2 mundarija
Download 3.9 Mb. Pdf ko'rish
|
SHISHA VA KERAMIKA (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2..Ishlatiladigan hom ashyolar.
6 – amaliy mashg‘ulot (2-soat) Qurilish shishasini ishlab chiqarish va hossalari Qurilish listli shishasi deb, tarkibida Al 2 O 3, SiO 2, SaO, MgO, Na 2 O, kabi oksidlar kirgan va yuqori xaroratda olingan eritmani qalinligi 2 dan 6 mm gacha bo‘lgan shaffof oyna listlariga aytiladi. Bunday oynalar qurilishda, zamonaviy arxitektura, madaniy–maishiy muassasa va ishlab chiqarish korxonalarda keng qo‘llanadi. Qurilish shishasi quydagi turlarga bo‘linadi: 1.Listli( varaqli) shisha-deraza oynasi, yaxlit rangli shishasi, vitrina oynasi, naqshli shisha, silliqlangan shisha, prokat shisha va boshqalar; 2.Qurilish-arxitektura shishasi, shishapaketlar, yorug‘lik va issiqlik nurlarini saralab yutuvchi qurilish shishasi va boshqalar; 3.Ko‘pchitilgan shisha-issiqlik izolyasiyasini ta’minlovchi shisha, tovush yutuvchi izolyasion material, filtrlovchi g‘ovak shisha va boshqalar; 4.SHisha trubalar-devorning qalinligi 1-2mm , diametri 0,1-40 mm bo‘lgan yupqa tanali trubalar, devorning qalinligi 2,5-4 mm, diametri 12-40 mm bo‘lgan qalin tanali trubalar va boshqalar. Qalinligi buyicha 5 xil ko‘rinishi mavjud: 2, 3, 4, 5 va 6 mm li. Eng ko‘p tarqalgani 2 mm li oyna bo‘lib, uning ishlab chiqarish miqdori (umumiy mikdoriga nisbatan) 70% ni tashkil etadi. Bunday shishalarni eni 500 dan 925 mm gacha, uzunligi esa 950 dan 1600 gacha bo‘ladi. Listli deraza oynalarni o‘lchamlari 1-jadvalda keltirilgan. 192 2..Ishlatiladigan hom ashyolar. Qurilish shishasi ishlab chiqarishda quyidagi hom ashyo materiallari qo‘llanadi: kvars qumi, soda, dala shpati, dolomit, ohak. Listli deraza oynasini kimyoviy tarkibi quyidagicha (%da) : SiO 2 –70-72, Al 2 O 3 –1,5-2, SaO–7,5-8, MgO–3-3,5, Na 2 O–15-15,5. Kvars qumi orqali SiO 2,, soda orqali Na 2 O, dala shpati orqali Al 2 O 3, dolomit orqali-SaO, MgO, ohak orqali SaO oksidlari kiritiladi.. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling