2 mundarija


 – amaliy mashg‘ulot (2-soat)


Download 3.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/83
Sana11.10.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1698470
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   83
Bog'liq
SHISHA VA KERAMIKA (2)

 
8 – amaliy mashg‘ulot (2-soat) 
Yupqa qurilish keramik buyumlar ishlab chiqarish
Bino bezagi uchun keramika texnologiyasi bo‘yicha issiqlik berish yo‘li 
bilan pishirilgan maxsus tarkib va xossalarga ega bo‘lgan chinni va 
sopolsimon tuzilishi me’morchilikda keng qo‘llaniladigan buyumlarga 
keramik plitkalar (koshinlar) deb ataladi. U binoning sirti va ichki qismiga 
ko‘rk 
berib, 
uni 
kir 
va 
namdan 
saqlaydi. 
Ko‘p sonli adabiyot manbalarda plitkalar termini toshtaxtacha, ya’ni 
kichkina plita yoki to‘rtburchak taxtacha shaklidagi kichikroq buyum ma’nosida 
ishlatiladi. Ba’zi manbalarda esa koshin termini naqshli plitka ma’nosida 
ishlatiladi. 
Hozirgi kunda koshinlar O‘zbekiston hududida «O‘zqurilishmateriallari» 
aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli Toshkentdagi «Toshqurilishmateriallari», 
Angrendagi «Kulol» va barcha viloyatlarda mavjud bo‘lgan maxsus 
kulolchilik 
korxonalarda 
ishlab 
chiqarilmoqda. 
2000-yili 
«Toshqurilishmateriallari» aksiyadorlik korxonasi Italiya firmasi yordamida 
Germaniyada chiqadigan qoliplovchi presslarni korxonada o‘rnatish hisobiga katta 
o‘lchamli koshinlar ishlab chiqarishga o‘tdi. 
Keramik 
plitkalar 
ishlatilishiga 
ko‘ra 

turga 
bo‘linadi: 
1. Polbop keramik plitkalar. Ular dag‘al keramika guruhiga mansub; 
2. Ichki pardozlash plitkalari. Ular nafis yoki nozik keramika texnologiyasi 
bo‘yicha 
olinadi; 
3. Fasad plitkalari. Ular ham dag‘al keramika buyumlari safini to‘ldiradi; 
Polbop 
keramik 
plitkalar 
o‘z 
navbatida 
ikki 
turga 
ajraladi: 
1. 
Keramik 
plitkalar; 
2. Koshin yoki naqshli plitkalar. 
Polbop keramik plitkalar ishlab chiqarish uchun pishish intervali katta bo‘lgan 
(~80-100°S li) bir tarkibli gillar ipshatiladi. MDH mamlakatlari hududlarida 
joylashgan ko‘pgina korxonalar kuydirilganida oq, sariq va qizil rang beruvchi 


194 
shunday 
xom-ashyolardan 
foydalanishadi 

Sifati past gillarga odatda qo‘shimchalar (haroratni pasaytiruvchi
deformatsiyani kamaytiruvchi, rang beruvchi va hokazo) kiritiladi. Haroratni 
pasaytiruvchilar sifatida dala shpatlari, pegmatitlar va nefelin sienitlar (O dan 8-
19% gacha) ishlatiladi. Kirishib ketishni kamaytirish uchun O dan 10-20% ga 
qadar maydalangan shamot va mayda donali kvars qumi qushish mumkin. 
Rang beruvchilar sifatida xromli temirtosh FeO·Sg2O3 (O dan 3-10% gacha) 
ishlatilsa tuproq to‘q kulrang yoki ko‘k rangga burkaladi. Pirolyuzit MnO2 (O 
dan 1,5-5 % gacha) to‘q kulrang yoki qora rang, temir oksidi Fe2O3 jigarrang va 
qizil, kobalt oksidi So2O3 (O dan 2-10%) - ko‘k va och ko‘k ranglarni beradi. 
Binolarning ichki yuzalarini koshinlashda ishlatiladigan keramik materiallar olish 
uchun 
och 
kuyadigan 
giltuproq 
va 
kaolinlar 
ishlatiladi. 
Deformatsiyani kamaytirish uchun kvars qumi SiO2, kuydirilgan kaolin 
Al2O3·2SiO2, buyumlarning util va politoy chiqindilari qo‘shiladi. Plitka massasi 
50% ga qadar tuproqsimon materiallar, 10-25% kvars qumi va 35% ga qadar 
buyum siniqlaridan tashkil topgan bo‘ladi. Plitkalar yuqori tezlikda 
pishiriladigan bo‘lsa, massa tarkibiga ozroq miqdorda nefelin sienit, perlit, toshqol, 
bo‘ri, shisha sinig‘i qo‘shiladi. Talk Mg3(OH)2·Si4O10, dolomit MgCa(CO3)2, 
vollastonit CaO·SiO2, metallurgiya va fosfor korxonalari chiqindilarini qo‘shish 
ham yaxshi effekt beradi. Umuman olganda massa tarkibiga ishqoriy er oksidlari 
MgO, CaO larni kiritish quydirish jarayonidagi kirishib ketishni kamaytiradi. 
Natijada 
plitkalarning 
o‘lchamlarini 
bir 
xilligiga 
erishiladi. 

Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling