2 mundarija


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana21.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1368165
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
chizmatasvir MT dasgohli 3-kurs




 
 
 
 



MUNDARIJA 
 
Tushuntirish xati 

Chizmatasvir fanidan auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning 
tematik rejasi 
4
Chizmatasvir fanidan auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarni 
bajarish uchun vazifalar va metodik ko‘rsatmalar

1-mavzu:
Qoralamalarni yaratish 

2-mavzu:
Odamlar guruhi qoralamasi 

3-mavzu:  
Asarning matodagi jarayonlari

4-mavzu:
Har xil ashyolarda portret ishlash 

5-mavzu:
Chizmatasvirda asar qahramonilari qiyofalariga chizgilar 
yaratish mashqlari 

6-mavzu: 
Yakka daraxt va daraxtlar guruhi qoralamasi 
10 
 
Foydalanish uchun adabiyotlar ro‘yxati 
11 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tushuntirish xati 



Talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil ishi - talabalarning 
o'qituvchining ko'rsatmasi va uslubiy rahbarligi bilan, lekin uning bevosita 
ishtirokisiz auditoriyadan tashqarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan o'quv, 
o'quv-tadqiqot, ilmiy-tadqiqot ishlari. Talabalarning mustaqil ishlarining hajmi 
davlat ta’lim standarti bilan belgilanadi. Talabalarning mustaqil ishi har bir talaba 
uchun majburiy bo'lib, o'quv rejasi bilan belgilanadi. 
Talabalarning mustaqil ishlarining maqsadi fan bo'yicha fundamental 
bilimlarni, ijodiy amaliy faoliyati tajribasini o'zlashtirishdan iborat. Talabalarning 
mustaqil ishi mustaqillik, mas'uliyat va tashkilotchilikni, ta'lim va kasbiy 
darajadagi muammolarni hal qilishga ijodiy yondashishni rivojlantirishga yordam 
beradi. 
Auditoriyadan tashqari mustaqil ishning vazifalari quyidagilardan iborat: 
1) talabalarning olingan amaliy ko'nikmalarini tizimlashtirish va 
mustahkamlash; 
2) amaliy bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish; 
3) olingan bilimlarni amalda qo'llash ko'nikmalarini shakllantirish; 
4) o'rganuvchilarning bilish, ijodiy tashabbus qo‘rsatish, mustaqillik, 
mas'uliyat va tashkilotchilik qobiliyatlari va faolligini rivojlantirish; 
5) mustaqil fikrlash, o'z-o'zini rivojlantirish, o'z-o'zini takomillashtirish va 
o'zini o'zi anglash qobiliyatlarini shakllantirish; 
6) tadqiqot ko'nikmalarini rivojlantirish; 
7) imtihonlarga samarali tayyorgarlik ko'rish uchun mustaqil ta'lim 
jarayonida to'plangan va olingan materiallardan foydalanish. 
Metodik tavsiyalar me’yoriy hujjatlarga muvofiq tuzilgan va “Chizmatasvir” 
fanidan аудиторияdan tashqari mustaqil ishlar uchun mo‘ljallangan. Unda 
topshiriq va mashqlar mavjud bo'lib, ularning bajarilishi fan bo'yicha tizimli 
bilimlarni olish, talabalarning amaliy ko’nikmalarini oshirish imkonini beradi. 
Talabalarning mustaqil ishi natijalarini baholash mezonlari: 
- o'quv materialini talaba tomonidan o'zlashtirilganlik darajasi; 
- talabaning nazariy bilimlaridan amaliy topshiriqlarni bajarishda foydalana 
olishi; 
- umumiy ta'lim ko'nikmalarini shakllantirish; 
- materialni taqdim etishning asosliligi va ravshanligi; 
- ishlarning bajarilishi darajasi. 
Fanni o'rganish jarayonida mustaqil ishlash uchun 116 soat ajratilgan. 
Ko'rsatmalar talabalarga mavzu bo'yicha materialni maqsadli o'rganishga, mustaqil 
ishlarni bajarishda bilim va ko'nikmalar darajasini aniqlashga yordam beradi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling