2 mundarija
– amaliy mashg‘ulot (4 soat)
Download 3.9 Mb. Pdf ko'rish
|
SHISHA VA KERAMIKA (2)
7– amaliy mashg‘ulot (4 soat)
Keramik buyumlar turlari ishlab chiqarish texnologiyasi; O’zbekistonda barpo etilgan keramika sanoatining yirik korxonalari qatoriga nomlari yuqorida qayd qilinganlardan tashqari Samarqand va Toshkent kulolchilik yodgorlik buyumlari, Andijon, Chimboy, G’ijduvon, Xiva va Termiz kulolchilik buyumlari zavodlari, Angren keramika kombinati, Toshkent qurilish materiallari kombinati kiradi. 2. Keramika va olovbardosh buyumlar ta’rifi. Keramika so’zi grekcha keramike - kulol san’ati ma’nosini anglatadi. U aslida yunoncha keramos - tuproq, sopol, kuydirilgan gil so’zidan kelib chiqqan. Keramika - maxsus tuproq yoki tuproq bilan turli minerallar aralashmasidan hosil qilingan aralashmani pishitib, undan tayyorlangan va keyin qattiq qizdirib hosil qilingan mahsulotdir. Olovbardosh buyum - keramika texnologiyasi bo’yicha ishlab chiqarilgan va olovbardoshligi 1580°C dan kam bo’lmagan keramika buyumi. 3. Keramika va olovbardosh buyumlar klassifikastiyasi. Keramika buyumlari tadbiq etilishi, xossalari, ishlatilayotgan xom-ashyo turi yoki pishgan mahsulotning fazaviy tarkibiga ko’ra klassifikastiyalanadi. Keramika buyumlari iste’mol (tatbiq) etish oblastiga ko’ra uch katta qismga bo’linadi: 1) qurilish va sanoat qurilishi materiallari; 2) texnika materiallari; 3) maishiy-xo’jalik materiallari. Qurilish va sanoat qurilish materiallari davrasiga qurilish keramikasi mahsulotlari va o’tga chidamli materiallar kiradi. Qurilish keramikasi devorbop, tomga va fasadga oid keramika, pol plitkasi, kanalizastiya uchun ishlatiladigan sopol quvurlar, kimyoviy chidamli keramika, filtrovchi kovak keramika, keramzit, agloporit va sanitariya qurilish sopol buyumlaridan tashkil topgan. Ularga quyidagicha talqin berish mumkin: - qurilish keramikasi mahsulotlari - mayda va yirik donali keramika massalari asosida olingan va qurilishda ishlatishga mo’ljallangan g’isht va cherepista kabi materiallar; - devorbop keramika buyumi - oddiy tuproqdan yasalgan, yuqori haroratda ishlov berish yo’li bilan olingan va devor yasash uchun xizmat qiladigan mahsulot; - tombop keramika buyumi - tuproq asosida yasalgan va temir tunka o’rnini bosuvchi qurilish keramikasi mahsuloti; - drenaj uchun ishlatiladigan keramika buyumi - keramika massalari asosida yuqori harorat berish yo’li bilan olingan va metall quvirlarning o’rnini bosuvchi mahsulot; - tashqi yuza keramikasi - tashqi pardozlash uchun ishlatiladigan yuzali tosh, g’isht va koshinlar; - ichki pardozlash keramikasi - ichki pardozlash uchun ishlatiladigan koshinlar, izrazsti va boshqa buyumlar; - effektiv g’ovak keramika - keramzit, agloporit, graviy kabi g’ovak keramika materiallari; 179 - sanitariya-texnika buyumi - keramika texnologiyasi asosida yasalgan vanna, rakovina, unitaz va boshqalar; - qurilishning qadimiy va oddiy materiali - tuproq asosida yasalgan va 950- 1000 °C li haroratda kuydirib olingan g’isht; - sun’iy qurilish keramikasi - Markaziy Osiyo va boshqa issiq iqlimli erlarda tuproq asosida yasalgan va kuydirish yo’li bilan olingan qurilish g’ishtisimon mahsulotlar. Texnikada qo’llanuvchi materiallar asosan texnika keramikasi gruppasiga mansub. Texnika keramikasi 6 tur mahsulotlarni o’z ichiga oladi: yuqori o’tga chidamli oksidlar keramikasi, elektroizolyastiyaga moyil silikatli va alyumosilikatli keramika, yuqori dielektrik o’tkazuvchanligiga ega bo’lgan keramika, magnit xossalariga ega bo’lgan keramika, baland haroratda eriydigan kislorodsiz birikmalar asosidagi keramika va kermatlar. Maishiy xo’jalik buyumlari asosan nafis keramika gruppasidan tashkil topgan. Nafis keramika buyumlari 2 turga - chinni va sopol buyumlariga bo’linadi. Keramika mahsulotlari tayyorlov usuli, ishlov berish xili, strukturasi, qattiq mayda zarrachalarining bir-biriga yopishib qolishi, sirlanganligi, yuzasining ko’rinishi, shakli va o’lchami, o’tga va kislotaga chidamliligi asosida ham qism, gruppa va turlarga bo’linadi. Tayyorlov usuliga ko’ra, masalan barcha o’tga chidamli buyumlar shliker yoki eritmadan quyilgan, plastik shakllangan, yarim quruq presslangan, plastik bo’lmagan kukunsimon massadan zichlashtirilgan, tog’ jinsi va quyma bloklardan arralangan buyumlarga ajraladi. Termik ishlov berish xiliga qarab esa ushbu mahsulotlar kuydirilmagan (monolit tosh), kuydirilgan (shamot g’ishti) va eritib qo’yilgan (quyma kvarst ) mahsulotlarga bo’linadi. Keramika mahsulotlari quyma badiiy bezaklangan, naqshlangan, silliqlangan, emal bo’yoqlar bilan badiiy bezaklangan buyumlardan tashkil topgan bo’lishi mumkin. Sindirib ko’rilgan yuzaning xarakteri (strukturasi) bo’yicha barcha buyumlar ikkiga - mayda tolali tuzilishga ega bo’lgan va yirik tolali tuzilishga ega bo’lgan buyumlarga ajraladi. Keramika buyumlari shuningdek sirlangan va sirlanmagan bo’lishlari mumkin. Tashqi muhit ta’siridan saqlash va dekorativ tus berish uchun buyumlar (masalan, sopol va chinni, ichki va tashqi pardozlash plitkalari, yuzali g’isht va kanalizastiya quvurlari) sir bilan qoplanadi. Keramika buyumlari o’tga chidamlilik nuqtai nazaridan ikki katta gruppaga ajraladi: 1. Oddiy keramika buyumi va materiallari - qurilish g’ishti, sopol, chinni, koshin, quvur va boshqalar. Ularning shakli 1580°C li haroratda o’zgaradi. Odatda qurilish g’ishti 1250°C dan yuqori haroratda, sopol va chinni esa 1400-1500°C dan yuqori haroratda eriydi. 2. Olovbardosh keramika buyumi va materiallari - shamot, dinas g’ishti va boshqalar. Ular 1580°C li haroratda ham o’z shaklini o’zgartirmaydi. Keramika buyumlari xom-ashyo va kuydirish temperaturasiga ko’ra 2 klassga ajraladi: 5. Suv yutuvchanligi 15% gacha bo’lgan va qisman pishgan serkovak buyumlar klassi - devorbop, tombop va pardozlash materiallari; 6. Suv yutuvchanligi 0,5% dan yuqori bo’lmagan va batamom pishgan zich zarrachali buyumlar klassi - chinni, texnika keramikasi va boshqalar. 180 Olovbardosh materiallar klassifikastiyasiga kelsak, ular kimyo-mineralogik tarkibga ko’ra quyidagicha turlanadi: 6. Kremnezemli buyumlar - dinasli olovbardosh buyumlar va kvarst shishasi asosida olingan buyumlar; 7. Alyumosilikatli buyumlar - yarim nordon g’isht, shamot g’ishti va yuqori glinazyomli buyumlar; 3. Magnezialli buyumlar - magnezialli o’tga chidamli buyumlar va magnezialli-ohakli (dolomitli) buyumlar; 27. Magnezial - shpinelli buyumlar - magnezit-xromitli o’tga chidamli buyumlar, shpinelli buyumlar va boshqalar; 28. Magnezial-silikatli buyumlar - forsteritli o’tga chidamli buyumlar va boshqalar; 29. Uglerodli buyumlar; 30. Karbid kremniyli buyumlar; 31. Цirkonli buyumlar - baddelitli va stirkonli olovbardosh buyumlar; 32. Oksidli buyumlar - berilliyli, magniyli, kalstiyli va boshqa oksidli olovbardosh buyumlar; 10. Kislorodsiz buyumlar - nitridli, boridli va boshqa olovbardosh buyumlar. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling