2. Muloqotda sotsial nazorat va ijtimoiy qoidalar Muloqotning muvaffaqiyatli bo’lishida shaxs sifatlarining o’rni


Download 277.95 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi277.95 Kb.
#203522
  1   2
Bog'liq
TOG`AYNAZAROVA SARVINOZ


MULOQOT VA SHAXSLARARO MUNOSABATLAR

BAJARDI TOG`AYNAZAROVA SARVINOZ


Reja

    • Muloqot - ijtimoiy psixologik voqelik sifatida
    • 2.Muloqotda sotsial nazorat va ijtimoiy qoidalar

      3. Muloqotning muvaffaqiyatli bo’lishida shaxs sifatlarining o’rni.


Muloqot muvaffaqiyatining negizi shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyojlari motivatsiyasi, harakter hislati, individual-tipologik xususiyati, qobiliyati, e’tiqodi kabi insonning fazilatlari, sifatlari namoyon bo’lishi, rivojlanishi hisoblanadi. Muloqot jarayonida muloqotdoshlarning tasavvurlari, qiziqishlari, his-tuyg’ulari, ko’nikmalari, voqelik natijasini oldindan sezish, payqash, ta’sir o’tkazish uslubi tarkib topishi mumkin. Muloqot tashqi ta’sirlar, namunalar asosida o’zini-o’zi tuzatish, qayta tarbiyalash, shaxsiy imkoniyatini ruyobga chiqarish uchun puxta zamin hozirlaydi, komillik sari yetaklaydi

Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi - bu o’zini - o’zi ortiqcha yoki past baholash tufayli o’ziga va uni qurshab turgan odamlarga noto’g’ri munosabatdir. Buning oldini olish imkoniyatlari mavjud bo’lib, asosan quyidagilarga ahamiyat berish ijobiy samaralar sari yetaklaydi:

1.Hamkorlik faoliyatida, muloqotlar tizimi orqali muloqot jarayonining barcha a’zolari o’rtasida insonparvarlik munosabatlarin1.i tashkil qilish, emotsional muhitni taqqoslash imkoniyatini yuzaga keltirish.

2.Muloqotda ichki munosabatlar tizimida har bir a’zoning qulay pozitsiyasini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.


  • 3.Insonning muloqot xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari to’g’risidagi axborotni egallashga oid maxsus mashg’ulotlarni uyushtirish.
  • 4. SHaxslararo munosabatlar va muloqot usullariga mo’ljallangan ishbilarmonlik o’yinlari, psixodrama, trening tizimini yaratish.
  • Muloqot kishilarning hamqorlikdagi faoliyati ehtiyojlari asosida tug’iladigan ular o’rtasidagi aloqa rivojlanishining ko’p qirrali jarayonidir. Muloqot hamqorlikdagi faoliyat qatnashchilari o’rtasida axborot almashinishni o’z ichiga oladi, bu muloqotning kommunikativ tomonida ifodalanadi. Odamlar bir-biri bilan munosabatga kirishishda tildan muomala vositasi sifatida foydalanadilar.



Muloqotning ikkinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning o’zaro ta’siridir. Bunda faqat so’zlar emas, balki harakat va holatlar ham almashinadi. Masalan, sotuvchi bilan haridor o’rtasida biror so’z aytmasdan muomalaga kirishish mumkin. Muloqotning uchinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning bir-birini idrok qilishidir. Muomalaga kirishuvchilarning bir-birini to’g’ri tushunishi muhim ahamiyatga ega. SHunday qilib, muloqotning shartli uch tomonini ajratish mumkin: kommunikativ (axborot berish), interaktiv (o’zaro ta’sir) va pertseptiv (o’zaro idrok qilish).


Download 277.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling