2. Obekt va oydning asosiy tushunchalari


Download 101.45 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi101.45 Kb.
#1532642
  1   2   3   4   5
Bog'liq
overflow


Fload, interactions, overflows asosiy vazifalari


Reja:
1. Yii2 da backend dasturlash

2. Obekt va OYDning asosiy tushunchalari.


3. Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyalarining xususiyatlari
4. Xulosa

Yii2 - kengayuvchan va barqaror web ilovalar qurishda ishlatiladigan PHP freymwork hisoblanib so'nggi yillarda bu freymworkda ishlovchi dasturchilarga bo'lgan talab oshib bormoqda.


Bekend - biror bir veb yoki mobil ilovaning server tarafi - barcha ma’lumotlar qayta ishlanadigan va biznes jarayonlar ishlaydigan qismi hisoblanadi. Bekend dasturchi esa vebsayt, internet servislar yoki mobil ilovalarning bekend qismini quradi, dasturlaydi.
Bu turdagi dasturchi vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • veb-sayt yoki ilovaning boshqaruv panelini yaratish;

  • ma’lumotlarni kiritish/chiqarish/qayta ishlash uchun tizim boshqaruvchilariga qulay formalar qurish;

  • boshqa internet servislar bilan integratsiya qilish;

  • mobil ilovalar, kliyent ilovalar integratsiya qilish uchun API qismlarni dasturlash;

  • umumiy tizim uchun zarur bo'lgan arxitektura, biznes logikalarni dasturlash.

Bekend dasturchilar yaratilayotgan loyiha ko'lami va qo'llaniladigan texnologik steklardan kelib chiqib Python, Java, PHP, NodeJS, Ruby kabi dasturlash (yoki skriptlash) tillaridan foydalanadi. Ushbu kursimizda biz ulardan biri - yurtimizda eng keng tarqalgani hamda talab yuqori bo'lgan PHP veb dasturlash tilining Yii2 freymvorkida veb/mobil ilovalarning bekend qismini yaratishni o'rganamiz

Obekt – Obektga yo'naltirilgan dasturlash(OYD) dasturlash texnologiyasining eng asosiy kalit tushunchasidir. Atrofga qarang, haqiqiy hayotdagi bir necha obektlarni ko'rishingiz mumkin: stol, uy, qalam , motosikil , televizor va h.k.

Ularning barchasining albatta xususiyatlari va bajaradigan vazifalari (funksiyalari) bor. Masalan, Mushuk hususiyatlari: rangi, qorni to'qligi, yoshi, jinsi; funksiyalari: ovqat yeyishi, miyovlashi, yurishi, sichqon tutishi. Mashina xususiyatlari: tezligi, rangi, nomi, narxi; funksiyalari: yurishi, to'xtashi, oyna artgichlarining ishlashi, eshiklarning ochilib yopilishi va h.k. Bu kabi hayotiy misollarning hususiyatlari va funksiyalarini aniqlash OYD nuqtai nazaridan fikrlashning eng zo'r ko'rinishidir.
Bir daqiqaga to'xtang va hozirda atrofingizdagi biror narsalarni tahlil qiling. Har bir obekt uchun o'zingizdan so'rang: "Bu obektning qanday hususiyatlari bor?", "Qanday vazifalarni bajaradi?" kabi. Va kuzatish natijalaringizni yozib oling, sezgan bo'lsangiz tuziladigan ro'yxat obektning murakkabligiga qarab ko'payib boradi. Kompyuter indikatorining 2 ta xususiyati bor o'chiq va yoniq; funksiyalari esa yonish va o'chish. Bu barcha kuzatishlar OYD dunyosiga o'tkazish mumkin.


Download 101.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling