2 O’tkir o’pka bakterial destruksiyalari
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
кукрак ичи таранг
- Bu sahifa navigatsiya:
- (bolalarda asosan pastki traxeostomiya Ko’llaniladi)
1. Mavzu bo’yicha kasallarni ko’rasiya qilish – 15 minut 2. Operasiya va boglovlar xonasida ishlash – 20 minut; 3. Amaliy ko’nikmalar bajarishi – 15 minut: 21 TRAXEOSTOMIYA (bolalarda asosan pastki traxeostomiya Ko’llaniladi) - ko’rsatmalar: 1) Yukori nafas yo’llarining o’tkazuvchanligining buzilishi (xikildok, halqum, traxeya travmalari, usmalari, yallig’lanish jarayoni sababli yukori nafas yo’llarining stenozi) 2) usib boruvchi traxeobronxial stenoz 3) nafas mushaklarining paralichi 4) o’zok muddatli o’pkaning sun’iy ventilyasiyasining zarurlingi. - kerakli asbob va materiallar: traxeostomik trubka, 2-ta skalpel: birinchisi - terini va ikkinchisi (ingichkasi) – traxeyani kesish uchun, 2-ta Farabef kryuchoklari, 2-ta bir tishchali kryuchoklar, Trusso kengaytiruvchisi, yetarli miktorda ipak ligaturalari, Bilrot kiskichlari, steril shariklar, salfetkalar, 2% yod va 70 gradusli spirt eritmalari; - bemorning ota-onasiga operasiyaning maqsadi va moxiyatini tushuntirish; - kerakli instrument va materiallarning tayorligini tekshirish; - yukori nafas yo’llaridan shilliq aspirasiya ko’rsat va kislorod ingalyasiyasi yo’lga quyiladi; - Ko’llarga ishlov beriladi (Ko’llar ilik suv oqimi ostida sovun va щyotka yordamida 10 min davomida yuviladi, steril salfetka bilan artilib 96% spirt bilan ishlov beriladi, tirnoq sohalari yod bilan surtiladi), steril perchatkalar qiyiladi; - bemor boshi o’rta chiziq bo’ylab orqaga buqilib yotkiziladi, yelkalari ostiga 10- 12 sm balandli yostikcha quyiladi; - xirurg bemorni o’ng tomonidan turadi; - og’riqsizlantirish: bolalarda endotraxealny narkoz maqsadga muvofik; - operasion maydonga 2% yod va 70 gradusli spirt bilan ishlov beriladi; - chap Ko’lning kata va o’rta barmoklari yordamida xiqildok fiksasiya ko’rsat; - bo’yinning aniq o’rta chizigi buylab o’zuksimon togaydan pastga tush suyagining insizurasigacha teri kesiladi; - teri osti kletchatkasi, bo’yinning yuzaki fassiyasi kesilib gemostaz o’tkaziladi, jaroxat Farabef kryuchoklari yordamida ochiladi; - aniq o’rta chiziq buylab traxeyaga oriyentasiya kilgan xolda bo’yinning 2 va 3- chi fassiyalari qavatma-qavat ochiladi, m. Sternohyoideus tumtoq yo’l bilan ochilgach, pretraxeal bo’shliq kletchatkasi ochiladi; - kalqonsimon bezning bo’yincha qismi biroz yukoriga tortiladi (rasm, a); - bo’yinning 4-chi fassiyasi tumtoq yo’l bilan ochilgach, traxeyaning halkalari ko’rinadi; - o’tkir bir tishchali kryuchoklar yordamida traxeya fiksasiyalanadi va biroz yukoriga tortilgach o’rta chiziq buylab o’tkir ingichka skalpel yordamida traxeyaning 2-ta halkasi (4 va 5-chi) 0,5-0,6sm gacha chuqurlikgacha kesiladi (rasm, b); - traxeya kesimi kirralariga 2-ta o’zun ipak ligatura-ushlagichlar o’tkaziladi; - shu ligaturalarni ikki chetga tortib traxeyaning kesimi ochiladi va o’nga diametri mos traxeostomik trubka o’rnatiladi (rasm, v); - ipak ligaturalar bo’yinning orqamiga boglanadi; - traxeostomik trubka va traxeya kesimi orasiga salfetka quyilib trubka maxsus boglamlari bilan bo’yinning orqa-yonboshiga bog’lanadi; - jaroxatning yukorigi burchagiga teri kesimiga 1-2ta chok qo’yiladi; 22 - davriy ravishda traxeya va bronxlardan shilliq ajralmasi aspirasiya klinib olinadi. Rasm. Pastki traxeostomiyaning bosqichlari. - asoratlari: qizilo’ngachning jarojatlanishi, qon ketishlari, asfiksiya, teri osti emfizemsi, havoli emboliya, traxeyaning orqa devorini jaroxatlanishi yoki yotoklar tufayli traxeoezofageal oqmalar kelib chiqishi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling