2. Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]


Download 86.59 Kb.
bet1/3
Sana02.01.2022
Hajmi86.59 Kb.
#199733
  1   2   3
Bog'liq
211 09.04.2020




[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.03.00 Harbiy xizmatga chaqiruv;

2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;

2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-martdagi PQ-4630-son qarori)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-martdagi PQ-4630-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2020-yil 9-aprel,

211-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-son qaroriga


ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 14-yanvardagi 10-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yig‘ish va jo‘natish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:



a) 5-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “tumanlar (shaharlar) chaqiruv komissiyalari” so‘zlari “tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari huzuridagi Qurolli Kuchlarni butlash komissiyalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;

yigirmanchi xatboshidagi “tibbiy (chaqiruv)” so‘zlari “Rahbariyat kengashi va harbiy-tibbiy” so‘zlari bilan almashtirilsin;

yigirma to‘rtinchi xatboshidagi “viloyat chaqiruv komissiyasi” so‘zlari “Rahbariyat kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

yigirma beshinchi xatboshidagi “chaqiruv komissiyasi” so‘zlari “Rahbariyat kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 6-bandning beshinchi xatboshidagi “chaqiruv komissiyasining” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashining” so‘zlari bilan almashtirilsin;

v) 8-banddagi “chaqiruv komissiyalarining” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashining” so‘zlari bilan almashtirilsin;

g) 9-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Harbiy qismlarga yuborilayotgan yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni tantanali kuzatib qo‘yish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari rahbarligida tashkil etiladi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari vakillari, harbiy xizmatchilarning ota-onalari ishtirokida o‘tkaziladi”.

2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 291-son qarori bilan tasdiqlangan Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 2-banddagi “kasbiy tanlov” va “ular bilan kasbiy tanlov” so‘zlari chiqarib tashlansin;

b) 3-banddagi “kasbiy tanlov o‘tkazish” so‘zlari chiqarib tashlansin;

v) 4-banddagi “kasbiy tanlov” so‘zlari chiqarib tashlansin;

g) 6-bandda:

uchinchi va oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;

to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;

beshinchi xatboshidagi “va kasbiy tanlov” so‘zlari chiqarib tashlansin;

d) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashi Tanlov kengashi tomonidan berilgan tavsiya asosida chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikka jalb etish yoki muddatli harbiy xizmatga chaqirish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qiladi”;

e) 13-banddagi “kasbiy tanlovga” so‘zlari chiqarib tashlansin;

j) 24-banddagi “kasbiy tanlov” so‘zlari “yakka tartibda suhbat o‘tkazish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

z) 2-bobning 3-paragrafi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;

i) 42 va 44-bandlardagi “va kasbiy tanlov” so‘zlari chiqarib tashlansin;

k) 48-bandda:

ikkinchi xatboshidagi ““Nuroniy” O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi” so‘zlari “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshidagi “ular bilan o‘tkaziladigan kasbiy tanlov” va “kasbiy tanlov o‘tkaziladigan kompyuter xonalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni” so‘zlari chiqarib tashlansin;

l) 49-bandning ikkinchi xatboshidagi “kasbiy tanlov va yakka tartibda suhbat o‘tkazish jadvallari, Tanlov kengashi raisi va a’zolarining ro‘yxati, kasbiy tanlov o‘tkaziladigan kompyuter xonalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni” so‘zlari “va yakka tartibda suhbat o‘tkazish jadvallari, Tanlov kengashi raisi va a’zolarining ro‘yxatini” so‘zlari bilan almashtirilsin;

m) 50-bandning oltinchi xatboshidagi “kasbiy tanlov va yakka tartibda suhbat o‘tkazish jadvallari, Tanlov kengashi raisi va a’zolarining ro‘yxati, kasbiy tanlov o‘tkaziladigan kompyuter xonalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni” so‘zlari “va yakka tartibda suhbat o‘tkazish jadvallari, Tanlov kengashi raisi va a’zolarining ro‘yxatini” so‘zlari bilan almashtirilsin;

n) 51-bandda:

uchinchi xatboshidagi “kasbiy tanlov va” so‘zlari chiqarib tashlansin;

oltinchi xatboshidagi “kasbiy tanlov” so‘zlari “yakka tartibdagi suhbat” so‘zlari bilan almashtirilsin;

yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

sakkizinchi-to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi-sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;

o) 52-banddagi ““Nuroniy” O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;

p) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, ular bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazish bo‘yicha tanlov kengashining




Download 86.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling