2 mundarija
Download 3.9 Mb. Pdf ko'rish
|
SHISHA VA KERAMIKA (2)
BOR KISLOTASI. Bor kislotasi – rangsiz, yaltiroq, mayda kristallardan tuzilgan bo‘lib, suvda yaxshi eriydigan moddadir. Nazariy tarkibi V 2 O 3 -56,45% va N 2 O – 43,55% dan iborat. Bor kislotasi bilan birga shisha tarkibiga bor angidridi kiritiladi. Bor angidridi shishaning kimyoviy va termik mustahkamligini oshiradi, shishaning pishish jarayonini tezlashtiradi, suyuqlanishini oshirib, qovushqoqligini pasaytiradi. SHisha pishirishda bor angdridining 15% miqdori uchib ketadi. SHuning uchun uning miqdorini omixta tarkibida saqlab qolish uchun uchib ketadigan miqdorini hisobga olgan holda bor angdrididan ko‘proq qo‘shish kerak. BURA. Bura ham bor kislotasi kabi shisha tarkibiga bor angidrini kiritish uchun ishlatiladi. Tabiatda bura Na 2 V4O 7 minerali ko‘rinishida uchraydi. Na 2 V4O 7 – rangsiz, kulrang, sarg‘ish, yashil ranglarda bo‘lib, yog‘li yaltiroqlikka ega mineral hisoblanadi. Bura bor kislotasining natriyli tuzi hisoblanib, 36,6% V 2 O 3 , 16,2% Na 2 O 47,2% N 2 O tarkibdan iborat. Kulrang burada sezilarli qo‘shimchalar miqdori bo‘ladi. NaO, Sa O 4 , Na 2 O 4 . ALYUMINIY OKSIDI. Alyuminiy oksidi (Al 2 0 3 ,) katta xajmda va yuqori navli shisha olishda shisha omihtasiga, tarkibida 99% Al 2 0 3 glinozyom yoki suvli oksid alyuminiy orqali (amorf glinozyom ) Al 2 O 3 x 3N 2 O kirgiziladi. Ko‘p holatda alyuminiy oksidini shisha tarkibiga kaolin, dala shpati, pegmatit orqali kiritiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling