2 mundarija
Download 3.9 Mb. Pdf ko'rish
|
SHISHA VA KERAMIKA (2)
6- semestr
1 – amaliy mashg‘ulot Shisha materiallar klassifikatsiyasi (2-soat) Tarifi va tavsifi. Qurilish listli shishasi deb, tarkibida Al 2 O 3, SiO 2, SaO, MgO, Na 2 O, kabi oksidlar kirgan va yuqori xaroratda olingan eritmani qalinligi 2 dan 6 mm gacha bo‘lgan shaffof oyna listlariga aytiladi. Bunday oynalar qurilishda, zamonaviy arxitektura, madaniy–maishiy muassasa va ishlab chiqarish korxonalarda keng qo‘llanadi. Qurilish shishasi quydagi turlarga bo‘linadi: 185 1.Listli( varaqli) shisha-deraza oynasi, yaxlit rangli shishasi, vitrina oynasi, naqshli shisha, silliqlangan shisha, prokat shisha va boshqalar; 2.Qurilish-arxitektura shishasi, shishapaketlar, yorug‘lik va issiqlik nurlarini saralab yutuvchi qurilish shishasi va boshqalar; 3.Ko‘pchitilgan shisha-issiqlik izolyasiyasini ta’minlovchi shisha, tovush yutuvchi izolyasion material, filtrlovchi g‘ovak shisha va boshqalar; 4.SHisha trubalar-devorning qalinligi 1-2mm , diametri 0,1-40 mm bo‘lgan yupqa tanali trubalar, devorning qalinligi 2,5-4 mm, diametri 12-40 mm bo‘lgan qalin tanali trubalar va boshqalar. Qalinligi buyicha 5 xil ko‘rinishi mavjud: 2, 3, 4, 5 va 6 mm li. Eng ko‘p tarqalgani 2 mm li oyna bo‘lib, uning ishlab chiqarish miqdori (umumiy mikdoriga nisbatan) 70% ni tashkil etadi. Bunday shishalarni eni 500 dan 925 mm gacha, uzunligi esa 950 dan 1600 gacha bo‘ladi 2– amaliy mashg‘ulot (2 soat) Keramik materiallar klassifikatsiyasi; Keramika va olovbardosh buyumlar klassifikastiyasi. Keramika buyumlari tadbiq etilishi, xossalari, ishlatilayotgan xom-ashyo turi yoki pishgan mahsulotning fazaviy tarkibiga ko’ra klassifikastiyalanadi. Keramika buyumlari iste’mol (tatbiq) etish oblastiga ko’ra uch katta qismga bo’linadi: 1) qurilish va sanoat qurilishi materiallari; 2) texnika materiallari; 3) maishiy-xo’jalik materiallari. Qurilish va sanoat qurilish materiallari davrasiga qurilish keramikasi mahsulotlari va o’tga chidamli materiallar kiradi. Qurilish keramikasi devorbop, tomga va fasadga oid keramika, pol plitkasi, kanalizastiya uchun ishlatiladigan sopol quvurlar, kimyoviy chidamli keramika, filtrovchi kovak keramika, keramzit, 186 agloporit va sanitariya qurilish sopol buyumlaridan tashkil topgan. Ularga quyidagicha talqin berish mumkin: - qurilish keramikasi mahsulotlari - mayda va yirik donali keramika massalari asosida olingan va qurilishda ishlatishga mo’ljallangan g’isht va cherepista kabi materiallar; - devorbop keramika buyumi - oddiy tuproqdan yasalgan, yuqori haroratda ishlov berish yo’li bilan olingan va devor yasash uchun xizmat qiladigan mahsulot; - tombop keramika buyumi - tuproq asosida yasalgan va temir tunka o’rnini bosuvchi qurilish keramikasi mahsuloti; - drenaj uchun ishlatiladigan keramika buyumi - keramika massalari asosida yuqori harorat berish yo’li bilan olingan va metall quvirlarning o’rnini bosuvchi mahsulot; - tashqi yuza keramikasi - tashqi pardozlash uchun ishlatiladigan yuzali tosh, g’isht va koshinlar; - ichki pardozlash keramikasi - ichki pardozlash uchun ishlatiladigan koshinlar, izrazsti va boshqa buyumlar; - effektiv g’ovak keramika - keramzit, agloporit, graviy kabi g’ovak keramika materiallari; - sanitariya-texnika buyumi - keramika texnologiyasi asosida yasalgan vanna, rakovina, unitaz va boshqalar; - qurilishning qadimiy va oddiy materiali - tuproq asosida yasalgan va 950- 1000 °C li haroratda kuydirib olingan g’isht; - sun’iy qurilish keramikasi - Markaziy Osiyo va boshqa issiq iqlimli erlarda tuproq asosida yasalgan va kuydirish yo’li bilan olingan qurilish g’ishtisimon mahsulotlar. Texnikada qo’llanuvchi materiallar asosan texnika keramikasi gruppasiga mansub. Texnika keramikasi 6 tur mahsulotlarni o’z ichiga oladi: yuqori o’tga chidamli oksidlar keramikasi, elektroizolyastiyaga moyil silikatli va alyumosilikatli keramika, yuqori dielektrik o’tkazuvchanligiga ega bo’lgan keramika, magnit xossalariga ega bo’lgan keramika, baland haroratda eriydigan kislorodsiz birikmalar asosidagi keramika va kermatlar. Maishiy xo’jalik buyumlari asosan nafis keramika gruppasidan tashkil topgan. Nafis keramika buyumlari 2 turga - chinni va sopol buyumlariga bo’linadi. Keramika mahsulotlari tayyorlov usuli, ishlov berish xili, strukturasi, qattiq mayda zarrachalarining bir-biriga yopishib qolishi, sirlanganligi, yuzasining ko’rinishi, shakli va o’lchami, o’tga va kislotaga chidamliligi asosida ham qism, gruppa va turlarga bo’linadi. Tayyorlov usuliga ko’ra, masalan barcha o’tga chidamli buyumlar shliker yoki eritmadan quyilgan, plastik shakllangan, yarim quruq presslangan, plastik bo’lmagan kukunsimon massadan zichlashtirilgan, tog’ jinsi va quyma bloklardan arralangan buyumlarga ajraladi. Termik ishlov berish xiliga qarab esa ushbu mahsulotlar kuydirilmagan (monolit tosh), kuydirilgan (shamot g’ishti) va eritib qo’yilgan (quyma kvarst ) mahsulotlarga bo’linadi. Keramika mahsulotlari quyma badiiy bezaklangan, naqshlangan, silliqlangan, emal bo’yoqlar bilan badiiy bezaklangan buyumlardan tashkil topgan bo’lishi mumkin. Sindirib ko’rilgan yuzaning xarakteri (strukturasi) bo’yicha barcha buyumlar ikkiga - mayda tolali tuzilishga ega bo’lgan va yirik tolali tuzilishga ega bo’lgan 187 buyumlarga ajraladi. Keramika buyumlari shuningdek sirlangan va sirlanmagan bo’lishlari mumkin. Tashqi muhit ta’siridan saqlash va dekorativ tus berish uchun buyumlar (masalan, sopol va chinni, ichki va tashqi pardozlash plitkalari, yuzali g’isht va kanalizastiya quvurlari) sir bilan qoplanadi. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling