtasida qarama-qarshilikning mavjud emasligi;
- mulkdorlarning korxona ustidan nazoratni ta’minlashi va boshqalar.

Qayd etib oʻtish kerakki, amaliyotda mazkur yondashuvni amalga oshirish har doim ham oson kechmaydi. Birinchidan, u kelgusi daromad va xarajatlarni ehtimoliy baholashga, pul tushumlari va ularning risklar bilan bogʻliqligiga asoslanadi. Ikkinchidan, hamma korxonalar ham umumtanolingan bozor qiymatiga ega emas. Xususan, agar korxonaning aksiyalari birjada muomalada boʻlmasa, uning haqiqiy bozor bahosini bevosita aniqlash murakkablashadi.


Lekin korxona bozor qiymatini maksimallashtirish maqsadi rivojlangan va samarali ishlovchi bozor kapitali amal qilish vaqtida yuqori darajada asoslangan va muhim xususiyatga ega hisoblanadi.
Asosiy maqsad – mulkdorlar moddiy farovonligini maksimallashtirish va bevosita korxona bozor qiymatini maksimallashtirishga erishish uchun moliyaviy menejerdan quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha samarali boshqaruv qarorlari qabul qilish talab etiladi:
- operatsion faoliyat (korxonaning moliyaviy holatini tahlil qilish, rejalashtirish, prognozlash va nazorat qilish);
- moliyalashtirish – oʻz va jalb qilingan mablagʻlar manbalarini boshqarish (moliyaviy qarorlar qabul qilish);
- investitsiyalar – investitsion siyosat va avtivlarni boshqarish (investitsion qarorlar qabul qilish).
Keltirilgan yoʻnalishlardan har biri moliyaviy menejment tizimida amalga oshiriladigan aniq kompleks vazifalar bilan tavsiflanadi. Namunaviy kompleks vazifalar quyidagi rasmda keltirilgan (1-rasm).
1-rasm. Moliyaviy menejmentning kompleks vazifalari

Keltirilgan kompleks vazifalar moliyaviy boshqaruv jarayonining faqatgina umumiy mazmunini ifodalaydi va uni yanada detalli va tizimaks ettirish ham mumkin.


Masalan, kapital tarkibi, bahosi va manbalarini aniqlash boʻyicha vazifalar quyidagi omillarni detalli baholash taqozo etadi:
- talab qilinadigan moliyaviy resurslar miqdori va ularni jalb qilish (qoʻlga kiritish) imkoniyati;
- ularning taqdim etish shakllari (uzoq yoki qisqa muddatli kredit, naqd pul, qimmatli qogʻozlar emissiyasi orqali va boshqalar);
- moliyaviy resurslarga egalik qilish bahosi (foiz stavkalari, moliyaviy resurslarni taqdim etish boʻyicha boshqa rasmiy va norasmiy shartlar);
- mablagʻlar manbalari ma’lumotlari bilan bogʻliq risklar va boshqalar.
Keltirib oʻtilgan roʻyxatdan kelib chiqqan holda qayd etib oʻtish kerakki, moliyaviy menejmentning kompleks vazifalari yetarli darajada keng va turli-tuman. Ulardan aksariyati boʻyicha qarorlar qabul qilish murakkab va koʻp miqdordagi axborotlarni qayta ishlash, turli xil matematik modellarni va hisoblash texnikalarini qoʻllash talab etiladigan sermehnatli jarayonni oʻzida aks ettiradi. Buning natijasida qarorlar qabul qilish jarayoni qat’iy vaqt boʻyicha chegaralar, risk va noaniqlik sharoitida tezda oʻtib ketadi, oqibatlar boʻyicha javobgarlik darajasi esa nihoyatda yuqori boʻladi.
Moliyaviy menejment vazifalarining xususiyati buxgalteriya hisobining vazifalaridan farqli ravishda alohida standartlarga boʻysunmaydi. Ulardan ayrimlari boʻyicha qarorlar qabul qilish tartibga solinmaydigan xususiyatga ega. Ayrim shartnomalarni tuzish va amalga oshirish jarayonida hal qilinishi talab etiladigan “bir marta”lik vazifalar amal qiladi.
Shuningdek yana bir oʻziga xos xususiyat sifatida bugugi kunda xalqaro amaliyotda moliyaviy menejerlar tayyorlashda matematik modellashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalari sohalarini chuqur bilishlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotganligini ham alohida ta’kidlash lozim.


1 Svetlana Savina, Irina Kuzmina-Merlino, Improving financial management system for Multi-business companies, Procedia – Social and behavioral sciences, 2015.p. 137. URL: http://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S1877042815056992/pdf.


Download 41.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling