2 mundarija
– amaliy mashg‘ulot (2 soat)
Download 3.9 Mb. Pdf ko'rish
|
SHISHA VA KERAMIKA (2)
10– amaliy mashg‘ulot (2 soat) Shlakositallar ishlab chiqarish texnologiyasi Quyida ishlatilayotgan xom-ash’yo turiga qarab tasniflangan - sanoat chiqindilari va tog’ jinslari asosida olingan uch turli sitallarga oid ma’lumotlar keltiriladi: 1. Shlak sitallari. Ular shlak nomli sanoat chiqindilari asosida olingan. Shlaklar tarkibi (mas.% hisobida): SiO 2 49-63, Al 2 O 3 5.4-10.7, CaO 22.9-29.6, MgO 1.3-12, Fe 2 O 3 0.1-10, MnO 1-3.5, Na 2 O 2.6-5 va Cr 2 O 3 0.1-2. Rangli sitall olishda ularga oz miqdorda kristallanish nukleatorlari MnS va FeS lar qo’shiladi, 184 oq rangli sitall olishda esa ZnO moddasi kiritiladi. FeS+ZnO→ ZnS+FeO va MnS+ZnO→ZnS+MnO jarayonlari orqali sitall oqartiriladi. 2. Kul sitallari. Issiqlik elektr stanstiyalari kuli asosida olingan. Ko’mir kullari tarkibi (mas.% hisobida): SiO 2 23.2-53.1, Al 2 O 3 13.7-38.4, Fe 2 O 3 3.1-8.4, FeO 0- 14.4, CaO 2.6-26.7, MgO 0.2-4.9, SO 3 0.8-16 va Na 2 O+K 2 O 0-2.9. Kul tarkibidagi Fe 2 O 3 va FeO moddalari kristallanish nukleatorlari vazifasini bajaradi. Bunday sitallar bir va ikki pog’onali kristallanish yo’li bilan olingan. Olingan natijalar bir- biriga yaqin keladi. 3. Petrositallar. Sitallarning bu turini olishda uch turli tog’ jinslari ishlatiladi: a) Otilib chiqqan tog’ jinslari - bazalt, diabaz, granit, nefelin- sienit va boshqalar; b) Cho’kindi tog’ jinslari - qum, tuproq, mergel, kaolin va boshqalar; v) Metamorfik tog’ jinslari - gneys, slanest, marmar, serpantin va bosh-qalar. Ayniqsa bazaltlar asosida sitallar oson olingan. Bazalt tarkibi (mas.% hisobida): SiO 2 -48.4, Al 2 O 3 -14.5, Fe 2 O 3 -6.1, FeO-10, CaO-9.4, MgO-5.8, TiO 2 - 2.6, MnO-0.2, Na 2 O-2.5 va K 2 O-0.5. Kristallanish nukleatorlari sifatida 2-10 FeS+TiO 2 , 0.5-10 CaF 2 va 1-4 Cr 2 O 3 ishlatilgan. 2-4% SaF 2 qo’shilganda juda sifatli sitall olingan. Harorat bir pog’onali bo’lib, 900-950 o S ni tashkil qilgan. Yuqori haroratda ishlash vaqti 1,5 soat. 2. Sitallning kimyoviy tarkibi. Sitallarning kimyoviy tarkibi xilma-xil. Masalan, qo’rg’oshinli si-tallar tarkibi quyidagicha (mas.% hisobida): 75-82 PbO, 7-14 ZnO, 1.5-3 SiO 2 va 0-3 Al 2 O 3 yoki 16-18 PbO,48-52 ZnO,12-15 B 2 O 3 va 18-20 SiO 2 . Yuqori kremnezemli sitall tarkibi: SiO 2 85-92,Al 2 O 3 0-2, F 2 3.6 va Na 2 O 7.5-14.5. Kordieritli sitall tarkibi: MgO-17.8, Al 2 O 3 -25.3,SiO 2 45.8 va TiO 2 -11.1.Spodumenli sitall tarkibi: LiO 2 - 12.1,ZrO 2 -3.6 va SiO 2 -57.6.Gelenitli sitall tarkibi: MgO-8.6,CaO-40,Al 2 O 3 - 15.4,TiO 2 -1 va SiO 2 -35.2. Sitall ishlab chiqarishda qo’llaniladigan katalizatorlar turi ham juda ko’p. Metalli katalizator qatoriga Cu,Ag,Au,Sn,Pt va oksidlari qatoriga WO 3 ,MoO 3 ,CeO 2 va boshqalar kiradi. Murakkab katalizatorlar sifatida As 2 O 3 +MoO 3 , TiO 2 +MeF 2 , ZrO 2 +TiO 2 , AgCl+SnO 2 , La 2 O 3 +Cu 2 O va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling