172
1
-rasm. Ishlab chiqarish kanallari: a) ketma-ket joylashgan; b,v,g)
bevosita oyna massasi bilan ta’minlaydigan.
Rasmda ketma-ket va bevosita oyna massasi bilan ta’minlaydigan kanallar
ko‘rsatilgan.
Ketma-ket ta’minlovchi kanallarda sifatli oyna faqat markaziy mashinalardan
chiqadi. Markazdan uzoqlashgan sari oyna sifati yomonlashib boradi.
Buning
sababi uzoq oqish davomida massa soviydi va uni qayta qizdirish jarayonida uning
termik bir xilligi o‘zgaradi. Bundan tashqari tarkibida ko‘p miqdorda qo‘shimcha
toshlar paydo bo‘ladi. Bevosita ta’minlovchi kanallarda yuqori sifatli mahsulot
olinadi.
“Lodochka”. Oyna lentasini shakllashdagi asosiy qism bu “lodochka”
hisoblanadi. (2-rasm).
173
“Lodochka” yuqori sifatli mayda donali
shamot massasidan quruq
trambovka usuli bilan tayyorlanadi. Kengligi 400-420mm, uzunligi esa mashina
uzunligiga bog‘liq bo‘ladi. “Lodochka” ning eng ahamiyatli
qismi bu yoriqchasi
hisoblanadi. YOriqchaning uch tomonlari konussimon qilib tayyorlanadi. Bu oyna
lentasi qalinligi bir xilligini ta’minlaydi. Konus uzunligi tortish tezligiga bog‘liq,
ya’ni tezlik qancha katta bo‘lsa, konus ham shunga qarab uzun bo‘ladi. Masalan:
hozirgi kunda 70 kg m/soat da konus uzunligi 300-400 mmga teng.
Konus kengligi ishlab chiqarish temperatura rejimiga qarab tanlanadi.
Harorat qancha baland bo‘lsa, konus kengligi kichik bo‘lishi kerak. Amalda bu 27-
33 mmga teng. Lodochkani yoriqchasini kengligi 65-70mm.
Sovutgichlar. Sovutgichlar oyna lentasini shakllash jarayonida uni sovutish
uchun xizmat qiladi. Ularni lentaning ikki tomonidan 40-50 mm masofada
o‘rnatiladi. Sovutgichlar sxemasi (3-rasm)da ko‘rsatilgan.
Sovutish suyuqligi
sifatida suv ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: