2. odob o’zi nima degani? Qiziq ma’lumotlar
Download 32.68 Kb.
|
Odob insonga-ziynat
Odob insonga- ziynat REJA : 1.MAQOLLAR 2.ODOB O’ZI NIMA DEGANI? 3.QIZIQ MA’LUMOTLAR. Bola — aziz, odobi undan aziz. Kattada izzat yo'q, Kichikda xizmat yo'q. Katta izzatda — Kichik xizmatda. Yaxshi bola – suyuk, Yomon bola – kuyuk. Kattani katta desang, o'zidan ketar, Kichikni katta desang, kattaga yetar. Kattaning uyalgisi kelsa, kichikka tegar. Kattaning hurmati — qarz, Kichikka salom — farz. Chakki yursang, dakki yersan. Ko'p o'ynagan bola, El ko'zida ola. Odob bozorda sotilmas. Odob — Irishining zeb-u ziynati. Yaxshi bola – otaga quvvat, Yomon bola – uqubat. Odob — oltindan qimmat. Usta bo’lsang, ustozingni unutma. Odob — peshada, Gunoh — teshada. Odobli bola elga manzur. Odobli kelinning supurgisi xashak ostida turar. Odobli o'g'il — ko'kdagi yulduz, Odobli qiz — yoqadagi qunduz. Odoblilik belgisi — Eshilib salom bergani. Yaqinlikning belgisi — Kelib-ketib turgani. Odobni beodobdan o'rgan. Odobning — boshi til. Odobsiz betga chopar. Oltin olmay, odob ol, Odob oltin emasmi. Onangga boshingni xam qil, Otangga gapingni kam qil. Osh kelsa, yegin, So'z kelsa, degin. Ota oldida kek urma, Odobingga chek urma. Usta borida qo'lingni tiy, Ustod borida — tllingni. Usta bo'lsang, ustozingni unutma. Hay-hay sening yurishing, Bordir sening bir ishing. Shamolimni so'kma, Tuzimni yerga to'kma. Shapaloq bilan yuz qizarar. Eshik ochiq bo'lsa ham, so'rab kir. Yaxshi bola yog' keltirar. Yomon bola dog' keltirar. Yaxshi bola nom keltirar, Yomon bola g'am keltirar. Yaxshi bola — otaga quvvat, Yomon bola — uqubat 2 Odob (arabcha — „adab“ soʻzining koʻpligi) — jamiyatda eʼtirof etilgan xulq normasi. Shaxs maʼnaviy hayotining tashqi jihatini ifodalaydi va oʻzgalar bilan munosabat (oila, mehnat jamoasi, turli marosimlar)da namoyon boʻladi. Odob negizida axloqning baʼzi tamoyil va meʼyorlari, shuningdek, maqsadga muvofikdik va goʻzallik (estetika) talablari yotadi. Odob kishining ko’pchilik orasida oʻzini qanday tutishi, odamlar bilan qay yoʻsinda muomala qilishi, oʻz turmushi, boʻsh vaqtini qanday tashkil etishi, inson tashqi qiyofasi qanday boʻlishi lozimligiga tegishli qoidalar (mas, sharm-xayo, kamtarlik, xushmuomalalik, ozodalik singarilar)ni oʻz ichiga oladi. Insonning diniy eʼtiqodi uning odobli boʻlib kamol topishiga samarali taʼsir koʻrsatadi. Odob taʼlimtarbiya, amaliy tajriba jarayonida shakllanadi. 3 Odobli, bilimdon, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. Darhaqiqat, har bir farzand shaxsi oilada shakllanadi. Demak, oila-barkamol avlod poydevori hisoblanadi. Shunday ekan, oilada farzandlarni axloqiy-huquqiy jihatdan tarbiyalash, ayniqsa, adolat, burch, vatanparvarlikni shakllantirish, ona vatanni sevish hissini uyg‘otish o‘ta muhim hisoblanadi. Inson odobining eng muhim ko‘rinishlaridan biri bu ilmni hurmat qilishdir, ilmni hurmat qilgan kishi esa, albatta ustozini hurmat qiladi. Zero, ilmni va ilm ahlini hurmat qilish odobli kishilarning fazilatlaridandir. Shu bilan birga bir-biriga nisbatan yaxshi muomalada bo‘lmoq, har qanday holatda ham o‘zini tuta bilmoq, o‘zgalarni ham o‘zidek hurmat qilmoq inson odobining asoslari hisoblanadi.. Bu borada yurtimizdagi barcha tashkilotlarda ko’plab tadbirlar,uchrashuvlar amalga oshirilmoqda. Hech qachon bolalarni tarbiyalashda yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklardan ko‘z yummasligimiz kerak. Hozirgi turmushimizda ba’zi bir odobsiz, bilimsiz, aqlsiz, giyohvand, ota-onasiga qo‘l ko‘taradigan va o‘z bolalarining baxtsiz yashashiga sababchi bo‘layotgan kishilar uchraydi. Bundaylarning paydo bo‘lishiga asosiy sababchi ota-onalari-ku? Bolasining insoniy xatti harakatlariga ularning tarbiyaga loqaydliklari sabab bo‘lgan. Oilada farzandlarni o‘z burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash mas’uliyat, onglilik, vijdon kabi fazilatlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunda ota-onaning o‘zaro samimiy munosabati, ularning farzandlari bilan yaqin, do‘stona munosabatda bo‘lishi, ularning kelajakdagi orzu-maqsadlarini tushunib olishlari, farzandlarning sog‘-salomat voyaga yetishlari uchun asos bo‘ladi. – Ilm-maʼrifat, odob-axloq masalasi kishilik jamiyatida, bashariyat hayotida hamisha alohida ahamiyatga ega boʻlgan. Xalqimiz qadimdan elning ilmli kishilariga ishongan, ularga ergashgan. Misol uchun, Islom dini bizning mintaqamizda 725–730 yillarda mahalliy aholi tomonidan qabul qilindi. Birinchi galda ilmli kishilar din bilan tanishib, Qurʼoni Karimni oʻqib, hadislarni oʻrganib, bu nafaqat muqaddas din, balki buyuk taʼlimot ekanini oʻz vaqtida toʻgʻri anglashdi, xalqqa ham toʻgʻri tushuntira olishdi. Ziyoli, maʼrifatli insonlar imon keltirishgachgina el-ulus ham Islomni qabul qildi. Bizning baxtimiz shundaki, ilmli ajdodlarimiz haq yoʻlni tanlay bilishdi. Yana bir oʻrinda “Islom – bu ilmdir” deyiladiki, bunda faqatgina diniy bilimlar nazarda tutilmaydi. Ezgulikka boshlovchi hamma ilmlarni oʻrganmoq farzdir. Bizning dono ajdodlarimiz bu hadislarga qatʼiy amal qilganlar. Islomning ustunlari ilm deganlar. Alohida faxr bilan aytish kerakki, musulmon olamida dastlabki madrasalar bizda ochilgan. Ularni oʻz davrining universitetlari darajasida tushunish kerak. Chunki madrasada diniy taʼlimot bilan birga, tarix, falsafa, astranomiya, tabobat kabi dunyoviy fanlar ham oʻqitilgan. Buxoro, Samarqand, Shosh, Termiz, Nasaf kabi qadimiy shaharlarimizda ana shunday ziyo maskanlari boʻlgan. Taassufki, biz hali madrasalarimiz tarixini toʻla tadqiq qilganimiz yoʻq. Ularni oʻrganishga ajdodlar oldida qarzdormiz. Qu’oni karimda oila ahliga e’tiborning qanchalik zarurligini Alloh taolo shunday bayon qiladi: “Ey mo‘minlar, sizlar o‘zlaringizni va ahli-oilalaringizni o‘tini odamlar va toshlar bo‘lgan do‘zaxdan saqlangizki, u (do‘zax) ustida qattiqdil va qattiqqo‘l, Alloh o‘zlariga buyurgan narsaga itoatsizlik qilmaydigan, faqat o‘zlariga buyurilgan narsani qiladigan farishtalar turur” (Taxrim, 6-oyat) Har qanday tarbiya, xususan nasihat oilada boshlanadi. Tarbiyaning bosh maqsadi – bir-biriga mehr-oqibatli insonlarni voyaga yetkazishdir. Ota va onalar yana unutmasinlarki, bugun farzandlari tarbiyasiga e’tibor bermagan kishi oradan yillar o‘tgach, uysiz, oilasiz qoladi. Abu Homid G‘azzoliy farzand tarbiyasi haqida shunday fikrlarni bildiradi: “Bilgin! Bola tarbiyasi eng muhim ishlardandir. Farzand ota va onaga omonat. Bola qalbi pok, nozik, sodda va har qanday naqsh va suratdan xoli gavhardir. Unga qanday naqsh solinsa, shunga ko‘ra shakllanadi, eggan tomonga egiladi. Agar bola yaxshilikka o‘rganib, yaxshilik ichida voyaga yetsa, dunyo va oxirat saodatini topadi. Albatta bu savobga uning ota-onasi, muallimi va unga tarbiya bergan har bir kishi sherikdir. Agar bola e’tiborsiz tashlab qo‘yilsa, yomonlik ichida o‘ssa, badbaxtlikka yuz tutadi va halok bo‘ladi. Bunda gunoh yuki shu ko‘yga solganlarning, ota-onaning zimmasiga yuklanadi” deydi. Bu xususda Alloh taolo Tahrim surasida “Ey mo‘’minlar, sizlar o‘zlaringizni va ahli oilalaringizni do‘zaxdan saqlangiz”, deb ogohlantiradi. — Ammo tarbiya mutelik degani emas. Imom Buxoriy hazratlariga o‘sha paytlardagi Buxoro amiri Xolid ibn Ahmad Zuhliy vakil jo‘natib “Menga va farzandlarimga “Jome’ as-Sahiyh”, “Tarix” va boshqa kitoblaringizni olib kelib, o‘qib bering” deydi. Imom Buxoriy u yerga borishdan bosh tortadilar. So‘ng amir yana vakil yuborib, boshqalarga qo‘shmasdan uning farzandlariga alohida dars berishini so‘raydi. Ammo yana rad javobini oladi. O‘sha davrda Buxoriyni o‘jarlikda, ta’bir joiz bo‘lsa, amirga nisbatan hurmatsizlikda ayblaganlar ham bo‘lgan. Yana yurtimizda tug‘ilib voyaga yetgan mutafakkirlardan biri Abu Hafs an-Nasafiyning hayot va ijod yo‘lini o‘rganish ham juda muhim. Nasaf shahri Abu Hafs yashagan davrda ilm-ma’rifatda Movarounnahrdagi eng yirik ilmiy-madaniy markazlardan biri bo‘lgan. Allomaning “Kitob al-qand” va boshqa asarlaridagi ma’lumotlarga ko‘ra, VIII—XII asrlar mobaynida bizning diyorimizda uch mingdan ortiq ko‘zga ko‘ringan muhaddislar yashab, faoliyat yuritishgan. Ulardan mingdan ortig‘i Samarqandda, olti yuzdan ortig‘i Buxoroda yashagan bo‘lsa, to‘rt yuz nafardan ko‘prog‘ining hayot va faoliyati Nasaf shahri bilan bog‘liq bo‘lgan. Ko‘pincha, xulqning yaxshiligi xalq bilan birga zikr qilinadi. “Falonchining xulqi ham, xalqi ham go‘zal”, deyiladi. Bu uning ichi ham, sirti ham yaxshi, deganidir. Xulqdan murod ichki surat, xalqdan murod tashqi suratdir. Zotan inson jasad va nafsdan iboratdir. Jasad tan ko‘zi ila, nafs qalb ko‘zi ila idrok qilinadi. Ularning har birining o‘ziga yarasha shakl shamoili, chiroyli va xunuk surati bor. Qalb ko‘zi ila idrok qilinadigan nafs tan ko‘zi bilan idrok qilinadigan jasaddan ulug‘dir. Shuning uchun ham amallar yaxshi bo‘lsa, “yaxshi xulq” deb, yomon bo‘lsa, “yomon xulq” deb ataladi. Badan yeb ichish va tarbiya bilan mukammal bo‘lgani kabi, nafs ham to‘ldirilishga muxtoj holda yaratilgan. Agar badan sog‘lom bo‘lsa, tabibning vazifasi kishining sog‘lig‘ini saqlash bo‘ladi. Agar u bemor bo‘lsa, sog‘ligini tiklashga harakat qilishi kerak bo‘ladi. 3 Download 32.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling