2. O’zbekiston hududida urbanizatsiya darajasi rivojlanishi. Eng muhim ekologik muammolar


O’zbekiston hududida urbanizatsiya darajasi rivojlanishi


Download 29.61 Kb.
bet2/3
Sana29.03.2023
Hajmi29.61 Kb.
#1308282
1   2   3
Bog'liq
Begzod

O’zbekiston hududida urbanizatsiya darajasi rivojlanishi.


Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda shaharlar rivojlanishi bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Shahar aholisining salmog‘i 1991-yildagi 40,3 foiz o‘rniga 2018-yilga kelib 50,6 foizga o‘sdi. Bunday o‘sish sur'atlariga asosan ma'muriy o‘zgarishlar, ya'ni 2009-yilda mingga yaqin qishloq aholi punktlarining shahar posyolkalariga aylantirilishi hisobiga erishildi. Shu bilan birga, urbanizatsiya jarayonlarida qator nomutanosibliklar kuzatilmoqda - urbanizatsiya darajasi bo‘yicha mamlakatimizning jahonda tutgan o‘rni past. BMT xalqaro reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha O‘zbekiston 2018-yilda ushbu yo‘nalishda 233 mamlakat orasida 155-o‘rinni egalladi. Vaholanki, bu sohada dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkich 55,3 foiz bo‘lib, u Rossiyada 74,4 foizni, Turkiyada 75,1 foizni, Qozog‘istonda 57,4 foizni, Turkmanistonda 51,6 foizni tashkil etadi; - oxirgi 10 yil mobaynida (2009-2018-yy.) mamlakatimizda urbanizatsiya darajasi 51,7 foizdan 50,6 foizga kamaydi. Xorazm (33,3%), Surxondaryo (35,5%), Buxoro (37,4%) va Samarqand (37,4%) viloyatlarida urbanizatsiya darajasi ayniqsa past;
- 2012-yildan hozirga qadar shaharlar soni o‘zgarmadi (119 ta) va ularda 10,1 mln. kishi istiqomat qiladi. Mamlakat shaharlar tarmog‘ining asosini kichik shaharlar (jami shaharlar tarkibidagi ulushi 68,4 foiz) tashkil qiladi va ularning jami shahar aholisidagi ulushi 20,5 foizga teng. Shaharlar rivojlanishining o‘ziga xos jihatlaridan yana biri shundaki, shahar aholisining deyarli ¼ qismi (24,2%) poytaxt - Toshkent shahrida istiqomat qiladi. O‘tgan davr ichida 6,4 mln. kishi (38,7%) istiqomat qiladigan shahar posyolkalari soni 1065 tadan 1071 taga ko‘paydi. Shahar posyolkalari sonining juda ko‘pligi ham O‘zbekistonda shaharlar tarmog‘ining o‘ziga xos jihati sifatida talqin qilinishi mumkin;
- ko‘pgina kichik shaharlar va shahar posyolkalari ma'muriy usullar orqali tuzilgan bo‘lib, ular shaharsozlik talablariga to‘la javob bermaydi. Amalda aholi qishloq xo‘jalik mehnati bilan band, ularning turmush tarzi esa qishloqqa xos. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bunday toifadagi shaharlar uchun ularning ma'lum bir sohaga chuqur ixtisoslashganligi, ishsizlikning yuqori darajasi, ishlab chiqarish va infratuzilma ob'yektlarining eskirganligi, transport kommunikatsiyalari va xizmat ko‘rsatish sohalari holatining qoniqarsizligi, moliyaviy mablag‘lar va malakali xodimlarning yetishmasligi kabilar xosdir;
- 2012-2018-yillarda shahar aholisi soni 1,4 mln. kishiga yoki 9,2 foizga ortdi (shu davrda qishloq aholisi mos ravishda 1,7 mln. kishi va 11,9 foizga ko‘paydi). Aholining tabiiy harakati (102,0%), migratsiya (-13,4%) va ma'muriy-hududiy o‘zgarishlar (11,4%) shahar aholisi soni o‘sishida asosiy omil bo‘lib xizmat qilgan.

Yurtimizda urbanizatsiyaning mazkur holatda shakllanishiga quyidagilar sabab bo‘lgan:


- asosan qazib chiqaruvchi sanoatga yo‘naltirilgan yirik investitsiya loyihalari shaharlar sanoatlashuviga ijobiy ta'sir ko‘rsatgani yo‘q;
- qishloq aholisi harakatchanligining pastligi va tashqi mehnat migratsiya darajasining yuqoriligi;
- shaharlarni kompleks va barqaror rivojlantirishga yo‘naltirilgan maqsadli urbanizatsiya siyosatining mavjud emasligi;
- shaharsozlik sohasida ishlab chiqilayotgan hujjatlar va me'yoriy-huquqiy bazaning zamon talablariga mos kelmasligi;
- sanoat va infratuzilma ob'yektlari barqaror rivojlanishini ta'minlash uchun mahalliy moliyaviy resurslar va shahar hokimliklari vakolatlarining cheklanganligi;
- iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yuqori malakali mutaxassislar va ishchilarning yetishmasligi;
- har bir shahar bo‘yicha uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyalarining mavjud emasligi;
- mahalliy hokimiyat organlari tomonidan shahar aholisining talab va ehtiyojlarining e'tiborga olinmasligi.
- investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish chog‘ida alohida toifadagi shaharlar uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni yetarlicha hisobga olinmasligi;
- shaharlar, ayniqsa katta va yirik shaharlar aholisi sonini hisobga olish bo‘yicha statistik hisobotlarda xatoliklarning mavjudligi va h.k.
Barqaror rivojlanishni ta'minlashning yangi omili sifatida mavjud nomutanosibliklar va tizimli muammolarni bartaraf etish, urbanizatsiya jarayonlarini faollashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida mamlakatimizda urbanizatsiya darajasini 2030-yilgacha 60 foizga yetkazish vazifasini strategik maqsad sifatida belgilab berdilar. Ushbu vazifani bajarish uchun mamlakatda davlat tomonidan urbanizatsiyani maqsadli tartibga solish va shaharlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar va kompleks chora-tadbirlarni ko‘zda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi (2019-yil 10-yanvar).
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Axborot xizmati bergan maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining doimiy aholisi 2020-yil 1-iyul holatiga koʻra 34 191,7 ming kishini tashkil etib, birinchi yil 286,5 ming kishiga yoki 0,85% ga oʻsdi.

Download 29.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling