2. Nerv tolalarining tuzilishi va xususiyatlari


Download 23.5 Kb.
bet1/2
Sana02.04.2023
Hajmi23.5 Kb.
#1321086
  1   2
Bog'liq
Isroilov Ferruz


2.Nerv tolalarining tuzilishi va xususiyatlari.Parda bilan qoplangan nerv hujayralari o'simtasi nerv tolasi deyiladi. Neyron o'simtasining markaziy qismi o'q silindr deyiladi. Nerv tolalari miyelinli va miyelinsiz bo'ladi. Miyelinsiz nerv tolalari faqat Shvann qavat bilan qoplangan.Nerv tolasining asosiy xususiyati o'sha qo'zg'aluvchanlik va labillilik, moddalar almashinuvining sekin borishi, nisbatan charchamaslik hisoblanadi.Labillik (1892 yil N. YE. Vvedenskiy kiritgan) deganda to'qima necha marta ta'sirlanishiga qo'zg'alish miqdorining shuncha marta bo'lishi muayyan chegaragacha davom etishini tushunamiz. Masalan, muskul to'qimasi 200, nerv to'qimasi labilligi 500 ga teng (1 sekundda). Ba'zi nerv tolalari 10 tagacha impuls o'tkazishi mumkin. Ayniqsa qalin miyelin qobiq bilan o'ralgan nerv tolalari o'ta labildir.Nerv tolalari qo'zg'alganda ancha kam energiya ajraladi. Ingichka nerv tolalari tezroq charchaydi. Nerv tolasi charchaganda biotoklar kuchi o'zgaradi. Qo'zg'alish impulsining tarqalishi 2-3 marta susayadi. Nerv tolasi ma'lum vaqt oralig'ida kelgan impulslarga nisbatan kamroq impulslar o'tkazib, toliqishning oldini oladi. Nerv tolasi funksiyasiga ko’ra markazdan qochuvchi, markazga intiluvchi va aralash nerv tolalari mamjud. Markazga intiluvchi nervlar qo’zg’alishni retsiptorlardan markaziy nerv sistemasiga o’tkazadi va ular sezuvchi , yani markazga intiluvchi nervlar deyiladi.Markazda qochuvchi nerv tolalari bo’lib impul’s markaziy nerv sistemasidan periferiyaga, ishchi organlarga – effektorlarga keladi. Bu tolalar yani harakat tolalari ham deyiladi. Aralash nervlarda tolalarning ikkala turi ham bo’ladi.Nerv tolasi qattiq sovutilsa yoki o'tkir zaharlansa, nerv impulsini o'tkazmaydi.Aksonlar oxirgi uchi tarmoqlanib, boshqa neyron tanasi va dendritlariga ulanadi, bunday ulanish joylari sinaps deb yuritiladi.Sinaps–ikkita bir-biri bilan tutushgan joyiga aytiladi. Sinaps (yunoncha sinapsis ulanish, tutashish,) neyronning Bitta neyron tanasida sinapslarning soni 100 tadan (1200-1700) va undan ortiq bo`ladi.Nerv tolasi qancha yo'g'on bo'lsa, qo'zg'alish shuncha tez o'tadi. Nerv tolalari qo’zg’alishiga ko’ra A, V, S guruhlarga bo'linadi.A guruh-miyelin qavati qalin, diametri 12-22 mkm bo’lib, ta'sirot bir sekunda 70-120 m|sek tezlikda o'tadi. Bu guruh nerv tolalari o’ta elektrik aktivlikka ega.V guruh-vegetativ nerv sistemasining miyelinlashgan tolalari kiradi, diametri 1-3 mkm, tezlik 3-14 m|sek.S guruh-tolalar yumshoq qavatsiz bo’lib, diametri juda kichik bularga: asosan simpatik nerv tolalari kiradi.

Download 23.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling