2 mundarija
Download 3.9 Mb. Pdf ko'rish
|
SHISHA VA KERAMIKA (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2..Ishlatiladigan hom ashyolar.
3– amaliy mashg‘ulot (2 soat) Qurilishda va arxitektura-qurilishda shisha turlari; 170 Qurilish listli shishasi deb, tarkibida Al 2 O 3, SiO 2, SaO, MgO, Na 2 O, kabi oksidlar kirgan va yuqori xaroratda olingan eritmani qalinligi 2 dan 6 mm gacha bo‘lgan shaffof oyna listlariga aytiladi. Bunday oynalar qurilishda, zamonaviy arxitektura, madaniy–maishiy muassasa va ishlab chiqarish korxonalarda keng qo‘llanadi. Qurilish shishasi quydagi turlarga bo‘linadi: 1.Listli( varaqli) shisha-deraza oynasi, yaxlit rangli shishasi, vitrina oynasi, naqshli shisha, silliqlangan shisha, prokat shisha va boshqalar; 2.Qurilish-arxitektura shishasi, shishapaketlar, yorug‘lik va issiqlik nurlarini saralab yutuvchi qurilish shishasi va boshqalar; 3.Ko‘pchitilgan shisha-issiqlik izolyasiyasini ta’minlovchi shisha, tovush yutuvchi izolyasion material, filtrlovchi g‘ovak shisha va boshqalar; 2..Ishlatiladigan hom ashyolar. Qurilish shishasi ishlab chiqarishda quyidagi hom ashyo materiallari qo‘llanadi: kvars qumi, soda, dala shpati, dolomit, ohak. Listli deraza oynasini kimyoviy tarkibi quyidagicha (%da) : SiO 2 –70-72, Al 2 O 3 –1,5-2, SaO–7,5-8, MgO–3-3,5, Na 2 O–15-15,5. Kvars qumi orqali SiO 2,, soda orqali Na 2 O, dala shpati orqali Al 2 O 3, dolomit orqali-SaO, MgO, ohak orqali SaO oksidlari kiritiladi.. 4– amaliy mashg‘ulot (2-soat) Shishani qayta ishlash va ishlab chiqarish; Respublikamizda listlangan deraza oynasi GOST-111 – 90 ga muvofiq ishlab chiqariladi. Listlangan deraza oynasi sifat ko‘rsatkichiga qarab GOST ga muvofiq 3 ta navga: 1chi, 2chi, 3chi navlarga ajratiladi. Oyna navi uning rangi, bukilganligi, pufakchalar saqlanganligi, svillar, mexanik nosozliklari va razmeriga qarab belgilanadi. Oynaning barcha navlari rangsiz bo‘lishi kerak; kuchsiz yashil va ko‘k rangli xillarga yo‘l quyiladi. Bu ranglar oynaning nur 171 o‘tkazishiga ta’sir etmasligi lozim, ya’ni shaffof (tiniqligi) 87% dan kam bo‘lmasligi kerak. Barcha navlarning bukilganligi uzunligi bo‘yicha 0,3% dan oshmasligi lozim. Oynaning barcha navlari suv va ishqorga chidamli bo‘lishi kerak. Hozirgi kunda listlangan deraza oynasi ishlab chiqarish mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan. Qurilish shishaning fizik-texnik ko‘rsatkichlari quydagicha: xajmiy og‘irligi 2450-2550 kg/m 3 , qattiqligi 5-7, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,6-1,15 kkal/msoat, siqilish va egilishga chidamligi 1000kg/sm 2 . Listlangan deraza oyna ishlab chiqarishning quyidagi usullari mavjud:«lodochka» orqali oyna lentasini vertikal holda tortib (cho‘zib) olish; oyna massasi yuzasidan oyna lentasini vertikal holda tortib (cho‘zib) olish; oyna lentasini gorizontal holda tortib (cho‘zib) olish. Oyna listlarini “ladochka” uslubi bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonida shishamassa tarkibi katta ahamiyatga ega. SHishamassasini kristallanish xossasi juda past bo‘lishi lozim. Etarli tezlikda qotish va yuqori kimyoviy bardoshlikka ega bo‘lishi kerak. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling