2 mundarija
-Rasm. Kvars minerali kristallari
Download 3.9 Mb. Pdf ko'rish
|
SHISHA VA KERAMIKA (2)
1-Rasm. Kvars minerali kristallari.
Kvars qumi kimyoviy tarkib jihatdan bir jinsli bo‘lishi kerak. Qumning sifati, uning kimyoviy va granulometrik tarkibi bilan aniqlanadi. Kvars qumining kimyoviy tarkibida uchraydigan alyuminiy, kalsiy, magniy, natriy oksidilari shisha hosil qiluvchi oksidlar hisoblanib, shisha sifatiga salbiy ta’sir qilmaydi. Xrom, temir, titan oksidlari esa shishaga rang berib salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qum tarkibida Sr 2 O 3 - xrom oksidi kam xollarda va kam miqdorda uchrasada, uning 0,001 % miqdori ham shishaga rang beradi. Titan oksidi qumning tarkibida ko‘p uchraydi, lekin shishaga titan oksidi temir oksidi bilan birga uchragan holatdagina rang beradi va FeO oksidlari qumning kimyoviy tarkibida ko‘p uchraydigan aralashma hisoblanadi. Fe 2 O 3 shishaga sariq rang beradi, FeO esa shishaga havo rang beradi. Fe 2 O 3 bilan birga FeO esa shishaga yashil rang beradi. SHisha mahsulotlarini qaysi sohada qo‘llanishiga qarab rang beruvi komponentlarning miqdori davlat andozasiga javob berishi lozim. Masalan, optik shisha olish uchun qumda Fe 2 O 3 miqdori 0,012 % va Sr 2 O 3 miqdori esa 0,0001% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Xo‘jalik buyumlar olish uchun qumda Fe 2 O 3 miqdori 0,025% gacha, Sr 2 O 3 miqdori esa 0,001% gacha bo‘lish zarur. Deraza oyna olish uchun qumda Fe 2 O 3 miqdori 0,1% gacha bo‘lishi kerak. Ko‘rinib turibdiki, shisha mahsulotlarini olish uchun, xom ashyo sifatida qo‘llanadigan qumlarga qattiq talablar qo‘yiladi. Qumning granulometrik tarkibi, shu bilan birga har xil 168 kattalikga ega bo‘lgan donachalarining nisbati shisha pishirish jarayonida katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari shu narsa aniqlanganki qumning katta fraksiyasiga qaraganda, kichik fraksiyasining tarkibida temir oksidlari ko‘proq miqdorda bo‘lar ekan. Amaliy tajribaga asoslangan holda qum donachalarining diametri vanna pechida pishiriladigan shishalar uchun 0,15 – 0,80 mm, tuvakli xumdonlarda pishiriladigan shishalar uchun 0,15 – 0,60 mm bo‘lishi ma’qul hisoblanadi. SHu bilan birga qum tarkibida bunday donachalarning miqdori 80 – 90% ni tashkil qilishi kerak. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling