2 mundarija


Referat, kurs ish(loyixa)larini bajarish


Download 3.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/83
Sana11.10.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1698470
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83
Bog'liq
SHISHA VA KERAMIKA (2)

 
Referat, kurs ish(loyixa)larini bajarish - bu talabalar mustaqil ishlarining 
samarali shakllaridan biridir. Mazkur shakl talaba tomonidan izox xati mavzulari 
bo’yicha unda yoritiladigan masalalar mazmunini oldindan rejalashtirish, izox 
xatini tayyorlash va kurs ishi(loyixasi)ni bajarishning barcha bosqichlarida kafedra 
professor-o’qituvchilarining tashkiliy-uslubiy yordami va maslaxati asosidagina 
samarali amalga oshishi mumkin. Bu yerda o’qituvchi tomonidan talabalarning 
kurs(loyixa) ishlariga raxbarlik qilish qanchalik batafsil va malakali amalga 
oshirilganligi va ularga talablar mezoni qanchalik to’g’ri qo’yilganligi albatta, xal 
qiluvchi axamiyatga ega. Тopshiriq talabalarning referat yozish ko’nikmalarini, 
ilmiy qiziqishlari va bilim darajasini xisobga olgan xolda berilishi juda muxim.
 
Ko’rgazmali vositalar tayyorlash. Тalabaga muayyan mavzuni bayon qilish 
va yaxshiroq o’zlashtirish uchun yordam beradigan ko’rgazmali materiallar 
tayyorlash vazifasi topshiriladi. Mavzu o’qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga 
ma’lum ko’rsatmalar, yo’l-yo’riqlar beriladi. Ko’rgazmali vositalarning miqdori, 
shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir 
mavzu bo’yicha bir necha talabaga yoki talabalar guruxiga topshirish xam 
mumkin. 
 
Mavzu bo’yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash.
Тalabaga mustaqil ish sifatida muayyan mavzu bo’yicha testlar, qiyinchilik 
darajasi xar xil bo’lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo’ladigan 
savollar tuzish vazifasi topshiriladi.
Bunda o’qituvchi tomonidan talabaga testga qo’yiladigan talablar va uni 
tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad ko’zda tutilayotganligi, muammoli savollar 
tuzishda mavzuning munozarali jixatlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni 
tuzish usullari bo’yicha yo’l-yo’riq beriladi. 

Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling