2 mundarija
– amaliy mashg‘ulot (4 soat)
Download 3.9 Mb. Pdf ko'rish
|
SHISHA VA KERAMIKA (2)
9 – amaliy mashg‘ulot (4 soat) Yupqa keramika asosida maishiy va sanitar-texnik buyumlar ishlab chiqarish; Tayanch iboralari: giltuproq, alyumosilikatlar, pishirish, mikrokompozit, makrokompozit, mustahkamlik, suvga chidamlilik, sovuqqa bardoshlilik, modifikatorlar, devorbop keramika, bezak keramikasi, terrakota, texnologik prinsiplar. Mineral xom ashѐga texnologik ishlov berib, yuqori haroratda kuydirish natijasida olingan materiallar va buyumlarga keramik materiallar deyiladi. ―Keramika‖ so‘zi lotincha ―Keramos‖ so‘zidan olingan bo‘lib, glina (gil) ma’nosini bildiradi. Insoniyat tarixida gil asosidagi xom loydan tayѐrlangan devorbop materiallar va buyumlar, somonli suvoqlar qurilishda eramizdan avvalgi 8000 yillikda ishlatilgan. Ikki ming yil avval xom loy asosida Buyuk Xitoy Devorining katta qismi barpo etilgan. Misrda, Vavilonda, Eronda, Hindistonda, Lotin Amerikasida xom loydan bino va inshootlar qurilganiga ko‘plab tarixiy obidalar guvoxlik berib turibdi: Saxroi Kabir piramidalari, Erondagi Tezifon Arkasi, Perudagi CHon–chon binosi, YAmandagi ko‘p qavatli uylar va boshqalar. Xom loy asosida XVII-XIX asrlarda Buyukbritaniyada, Germaniyada, Italiyada, Ispaniyada va Skandinaviya mamlakatlarida bino va inshootlar barpo etilgan. 195 Markaziy Osiѐda xom loy (paxsa) asosida qadimgi Xiva, Buxoro, Termiz va boshqa shaharlar qal’a devorlari barpo etilgan. Qadimgi Termizda Budda ehrom va sajdagohlari, shoh saroylari paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan bo‘lib, xarobalari xozirgi kungacha saqlangan. Paxsa va xom g‘ishtli binolar. 1 va 2 – eski Termiz sh.; 3 – Xiva sh., Ichan-Qal’a devori; 4 – Buhoro sh., Arki devori; 5 – paxsa devor, Tunis; 6 – paxsa devorli qal’a, Turkmaniston. Sopol buyumlar tarkibi qotib qolgan eritmaning uzluksiz fazasi va erimagan gilsimon, changsimon va qumli fraksiyalar hamda havo to‘lgan g‘ovak va bo‘shliqlardan iborat bo‘lganligi uchun ularni kompozitsiyali (murakkab) materiallar turkumiga kiritish mumkin. Ma’lumki, sopol buyumlarni pishirish jarayonida oson eruvchi minerallar erib, qiyin eriydiganlari o‘zaro bog‘lanib, yoriq va g‘ovaklarni to‘ldiradi. Natijada butun hajmi bo‘yicha uzluksiz qotgan eritma ya’ni, matritsa hosil bo‘ladi. Soviganda esa kristall holatga aylangan mikrotuzilishga ega bo‘lgan matritsa shishasimon ko‘rinishga o‘tib, sopolning mustahkamligini ta’minlaydi. GOST talablariga ko‘ra keramik buyumlarning haqiqiy zichligi 2,5...2,7 g/sm3, o‘rtacha zichligi 2000...2300 kg/m3, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 0,5 dan 1000 MPa gacha bo‘ladi. Issiq o‘tkazuvchanlik koeffitsienti absolyut zich sopolniki 1,16 Vt/(m K), g‘ovak sopolniki 0,07...1,0 Vt/(m K), issiqlik 196 sig‘imi 0,75...0,92 kDj/(kg K), issiqdan chiziqli kengayish koeffitsienti 0,00014. Keramik buyumlarning suv shimuvchanligi uning g‘ovakligiga qarab 0 dan 70 % gacha bo‘ladi. Sovuqqa chidamliligi bo‘yicha quyidagi markalari mavjud: F15; F25; F35; F75 va F100. Bino va inshootlar qurilishi uchun ishlatiladigan sopol materiallar va buyumlarning turlari xilma-xil bo‘lib, ularning sifat va boshqa ko‘rsatkichlari qo‘llanilish sohasini belgilaydi (O‘zRST 552-2007). Devorbop sopol buyumlar ichida hozirgi kunda eng ko‘p ishlatiladigani oddiy sopol g‘isht, turli xil samarali sopol materiallar (kovakli sopol g‘isht va toshlar, blok va plitalar), shuningdek, yirik o‘lchamli bloklar, g‘isht va sopol asosidagi panellardir. Sopol g‘isht va toshlar oson eruvchan gillar va qo‘shilmalar qo‘shilgan gillar asosida tayyorlanadi. Ular asosan bino va inshootlarning tashqi va ichki devorlarini tiklashda hamda devor paneli va bloklarini tayyorlashda qo‘llaniladi. Sopol g‘isht va toshlar o‘lchamlariga qarab O‘zRST 530-95 bo‘yicha quyidagi xillarga bo‘linadi: oddiy g‘isht 250x120x65 mm; modulli g‘isht 250x120x88 mm; qalinlashtirilgan g‘isht 250x138x65 mm; oddiy sopol tosh 250x120x138 mm; yirik sopol tosh 250x138x138 mm ; modulli sopol tosh 250x250x138 mm va kovaklari gorizontal joylashgan sopol toshlar 250x250x120 va 250x250x80 mm. G‘ishtlarning o‘lchamlardan chetga chiqishi uzunligi bo‘yicha ±5, eni bo‘yicha 4, qalinligi bo‘yicha esa 3 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Ichki devorlarga qoplanadigan plitkalar turli shaklda chiqariladi. Kvadrat plitkalarning o‘lchami 150x150 mm, to‘g‘ri to‘tburchakli plitkalarniki 150x100 va 150x75 mm, qalinligi 4...6 mm ga teng bo‘ladi. Gilam nusxa - mozaika quyma plitkalarning 20 turdagi o‘lchamlari ishlab chiqariladi: chetlari 25, 35, 50, 75, 100 va 125 mm bo‘lgan kvadrat va 25x100 mm to‘g‘ri to‘rt burchakli plitkalar va h. k. Qalinligi 2,5 mm va o‘ng yuzasi turli rangli bo‘ladi Plitkalardan tayyorlangan qurama gilamlar panellar yuzalarini oplash va ko‘rinish joylarni pardozlash uchun qo‘llaniladi. Polbop sopol plitkalar gil massasidan qo‘shilmalar va bo‘yovchi aralashmalar yoki ularsiz zichlash va keyinchalik qovushgunga qadar pishirish yo‘li bilan tayyorlanadi. Natijada ularning suv shimuvchanligi 4 % gacha bo‘ladi. Sopol plitkalardan yasalgan pollar suv o‘tkazmaydi, ishqalanishga chidamli, kislota va ishqor ta’siriga turg‘un bo‘ladi. Sopol plitkalardan yasalgan pollarning kamchiligi: issiqni o‘ziga ko‘p yutadi, zarbga qarshiligi past 197 va ancha sermehnatlidir. Sopol plitkalar jamoat binolarining kirish zallarida, korxonalarning ishlab chiqarish xonalarida va boshqa joylarda ishlatiladi. Keyingi yillarda silliq sayqallab tayyorlanadigan “keramogranit” plitkalardan keng ko‘lamda foydalanilmoqda. Ushbu material kislota va ishqorlar ta’sriga chidamliligi, siqilishdagi yuqori mustahkamligi, edirilishga chidamliligi, sovuqbardoshligi, qattiqligi (Moos shkalasi bo‘yicha 7...8) va boshqa tavsiflari bilan farqlanadi. Keramogranit qoplama plitkalar Keramogranit plitkalari bilan pardozlangan ichki xonalarning dizayni juda nafis ko‘rinishga ega bo‘ladi. Keramogranit bilan pardozlangan zalning intereri Maxsus keramik materiallari va buyumlar Bunday sopol materiallari va buyumlarga cherepitsalar, oqava va drenaj 198 quvurlari, kislotalarga chidamli buyumlar, sanitariya-texnika buyumlari va sh. k. kiradi. CHerepitsa (TSh 7-192:2003) tomga yopiladigan material bo‘lib, oson suyuqlanadigan gillardan xom materialni qoliplash, quritish va pishirish yo‘li bilan tayyorlanadi. Hozirgi vaqtda sopol korxonalari cherepitsalarining bir necha turini: o‘yiqli qoliplangan, o‘yiqli tasmasimon, tasmasimon yassi va konkisimon turlarini ishlab chiqarmoqda. CHerepitsa tomga biri ikkinchisining ustiga chokli bostirib qo‘yilgani uchun foydali yuzasi 50...85 % ni tashkil etadi. CHerepitsaning suv shimgandagi massasi 50...60 kg/m2 atrofida bo‘ladi. Sovuqqa chidamliligi esa 25 davrdan kam bo‘lmasligi kerak. CHerepitsa tomga yopiladigan mustahkam, chidamli va olov bardoshli material bo‘lib, 300 yilgacha xizmat qiladi. Undan yopilgan tom tez-tez ta’mir talab qilinmaydi. CHerepitsa hozir qurilishning barcha sohalarida ishlatilmoqda. Sanitariya-texnika buyumlari (O‘zRST 831-97) umivalnik, unitaz, vanna, yuvish bachoklari va sh. k. lar oq gildan, fayans yoki yarim chinni massalardan tayyorlanadi. Xom ashyo massalar tarkibiga kaolin, oq gil, dala shpati, kvars qumi kukuni, kuydirilgan gil, erigan shisha kabilar kiradi. Buyumlar gips qoliplarda quyish usulida qoliplanadi. Qolipdan chiqarilgach ular quritiladi, oq va rangli yaltiroq sir bilan qoplanadi, so‘ngra pishiriladi. Sanitariya – texnika buyumlari manzaralik, silliq yuzali, oson tozlanish va uzoq vaqt davomida o‘z xossalarini saqlab qolish xususiyatiga egaligi bilan farqlanadi. Ushbu buyumlarning asosiy kamchiligi ularning mo‘rtligidir. SHunga qaramay, sopoldan tayyorlangan sanitariya – texnika buyumlari xozirgi kundagi eng yaxshi va zamonaviy buyumlar bo‘lib qolmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling