2. Nima uchun iitisodiy tebranishlar takrorlanib turadi?


Download 24.22 Kb.
Sana19.03.2023
Hajmi24.22 Kb.
#1284467
Bog'liq
2 makro topshiriq (4)


2-topshiriq!
1. Iqtisodiy tebranishlarning sabablarini qanday izohlaysiz?
2. Nima uchun iitisodiy tebranishlar takrorlanib turadi?
3. Potentsial YaIM ko’rsatkichini izohlab bering.
4. Ishsizlikning tabiiy darajasini nima aniqlaydi?
5. Friksion va tarkibiy ishsizliklarning farqini tushuntirib bering.
6. Real ish haqi mehnat taklifi va mehnat talabini muvozanatlashtiradigan
darajadan yuqorida bo`lishi mumkin bo`lgan holatga uchta misol keltiring.
7. Ko`plab ishsizliklar uzoq muddatlimi yoki qisqa muddatlimi? Javobingizni
izohlang.
8. 1970-1980-yillardagi ishsizlikning yuqori tabiiy darajasini iqtisodchilar
qanday izohlaydilar?
9. 1990-2000-yillardagi tabiiy darajaning tushishini qanday izohlashadi?
10. Ishsizlikning iqtisodiyotga ta’siri haqida shaxsiy fikringizni bildiring.

Masalalalar


1.Aholi soni 300 mln kishi. Ish bilan bandlar soni 122 mln. kishi, mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni 170 mln. kishi, friktsion ishsizlar 6 mln. kishi, tarkibiy
ishsizlar 2 mln. kishi, davriy ishsizlar esa 5 mln. kishini tashkil etgan.
Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan 4 %ga yuqori. Potentsial
YaIM 2500 shartli birlikka teng. YaIMning tsiklik ishsizlik dinamikasiga
ta’sirchanlik koeffitsenti 2,4.
Topilsin:
A) ishsizlikning haqiqiy darajasi;
B) haqiqiy YaIM hajmi.
2. Iqtisodiyot quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalangan: aholining umumiy soni 750
kishi, mehnatga layoqatli bo’lmagan yoshdagi aholi soni 140, ishsizlar soni 20, ish
bilan band aholi soni 380 bo’lsa ishsizlar sonini toping.
3.Joriy yilda ishsizlik darajasi 5,5 foizni tashkil etdi, ishsizlikning tabiiy
darajasi 5 foizga teng. YaIMning tsiklik ishsizlik darajasiga ta’sirchanlik
koeffitsiyenti 3 bo‘lsa, potentsial YaIM 60 trln.so‘m bo‘lganda real YaIMni
hisoblang.
4.Aholi soni 27 mln. kishi, 14 mln. kishi-16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va
maxsus davlat muassasalarida bo‘lgan shaxslar; 1 mln. kishi-ishchi kuchi
tarkibidan chiqib ketdi. 2 mln. 400 ming kishi ishsizlar; 0.1 mln. kishi to‘liqsiz ish
kuni bandlar va ish qidirayotgan. Ushbu ma’lumotlar asosida ishchi kuchi
sonini va ishsizlik darajasini aniqlang.
5.Aholi soni 200 mln kishi. Ish bilan bandlar soni 112 mln. kishi, mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni 160 mln. kishi, friksion ishsizlar 6 mln. kishi, tarkibiy ishsizlar 2 mln. kishi, davriy ishsizlar esa 5 mln. kishini tashkil etgan. Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan 4 %ga yuqori. Potensial YaIM 2500 shartli birlikka teng. YaIMning siklik ishsizlik dinamikasiga ta’sirchanlik koeffitsenti 2,5.
Topilsin:
A) ishsizlikning haqiqiy darajasi;
B) haqiqiy YaIM hajmi.
Download 24.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling