2 mundarija


– amaliy mashg‘ulot ( 4 soat)


Download 3.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/83
Sana11.10.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1698470
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   83
Bog'liq
SHISHA VA KERAMIKA (2)

 
3– amaliy mashg‘ulot ( 4 soat) 
Qurilish keramik buyumlar turlari va ishlab chiqarish texnologiyasi
 
 Keramika buyumlari tadbiq etilishi, xossalari, ishlatilayotgan xom-ashyo turi 
yoki pishgan mahsulotning fazaviy tarkibiga ko’ra klassifikastiyalanadi. 
Keramika buyumlari iste’mol (tatbiq) etish oblastiga ko’ra uch katta qismga 
bo’linadi:
1) qurilish va sanoat qurilishi materiallari;
2) texnika materiallari;
3) maishiy-xo’jalik materiallari. 
Qurilish va sanoat qurilish materiallari davrasiga qurilish keramikasi 
mahsulotlari va o’tga chidamli materiallar kiradi. Qurilish keramikasi devorbop, 
tomga va fasadga oid keramika, pol plitkasi, kanalizastiya uchun ishlatiladigan 
sopol quvurlar, kimyoviy chidamli keramika, filtrovchi kovak keramika, keramzit, 
agloporit va sanitariya qurilish sopol buyumlaridan tashkil topgan. Ularga 
quyidagicha talqin berish mumkin: 
- qurilish keramikasi mahsulotlari - mayda va yirik donali keramika 
massalari asosida olingan va qurilishda ishlatishga mo’ljallangan g’isht va 
cherepista kabi materiallar; 
- devorbop keramika buyumi - oddiy tuproqdan yasalgan, yuqori haroratda 
ishlov berish yo’li bilan olingan va devor yasash uchun xizmat qiladigan mahsulot; 
- tombop keramika buyumi - tuproq asosida yasalgan va temir tunka 
o’rnini bosuvchi qurilish keramikasi mahsuloti; 
- drenaj uchun ishlatiladigan keramika buyumi - keramika massalari 
asosida yuqori harorat berish yo’li bilan olingan va metall quvirlarning o’rnini 
bosuvchi mahsulot; 
- tashqi yuza keramikasi - tashqi pardozlash uchun ishlatiladigan yuzali 
tosh, g’isht va koshinlar; 
- ichki pardozlash keramikasi - ichki pardozlash uchun ishlatiladigan 
koshinlar, izrazsti va boshqa buyumlar; 
- effektiv g’ovak keramika - keramzit, agloporit, graviy kabi g’ovak 
keramika materiallari; 
- sanitariya-texnika buyumi - keramika texnologiyasi asosida yasalgan 
vanna, rakovina, unitaz va boshqalar
- qurilishning qadimiy va oddiy materiali - tuproq asosida yasalgan va 950-
1000 °C li haroratda kuydirib olingan g’isht; 
- sun’iy qurilish keramikasi - Markaziy Osiyo va boshqa issiq iqlimli erlarda 
tuproq asosida yasalgan va kuydirish yo’li bilan olingan qurilish g’ishtisimon 
mahsulotlar. 

Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling