2-олий таълим сиртқи учун топшириқ. 1-топшириқ. Саволларга жавоб беринг


Download 111.03 Kb.
bet1/2
Sana19.04.2023
Hajmi111.03 Kb.
#1364502
  1   2
Bog'liq
2-олий таълим сирти учун вазифа


2-ОЛИЙ ТАЪЛИМ СИРТҚИ УЧУН ТОПШИРИҚ.
1-топшириқ. Саволларга жавоб беринг.

  1. Молия тизимининг соҳалари ва бўғинлари.

Faoliyat jarayonida turli pul fondlari(dan) shakllana-digan va foydalaniladigan moliyaviy munosabatlar turli sohalarining majmui moliyaviy tizim deyiladi. Unga boshqacha ham ta’rif berish mumkin: davlat va korxona-larning pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasidagi shakl va metodlar tizimiga moliyaviy tizim deyiladi. Unga yana quyida ta’rifni ham berish mumkin: Xo’jalik sub’yektlari, uy xo’jaliklari, davlat va maxsus moliya institutlarining pul mablag’larini taqsimlaydigan va ishlatadigan moliya munosabatlarining bir-biri bilan bog’liq va birgalikda harakat qiladigan kategoriyalari, bo’g’inlari va sohalarining yig’indisi moliyaviy tizim deyiladi”.
“Moliyaviy tizim” tushunchasi keng ma’nodagi “moliya” tushunchasining taraqqiyoti natijasidir. Mamlakatda bozor islohotlarining amalga oshirilishi va printsipial jihatdan butunlay yangi bo’lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishi moliyaviy tizimning sohalari va bo’g’inlariga nisbatan ob’yektiv ravishda yangicha yondoshuvni taqozo etdi. Unga muvofiq ravishda, dastlab, moliyaviy tizim quyidagi ikki sohaga bo’linadi:

  • davlat moliyasi va mahalliy moliya;

  • xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi.

O‘z navbatida, moliyaviy tizimning har bir sohasi pul fondlari va daromadlarni shakllantirishning konkret shakllari va metodlariga bog’liq ravishda bir necha bo’g’inlardan tashkil topadi. Masalan, davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi bo’g’inlardan tashkil topishi mumkin:

  • davlat byudjeti;

  • byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari;

  • davlat krediti.

  1. Молиявий сиёсатнинг мазмуни ва тамойиллари.

Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan.
Ijtimoiy rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog’liqni saqlash va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanishi tushunilibgina qolmasdan jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi ham tushuniladi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga bog’lab qo’yish maqsadga muvofiq emas.
Siyosat davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta’sir ob’ekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog’liq ravishda iqtisodiy yoki ijtimoiy, madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat to’g’risida gapiriladi.
Moliyaviy siyosat o’z-o’zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bo’lib, bir vaqtning o’zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu erda uning iqtisodiyot, ijtimoiy soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bo’lishi printsipial ahamiyatga ega emas.
Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi:
bosh maqsadni aniqlash va qo’yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir davriga xos qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun echilishi zarur bo’lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni konkretlashtirish;
yordamida qo’yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan, yaqin kunlardagi va istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlarning metodlari, vositalari va konkret shakllarini ishlab chiqish;
qo’yilgan vazifalarni yechishga qodir bo’lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, ularning bajarilishini tashkil qilish.
Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yo’naltiriladigan maqsad va vazifalarning echilishini aniqlashga moliyaviy siyosat deyiladi.
Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta’rif ham berish mumkin: moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik printsip-larining majmuiga (yig’indisiga) moliyaviy siyosat deyiladi.
Ayrim hollarda moliyaviy siyosat davlatning o’z funktsiyalarini bajarishi uchun moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan davlat organlarining ma’lum bir faoliyati sifatida talqin qilinadi. Bunday talqin o’zida bir necha xavfni mujassam etadi. Buning boisi shundaki, milliy xo’jalik taraqqiyotida davlatning roli to’g’risidagi jamiyatda hukmron bo’lgan tasavvurlarga muvofiq ravishda davlatning vazifalari va funktsiyalari ham o’zgaradi, transformatsiyalanadi. Masalan, mamlakat iqtisodiyotiga davlatning aralashuvi, aholi turmush darajasi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini tenglashtirish va shunga o’xshash davlatning funktsiyalari va vazifalarini aniqlaydigan boshqa bir qancha masalalar hamon munozaraligicha qolmoqda. Buning ustiga, moliyaviy siyosatdan faqat davlatning funktsiyalarini bajarish vositasi (instrumenti) sifatida foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari bilan moliya tizimining boshqa subyektlari, ya’ni aynan mamlakatning aholisi va xo’jalik yurituvchi subyektlari manfaatlari o’rtasida qarama-qarshiliklarni keltirib chiqadi.
Masalan, ko’plab mutaxassislar, shu jumladan, davlat hokimiyat organlarining vakillari tomonidan amaldagi soliq mexanizmining nosamarali ekanligi, biznesning ayrim sohalari uchun esa uning oqibati juda yomon natijalarga olib kelishi mumkinligi ilmiy va amaliy jihatdan asoslansa-yu, moliyaviy siyosat uzoq vaqt davomida o’zgarmasdan qolaversa, amalga oshiriladigan soliq islohotlari uning mohiyatini o’zgartirmasa, bunday holda davlatning moliyaviy siyosati davlat hokimiyatining tegishli organlari tomonidan faol ravishda hayotga tadbiq etilayotgan alohida shaxslar guruhining moliyaviy siyosatiga aylanadi, qoladi.
Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagi uch mantiqiy xulosa kelib chiqadi:
birinchidan, moliyaviy siyosat faqat o’z manfaatlarini ko’zda tutadigan hokimiyat organlarining u yoki bu maqsadlarga erishishining instrumenti emas, balki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini yechish vositasi bo’lishi kerak;
ikkinchidan, davlatning moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat organlarining emas, balki moliya tizimi barcha subyektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim;
uchinchidan, davlat moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat organlarining moliyaviy siyosatini farqlash zarur.
Shunday qilib, davlat moliyaviy siyosatini mamlakat moliya tizimining barcha bo’g’inlarida moliyaviy resurslarning o’sishini balanslashtirilgan (mutanosib-lashtirilgan) holda ta’minlash bo’yicha davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining bir qismi sifatida qarash kerak. Xorijiy tajribalarning ko’rsatishicha, moliyaviy resurslarning balanslashtirilgan (mutanosiblashtirilgan) holda o’sishining zarurligini inkor etish mamlakat moliya tizimining o’zini degradatsiyalashuviga, iqtisodiyotning emirilishi va vayron bo’lishiga olib keladi.
Moliyaviy siyosatning o’ziga xos bo’lgan eng asosiy xususiyati shundan iboratki, bu siyosat mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga va iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda ta’sir ko’rsatib turishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Bunday siyosat aholining turmush farovonligi ta’minlab va davlat daromadlarining manbaini ko’paytirib, moliyaviy xo’jalikka nisbatan eng yuqori natijalarni berishi mumkin. Moliyaviy siyosatning ana shunga yo’naltirilganligi orqali uning quyidagi eng asosiy maqsadini aniqlash mumkin: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi turmushining darajasi va sifatini oshirish uchun moliyaviy sharoitlarni yaratish moliyaviy siyosatning eng asosiy maqsadidir.

  1. Хорижий иқтисодчиларнинг молияга оид назариялари.

Jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarining shakllantirilishi, taqsimlanishi va foydalanilishiga oid iqtisodiy munosabatlarni о‘rgangan Moliya fani iqtisodchi-olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar ta’sirida shakllandi. Ular tomonidan yaratilgan Moliyaviy nazariyalar jamiyatning haqiqiy ehtiyojlari tomonidan tekshirildi hamda agar ular davlat va aholi uchun amaliy tavsiyalarga ega bо‘lgan va hodisalarning haqiqiy mohiyatini о‘zida aks ettirgan bо‘lsa, fan sifatida e’tirof etildi. Shu munosabab bilan Moliya sohasida ilmiy bilimlarni shakllantirishga yordam beradigan Moliyaning turli nazariyalarini о‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodchi-olimlar tomonidan Moliyaga oid ishlab chiqilgan nazariy qarashlar Moliyaviy qonunchilik va davlat fiskal siyosatining asosida yotadi.
Xorijiy iqtisodchilar Moliyaga oid nazariyalarining birinchi guruhi siyosiy iqtisod mumtozlarining konsepsiyalari bilan izohlanadi. Kapitalistik taraqqiyotning dastlabki bosqichidayoq barcha iqtisodiy nazariyalarda Moliyaviy konsepsiyalar alohida о‘ringa ega bо‘lgan. Davlat xarajatlari, soliqlar, kredit va byudjetning iqtisodiyotga ta’siri masalalari siyosiy iqtisod klassiklari (BuYuk Britaniyada – U.Pyetti, A.Smit va D.Rikardo, Fransiyada – P.Baugilber) tomonidan tadqiq qilingan.
Moliya fanining asoschisi A.Smit (1723-1790 yillar) о‘zining “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari tо‘g’risida tadqiqot” dyeb nomlangan fundamyental asarida davlat Moliyasining mohiyati tо‘g’risida ayrim g’oyalarni ishlab chiqdiki, ular mehnatning unumli va unumsizligi tо‘g’risidagi ta’limotga (bu ta’limot A.Smitniki) asoslangan edi. Uning aniqlashicha, bevosita kapitalga almashtiriladigan mehnat unumli, unumsiz mehnat esa daromadga, ya’ni ish haqi va foydaga almashtiriladigan mehnatdir. Ana Shu nazariy qarashlardan kelib chiqqa holda A.Smit (va undan sо‘ng D.Rikardo) Moliyaviy kategoriyalarga (davlatning daromadlari va xarajatlariga) tavsifnoma bergan. U soliqlar hisobidan olingan davlat daromadlari barchasining yoki dyeyarli barchasining unumsiz sarflanishini isbotlagan. Shuning uchun ham davlat xarajatlari kapitalning jamg’arilishi va milliy daromadning о‘sishi imkoniyatlarini qisqartiradi. Ana Shundan uning soliqlarga nisbatan salbiy munosabati kelib chiqqan. A.Smit yaratilgan qiymatni unumsiz sarflaydigan va Shu munosabat bilan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga tо‘siq bо‘luvchi davlatning xarajatlarini qisqartirish kerak, degan xulosaga kyeladi.
A.Smit davlat xarajatlari siyosatini tanqid qilgan bо‘lsa-da, ular ma’lum bir qismi bо‘lishining zarurligini e’tirof etgan. CHunki ana Shu qism ishlab chiqarishning umumiy shart-sharoitlarini himoya qilishga qaratilgan bо‘ladi. Uning nazariyasida soliqlar nazariyasiga katta о‘rin berilgan. U soliqqa tortishni maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilishning quyidagi tо‘rt asosiy prinsiplarini ifodalagan:

soliqlar ularni tо‘lovchilarning salohiyatiga va kuchiga muvofiq tо‘lanishi kerak;


soliqlarning miqdori va ularni tо‘lash muddatlari aniq belgilangan bо‘lmog’i lozim;


soliqlarni undirilish vaqti soliq tо‘lovchi uchun qulay bо‘lmog’i zarur;


soliqlarni undirishda ularni undirish xarajatlarining minimalligini ta’minlamoq kerak.


Tarixiy jihatdan bu prinsiplar tug’ilib kyelayotgan burjuaziyaning ehtiyojlarini aks ettirgan va fyeodal jamiyatning asosiy sosial guruhlari bо‘lgan bо‘lgan zadagonlar hamda ruhoniylarga, fyeodal davlatning soliqlar bо‘yicha boshboshdoqligiga qarshi yо‘naltirilgan (qaratilgan) edi. A.Smit tomonidan ishlab chiqilgan Yuqoridagi prinsiplar, tо‘liq bо‘lmasa-da, burjua davlatlari tomonidan soliq islohotlarini о‘tkazishda foydalanilgan.


Soliqlarning turli kо‘rinishlarini (egri (bilvosita) soliqlar, ish haqi hisobidan undiriladigan soliqlar va boshqalar) tahlil qila turib, A.Smit jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti nuqtai-nazaridan ularga baho bergan. Istye’mol tovarlariga nisbatan о‘rnatilgan egri (bilvosita) soliqlar ular bahosining oshishiga olib kyelgan. Buning natijasida ishlab chiqarish xarajatlari о‘sgan va oxir-oqibatda esa, ularni sotish kamaygan va istye’mol qilish qisqargan. Ish haqidan olinadigan soliqni baholab, u bu soliqni iqtisodiyot uchun xonavayronlik kyeltiruvchi dyeb hisoblagan. CHunki ishchi daromadining soliqqa tortilishi tadbirkor avanslashtirilgan kapitalining oshishiga yoki bozor talabiga salbiy ta’sir kо‘rsatuvchi ishchi kuchi sotib olish qobiliyatining pasayishiga olib kyeladi.
Shunday qilib, A.Smitning soliq konsepsiyasi yagona maqsadga – kapitalning jamg’arilishini rag’batlantirish va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishini tyezlashtirishga qaratilgan edi.
Asosan, xuddi Shunday qarashlarni D.Rikardo (1772-1823 yillar) ham о‘zining “Siyosiy iqtisod va soliqqa tortishning boshlanishi” asarida himoya qilgan. Mehnatning qiymat nazariyasidan kelib chiqqan holda u barcha soliqlar sо‘zsiz ravishda yo kapitalga, yoki daromadga ta’sir kо‘rsatadi, dyeb hisoblagan. Agar soliqlar kapitaldan undirilsa, unumli mehnatni saqlashga mо‘ljallangan fond qisqaradi. Soliqlar daromaddan olinganda esa, kapitalning jamg’arilishi qisqaradi yoki soliq tо‘lovchining istye’moli kamayadi. Birinchi ehtiyoj pryedmyetlaridan olinadigan soliqlar ular bahosining о‘sishiga sabab bо‘lib, ular istye’mol qiladigan tovarlarning miqdoriga nisbatan Yuqoriroq bо‘lgan proporsiyalarda istye’molchining gardaniga Yuklanadi. D.Rikardoning fikricha, tovarlar va ish haqidan undiriladigan har qanday soliqlar, bir xil darajada bо‘lmasa-da, ish haqining oshishiga va foydaning kamayishiga olib kyeladi.
YUqorida bayon qilinganlarni inobatga olgan holda u “soliqlar buYuk zulmdir”, degan xulosaga kyelgan. Soliqqa tortishning о‘sishi yoki hukumat xarajatlarining ortishi bilan xalqning istye’moli pasayadi va bu narsa, oxir oqibatda, ishlab chiqarishda о‘z aksini topadi. Shuning uchun ham hukumatning vazifasi kapitalning jamg’arilishini rag’batlantirishdir. Mamlakatning kyelgusi ishlab chiqarishini qisqartirmaslik uchun hukumat foydani soliqqa tortmasligi kerak.
Klassik burjua siyosiy iqtisodi (A.Smit, D.Rikardo va ularning izdoshlari) davlat xarajatlari va soliqlarga nisbatan rasmiy iqtisodiy siyosatning konsepsiyasini, kо‘p jihatdan, aniqlab bergan edi. XUSH asrning oxiri va X1X asrning boshlarida ilg’or mamlakatlarning Moliyaviy siyosati, yangi sinf – burjuaziyaning manfaatlarini ifoda etib, mamlakatning xо‘jalik hayotiga davlatning aralashmasligi prinsipini e’lon qilga edi. Buning oqibatida davlat xarajatlari va foydani soliqqa tortish biroz qisqardi.
X1X asrda ishlab chiqarishning Yuqori sur’atlarda rivojlanishi mehnat va kapital о‘rtasidagi ziddiyatlarning keskinlaShuviga olib kyeldi. Xuddi Shu davrning о‘zida turli sosial guruhlarning manfaatlarini hisobga olgan holda о‘z siyosatini о‘zgartirishga hukumatni chaqiruvchi iqtisodchilarning tovushlari eshitila boshlandi.
Ingliz olimi J.S.Mill (1806-1873 yillar) mamlakatda sosial keskinlaShuvni Yumshatish maqsadida daromadlarni taqsimlash sohasida о‘zgartirishlar kiritish taklifi bilan maydonga chiqdi. Boylikni nisbatan tekisroq (tyengroq) taqsimlash uchun u tomonidan oqilona soliq tizimining yangi prinsiplari ishlab chiqildi. Hayot kyechirish uchun zarur sanalgan daromadga tyeng bо‘lgan daromadlarni soliqqa tortishda soliqqa tortilmaydigan minimumni joriy etish g’oyasi aynan unga tyegishlidir.
J.S.Mill “xizmatlarning soliq nazariyasi”ni ishlab chiqdiki, unga muvofiq ravishda har bir shaxs davlatdan olinadigan qо‘llab-quvvatlashlar uchun о‘z daromadlarining bir qismini davlatga berishi kerak. U soliqlar va davlat xarajatlari о‘rtasida bog’liqlikni о‘rnatib, soliqlarni davlat xarajatlari bilan uzviy ravishda bog’lagan.
Bu holatlar kyeyinroq shvyed iqtisodchilari K.Viksyel va E.Lindal tomonidan yanada rivojlantirildi. Bizning davrimizda esa bu nazariya amyerikalik iqtisodchi-olim P.Samuelson qarashlarining shakllanishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatdi va u soliqlarning о‘sishi davlat xizmatlariga bо‘lgan ehtiyojning о‘sishi bilan kuzatilishi kerak, dyeb hisobladi.
SHvyeysariyalik iqtisodchi J.Sismondi (1773-1842 yillar) rivojlangan davlatlarning Moliyaviy siyosatini tanqid qilib, mayda tovar xо‘jaliklarini himoya qilgan. Uning chiqishlari, asosan, proteksionizm siyosatiga (masalan, donni import qilish bо‘yicha ingliz Yuqori bojxona bojlari) qarshi qaratilgan bо‘lib, bunday siyosatni u millatga ziyon yetkazuvchi siyosat dyeb hisobladi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi uchun tyegishli sharoitni yaratish borasidagi proteksionizm siyosatining ijobiy tomonlarini kо‘ra olmasdan, mamlakat iqtisodiyotida uzluksiz ravishda katta rol о‘ynab borayotgan о‘sib boruvchi yirik kapitalning ahamiyatini u yetarlicha baholay olmadi.
YAngi tarixiy maktab konsepsiyalari. 1870-yillarda yangi tarixiy maktab paydo bо‘ldiki, uning boshlanishi nyemis olimlarining (G.SHmollyer, M.Vyeber, A.Vagnyer va boshqalar) nomlari bilan bog’liq. Davlat Moliyasini tadqiq qilish bilan kо‘proq A.Vagnyer Shug’ullanib, u davlatning yordami bilan kapitalni jamg’arishning о‘z yechimini taklif etdi. Davlat faoliyatining (ma’muriy, sosial-madaniy va investision) hajmini (kо‘lamini) kengaytirish nuqtai-nazaridan muammoni hal etishga yondoshib, u soliqqa tortishning tо‘qqiz prinsipini ishlab chiqdi va ularni quyidagi guruhlarga birlashtirdi:

yetarlilik va harakatchanlik;


kerak bо‘ladigan manba va ob’yektni tanlash;


eng umumiylik va tyenglik;


aniqlik, qulaylik, arzonlik.


Mohiyat jihatidan u A.Smitning ma’lum va mashhur prinsiplarini tо‘ldirdi. Klassik burjua siyosiy iqtisodidan sо‘ng A.Vagnyer mamlakatda boylik va daromadlarni adolatli taqsimlashga erishish uchun davlat Moliyadan foydalanishi mumkin dyeb hisobladi.


Moliyaviy muammolar – markschilar asarlarida. X1X asrning о‘rtalaridan uning oxirigacha Moliya fani marksistik ta’limotning ta’siri ostida bо‘ldi. Kapitalizm sharoitida Moliyaning mohiyati, ayrim Moliyaviy kategoriyalarning roli va ahamiyati K.Marks (1813-1883 yillar) va F.Engyels (1820-1895 yillar) tomonidan ishlab chiqildi. Albatta, davlat Moliyasi masalalariga bag’ishlangan maxsus katta ishlar ularda bо‘lmasa-da, Shunday bо‘lishiga qaramasdan kapitalizmning juda kо‘p Moliyaviy muammolari ularning qator asosiy asarlarida, jumladan “Siyosiy iqtisod tanqidi”, “Kapital” nomli asarlarida va X1X asrning о‘rtalaridagi ingliz byudjetlari, 1840-yillardagi pruss va fransuz byudjetlarining tavsifiga bag’ishlangan kо‘psonli maqolalarida о‘z aksini topdi. K.Marks monopolistik kapitalizmgacha bо‘lgan davrdagi davlat byudjetlarining sinfiy xarakterini, davlat xarajatlarining unumsiz, xalqqa qarshi xarakterini ochib berdi va davlat qarzlarining soliqlar bilan bog’langanligini kо‘rsatdi.
Kapitalning dastlabki jamg’arilish myetodlarini tadqiq qilib, ularning safiga birinchi navbatda, Moliyaviy myetodlar sifatida davlat xarajatlari, davlat krediti va soliq tizimini kiritdi. Uning fikricha, aynan ana Shu myetodlar kapital jamg’arilishining Yuqori sur’atlarda о‘sishini ta’minladi, kapitalistik ishlab chiqarishning shiddatli rivojlanishi uchun moddiy shart-sharoitlarni yaratdi.
K.Marks va F.Engyels eng muhim Moliyaviy kategoriya hisoblangan soliqlarga jiddiy e’tibor berishdi. Ularning mohiyatini о‘rganib, soliqlar barcha mehnatkashlar uchun qо‘shimcha ekspluatasiya qilishning quroli ekanligini doimiy ravishda ta’kidlab kyeldilar. Soliqqa tortishni baholashda K.Marks tо‘g’ridan-tо‘g’ri (bevosita) soliqlarga va eng avvalo, daromad solig’iga ustuvorlik bilan ahamiyat berdi va soliqqa tortish progressiv shakllarining himoyachisi sifatida maydonga chiqdi. Eng og’ir bо‘lgan egri (bilvosita) soliqlarni u “kekirtakdan oladigan” progressiv soliqlar dyeb atadi.
Davlat byudjetining mohiyatini tahlil qilib, u byudjetning asosiy masalasi byudjet daromadlari va xarajatlari о‘rtasidagi nisbat, ya’ni byudjetning qoldig’i (profisiti yoki defisiti) masalasidir, dyeb e’tirof etdi. Aynan ana Shu qoldiq soliqqa tortishning qisqarishi yoki kengayishini aniqlab beradi.
Biroq Moliyaviy siyosat (davlat xarajatlari va proteksionizm) ta’siri ostida amalga oshiriladigan kapital jamg’arilishining oshib borishi bilan ishchilar sinfining ahvoli og’irlashib boradi, degan K.Marksning tasdig’i e’tirozga muhtojdir. U foyda, foiz, ryenta va ish haqi о‘rtasidagi nisbatning davlat va uning Moliyasi yordamida о‘zgartilishi imkoniyatini (mumkinligini) inkor etgan edi. Ortiqcha ishlab chiqarishning siklik tanazzullari tahlilida davlatning iqtisodiy va Shu jumladan, Moliyaviy siyosati yordamida ularning kuchsizlanishi mumkinligiga yо‘l qо‘ymadi.
X1X asrning oxiri va XX asrning boshlari foydalilikning cheklanganligi nazariyasining tarqalganligi bilan xarakterlanadi. Bu nazariya marksistik ta’limotga qarshi ryeaksiya (aks ta’sir) sifatida maydonga kyelgan edi. Bu nazariya Moliya sohasiga ham tyegib о‘tdi. Uning vakillari, о‘z baholashlaridagi katta farqlarning mavjud bо‘lishiga qaramasdan, mehnatning qiymat nazariyasiga qarshi chiqdilar va uni sotib oluvchilarning xohish-istaklari (ustuvorlik berishlari) yordamida aniqlanadigan baholar tahlili bilan almashtirdilar. Muhim Moliyaviy kategoriyalar bо‘lgan davlat xarajatlari va soliqlar ular tomonidan davlat va xususiy shaxslar о‘rtasidagi kо‘psonli individual bitimlar sifatida talqin qilindi. Bir vaqtning о‘zida, ularning fikricha, davlat xizmatlarining cheklangan foydaliligi soliqlarning cheklangan foydaliligi bilan hamnafas bо‘lmog’i lozim edi.
Birinchi jahon urushiga qadar iqtisodiy fan, asosan, tadbirkorlik erkinligi prinsipiga tayangan holda, davlat va uning Moliyasini mamlakat iqtisodiyotiga aralaShuviga nisbatan qarshi turdi. Ishlab chiqarish va taqsimlashni davlat tomonidan tartibga solish faqat Birinchi jahon urushi yillaridanoq amalga oshirila boshlandi. Jahon iqtisodiy tanazzuli yillariga (1929-1933 yillar) kelib bu jarayon yanada kuchaydi.
J.M.Kyeyns nazariyasi. Ingliz iqtisodchisi J.M.Kyeynsning (1883-1946 yillar) iqtisodiy nazariyasi davlat tomonidan tartibga solishda kapitalistik ishlab chiqarishning ehtiyoji sifatida vujudga kyeldi hamda u Moliyaviy konsepsiyani shakllantirishga va Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishga juda katta ta’sir kо‘rsatdi. Kyeynscha tavsiyalar, uning turli xildagi modifikasiyalari bilan birgalikda, uzoq yillar davomida turli davlatlarning amaliyotida foydalanildi. J.M.Kyeyns Moliyaviy konsepsiyasining asosida “samarali talab” g’oyasi yotadi.
Iqtisodiyot 1929-1933 yillardagi og’ir siklik tanazzulni boshdan kyechirayotgan bir paytda J.M.Kyeyns о‘zining nazariyasini “Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” nomli asarida (1936 yil) bayon etib, maydonga chiqdi. Unda nobarqaror rivojlanish sharoitida davlat iqtisodiyotga aralaShuvining zarurligi asoslab berildi. Moliyaviy kategoriyalar va birinchi navbatda, davlat xarajatlari ana Shunday aralaShuvning instrumyentlari hisoblanishi kerak. Ularning shakllanishi, tarkibiy tuzilmasi va о‘sishi “samarali talab”ga erishishning muhim omillari bо‘lmog’i lozim. Soliqlar va qarzlar hisobidan davlat xarajatlarining о‘sishi tadbirkorlik faoliyatini jonlantirishi va milliy daromadning kо‘payishini ta’minlashi hamda ishsizlikka barham berishi mumkin. Bu maqsadga erishi uchun, muallifning fikricha, davlat faqat о‘z xarajatlarining darajasini oshiribgina qolmasdan, balki shaxsiy va investision istye’molga ham о‘z ta’sirini kо‘rsatishi kerak.

Download 111.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling