2 mundarija


 Mavzu; Cherepitsiyaning asosiy turlari va xususiyatlari. Xom ashyo


Download 3.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/83
Sana11.10.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1698470
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83
Bog'liq
SHISHA VA KERAMIKA (2)

25. Mavzu; Cherepitsiyaning asosiy turlari va xususiyatlari. Xom ashyo 
materiallari ishlab chiqarish usullari, ishlatish soxalari. 
Cherepista tabiatda uchraydigan ko’pgina noorganik va organik moddalar 
asosida ishlab chiqariladi va u ko’p tarkibli buyumlar qatoriga kiradi: 
1 .Gil cherepista - kuydirilgan tuproqli; 
2. Stement cherepista - stement-qum tarkibli; 
3. Silikat cherepista - avtoklavli ohak - qum tarkibli; 
4. Metall cherepista - metall (temir) tarkibli; 
5. Plastmass cherepista -polimer tarkibli. 
Tashqi qo’rinishiga ko’ra gil cherepistalar 3 turli bo’ladi: 


141 
1. Tabiiy rangli; 
2. Angob surtilgan; 
3. Sir (glazur) bilan qoplangan. 
Gillar tarkibida temir oksidlari - FeO va Fe
2
O
3
va rang beruvchi boshqa 
modda - titan oksidi TiO
2
kamroq bo’lsa, cherepista rangi oqishroq (och nimrang) 
bo’ladi. Temir oksidlarining turi va miqdori, cherepistaning kuydirish rejimiga 
qarab tayyor mahsulot rangi sariq - kulrang, g’ishtsimon qizg’ish va boshqa 
bo’lishi mumkin. 
Angob franstuzcha engobe so’zidan olingan bo’lib, cherepista rangi yoki 
dag’al strukturasini nafislashtirish uchun uning yuzasiga dekorativ keramik 
qoplama bilan qoplash ma’nosini anglatadi. Angob ham ikki turli bo’lishi mumkin: 
1. Oq angob - kuydirilganda oqaradigan tuproqli; 
2. Rangli angob - rang beruvchi pigmentli qo’shilma tarkibiga kiritilgan 
tuproq. 
Cherepista yuzasiga angob surtish ikki usul - pulverizastiya yoki quyish 
orqali amalga oshiriladi. 
Sirlangan cherepista olishda esa uning yuzasi 1000-1050°C da suyuladi-
gan bor - qo’rg’oshishsh sir (glazur) qatlami bilan yupqa qilib qoplanadi. 
Kuydirish jarayonidan so’ng cherepista yuzasi suv o’tkazmaydigan, silliq 
yupqagina shishasimon qobiq bilan qoplanib qoladi. Sirga turli rang beruvchi 
moddalar qo’shish yo’li bilan rangli sirlangan cherepista ishlab chiqariladi. 
Cherepista xom-ashyosi. 
Cherepista ishlab chiqarishda turli giltuproq, hatto qumoq tuproqli xom-
ashyodan ham foydalansa bo’ladi. Asosiy talab-ularning bog’lanuvchanligi yuqori 
bo’lishida. Germaniyalik mutaxassislar shu maqsadda kumoq tuproqli xom-
ashyoni nam yaxlagan holatda maxsus burtlarda 7 yilgacha saqlashlari adabiyotdan 
ma’lum. 1050-1080°C li haroratda kuydirilganda bunday xom-ashyo suv 
o’tkazmaydigan buyum hosil qiladi. 
Ba’zi hollarda cherepista olish uchun ikki gil aralashmasi qo’l keladi. 
Masalan, Rossiyaning Buchan qurilish materiallari korxonasidagi cherepista 
massasi tarkibiga 80% gil va 20% Gluxovestk kaolini kirgan bo’lib, ular 1020-
1060°C da sifatli cherepista hosil qiladi. Ukrainaning bir qancha shaharlaridagi 
cherepista ishlab chiqaruvchi zavodlarda esa gillar maxsus mashinalar yordamida 
toshsimon moddalardan tozalanganidan so’ng cherepista massasi tarkibiga 
kiritiladi. 
Hozirgi vaqtda gil cherepistasi olish uchun tuproqli aralashmadan plastik 
loy tayyorlanadi. Aralashma tarkibiga kiruvchi giltuproqni oldindan namlash va 5-
15 sutka davomida namli muhitda etiltirish yaxshi natija beradi. Kuydirish 
jarayonida kirishib ketishlikning oldini olish uchun aralashma tarkibiga 15% dan to 
25% gacha shamot, kvarst qumi yoki cherepista sinig’i kiritiladi. Qo’shilma 
kiritilishi tufayli kirishuvchanlik havoda 6-7% va kuydirishda esa 4% atrofida 
bo’ladi. 
Cherepista ishlab chiqarish texnologiyasi. 
Gil cherepista ishlab chiqarishdagi asosiy jarayonlar qatoriga kiradi:
1. Xom ashyolarni tanlash - gil va kengayuchan moddalar turi va o’zaro 
nisbati aniqlanadi; 
2. Xom-ashyolarga dastlabki ishlov berish - donalash, unlash, elash va 
boshqa kerakli jarayonlar. Bu jarayonlar ikki xil usul bilan amalga oshiriladi: a) 


142 
tuproqni xo’l usul bilan tayyorlash (tuproqni qazib olish, burtda nam holatida 
saqlash, begunda xo’l usulda maydalash va hokazo; b) gilni quruq usulda 
tayyorlash - tuproqni qazib olish, uni qirindilagichda kesish, quritish barabanida 
quritish va hokazo; 
3. Massa tayyorlash va uni etiltirish
4. Vakuum-press yoki boshqa jihozdan massani o’tkazish; 
5. Kesuvchi apparat yordamida kerakli o’lchamdagi buyumni hosil qilish; 
6. Quritish; 
7. Kuydirish va hokazo. 
Quyida keltirilgan 11-rasmda yiliga 1,7-3 mln dona cherepista ishlab 
chiqaruvchi stexning texnologik sxemasi beriladi.
11 Rasm. Cherepista ishlab chiqaruvchi stexning texnologik tizimi. 
1-maydalagich; 2-kengayuvchan modda (shamot, qum, chiqindi) bunkeri; 3-
elevator; 4-elash jihozi; 5-maydalangan kengayuvchan modda bunkeri; 6-
ta’minlagich; 7-yashikli uzatuvchi; 8-konveyer; 9-SM-346 yoki CM 447H rusumli 
par namlagichli tuproq aralashtirgichi; 10-SM-21B markali namli unlash beguni; 
11-SM-859 markali tuproq ezgilagich; 12-ishlov berilgan massa saqlagich; 13-
CM-446 va SM-683 vakuum-presslar yoki SM-34 va SM-35 presslari; 14-CM-84 
va SM-665 markali kesuvchi-joylovchi apparatlar; 15-tunnel quritgich; 16-tunnel 
pechi. 
Cherepista loyi qoliplashdan oldin yaxshilab ezilganligi va biroz vaqt namli 
muhitda saqlanganligi tufayli uning tabiiy tuzilishi o’zgaradi, mayinligi va 
plastikligi ortadi. Cherepista loyining namligi 16-17% dan 20-22% gacha bo’ladi. 
Cherepistalarning presslash jarayoni mexanizastiyalashgan bo’lib, u plastik 
qoliplash usulida olib boriladi.
Cherepistani quritish yog’ochli yoki keramik ramkalarda kamerali va 
tunnel quritgichlarda 36-80 soat davomida quritiladi. Tunnel quritgichdagi harorat 
70-75 gradusni, quritish vaqti 36-40 soatni tashkil qiladi. Quritish vaqtini 24 
soatgacha kamaytirish mumkin. Quritgichga yarim fabrikat 20% li namlikda kirib, 
5-7% namlikda chiqib ketadi. 
Tunnel quritgich o’lchamlari: uzunligi 30-36 m, eni 1,1-1,4 m va balandligi 
1,5-1,7 m. 10 ryad polkali 1 ta vagonetkaga 192 dona nov (paz) li yoki 240 ta yassi 
tasmasimon cherepista joylashadi. Tunnel ichida bir vaqtda 2688-3072 dona nov 
(paz) li yoki 3360-3840 dona yassi cherepista joylashgan bo’ladi. 
Quritishni kamerali quritgichlarda ham olib borish mumkin. Quritishni 
saroylarida ham quritish ramkalariga o’rnatilgan holda olib borsa bo’ladi. Bu holda 


143 
1,3 hajmga 200 dona cherepistani joylasa bo’ladi. Bu hollarda quritish uzoq davom 
etadi. 
Quritilgan cherepista sortirovka qilinib, o’z holatida yoki g’isht bilan 
birgalikda joylanadi va kuydirish pechlariga jo’natiladi. 
Cherepistani kuydirish jarayoni kamerali, xalqali va tunnel pechlarida 950-
1050°C haroratda 48 soat davomida o’tkaziladi. Kuydirish rejimi qurilish g’ishti 
rejimiga juda o’xshab bo’lib, kuydirish boshida pechning quritish zonasida (120-
130°C atrofida) ko’p miqdorda suv ajralib chiqqanligi tufayli «mayin» va 
ehtiyotlik bilan o’tkaziladi. Temperatura 1050°C ga yaqinlashganda ham ehtiyotlik 
choralarini ko’rib xushyor turishlik darkor: harorat ozginagina oshishi bilan 
cherepista chekkalari erib deformastiyaga uchrashi mumkin. 
Cherepista xossalari. 
Gil cherepistaning ko’pgina ijobiy xossa-xususiyatlari bor. Bular - uning 
uzoq muddatga yaroqligi, o’t (olov) ga chidamliligi, suv o’tkazmasligi, issiq-
sovuqqa chidamliligi, ekspluatastiya harajatlarining kamligi. Oxirgi fazilat tufayli 
tomni har yili suvash yoki buyoq bilan bo’yash talab etilmaydi. 
Lekin gil cherepistaning o’rnatilishi va ekspluatastiya qilinishida kamchilik 
va qiyinchiliklar ham mavjud: 
1. Cherepistaga xos bo’lgan mo’rtlik. Darzli buyum bolg’a bilan sekin 
urilganda bug’iq yoki jaranglagan ovoz chiqaradi. Bunday holat ularning yaxshi 
pishirilmaganligi va darz ketish oldida turganligidan dalolat beradi. 
2. Gil cherepistaning tunuka yoki shiferga nisbatan etarlicha og’irligi; 
3. Cherepista bilan yopiladigan tomning nishabi kamida 30°C bo’lishligi; 
4. O’lchami kichikligi tufayli yopish jarayoning sust bajarilishi. 
Cherepista strukturasiga ko’ra qurilish g’ishtiga nisbatan anchagina zichroq 
bo’lishi zarur. Shu tufayli uning suv yutuvchanligi 10% dan oshmasligi, sovuqqa 
chidamliligi (goh muzlatish - 15°C gacha va goh eritish +20°C gacha) 25 stikldan 
kam bo’lmasligi, quruq holatidagi sinishga chidamliligi 7 MPa (70 kg/sm
2
) dan 
kam bo’lmasligi talab qilinadi. 
Cherepistaning ishlatilashi. 
Gil cherepista yuqori mustahkamlilikka egaligi, suv, sovuq va olovga 
chidamliligi va ekspluatastion chiqimlarga moyil emasligi tufayli bebaho tombop 
qurilish materialidir. Tomga yopishtirilgan shiferning sinishi, tunukaning esa 
zanglashi va teshilishi mumkin. 
Gil cherepistani barcha joylarda mahalliy xom-ashyolar asosida olinishi 
mumkinligi ham uning istiqboli porloqligidan dalolat beradi. 
MAVZUNI MUSTAXKAMLASh UChUN VAZIFALAR: 
Keramika mahsulotlari ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom-ashyolarga oid 
“Charxpalak” jadvalini to’ldiring (moddaga qarab + yoki - belgisini 
qo’ying). 
Modda 
Chinn
i toshi 
Kvarst 
kumi 
Shamot Toshkol
, kul 
Gil 
Gilli 
slanest 
Kaolin Dala 
shpati 
Dolo
mit 
Kengayu
vchan 
xom-


144 
ashyo 
Plastik 
xom-
ashyo 
Eritgichla

Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar. 
Qurilish keramikasi maxsulotlari- mayda va yirik donalik keramika 
massalari asosida olingan va qurilishda ishlatishga mo’ljallangan g’isht va 
cherepista kabi materiallar. 
Devorbop keramika buyumi- oddiy tuproqdan yasalgan, yuqori xaroratda 
ishlov berish yo’li bilan olingan va devor yasash uchun xizmat qiladigan mahsulot. 
Tombop keramika buyumi- tuproq asosida yasalgan va temir tunka o’rnini 
bosuvchi qurilish keramikasi mahsuloti. 
Effektiv g’ovak keramika- keramzit, agloporit, graviy kabi g’ovak keramika 
materiallari 
Sanitariya-texnika buyumlari- keramika texnologiyasi asosida yasalgan 
vanna, rakovina, unitaz va boshqalar. 
G’isht- to’g’ri to’rtburchakli paraoepiped formasiga ega bo’lgan stangdart 
razmerli, mineral materiallardan quyilgan, kuydirish yoki par bilan ishlov berish 
orqali olinadigan sun’iy tosh. 
Oddiy g’isht- qurilish materiali sifatida ishlatiladian g’isht sun’iy kimyoviy 
material bo’lib, bo’yi 250, eni esa 120 va qalinligi 65 mm, og’irligi 4 ilogramm 
qilib taayyorlanadi. 
Bir yarim yoki modul g’isht – deb ataluvchi g’ishtning turida parallelipiped 
qalinligi 88 mm ni tashkil etadi. 
Yuzali g’isht- oddiy g’isht o’lchamlarida ishlab chiqariladigan yuzasi eritma 
bilan qoplangan nafis buyum. 
Engil vaznli g’isht- serkavak va serkavak-ichi kavakli g’isht turi. 
Aylanma pech- xom g’ishtni yuqori haroratda pishirib olish uchun 
ishlatiladigan qurilma. 
Tunneli pech – xom g’ishtni yuqori haroratda qo’l kuchisiz pishirib olish 
uchun ishlatiladigan qurilma. 
Avtoklav – silikatli g’ishtlarni 150-200 darajali xarorat va 7-8 atmosferali 
bosimda ishlov berish uchun ishlatiladigan qurilma. 

Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling