2. O‘zbekistonda arxiv ishi tarixi adabiyotlar: M. Ismailov M. Hujjatshunoslik va Markaziy Osiyo diplomatiyasi( o‘quv qo‘llanma)- t, “Akademnashr”, 2010,-64 b
URUSHDAN KEYINGI DAVRDA O‘ZBEKISTONDA ARXIV ISHI (1946-1960 YILLAR
Download 62 Kb.
|
arxiv
4. URUSHDAN KEYINGI DAVRDA O‘ZBEKISTONDA ARXIV ISHI (1946-1960 YILLAR).
Urushdan keyingi yillarda arxivchilar oldida turgan muhim vazifa arxiv materiallariga ilmiy-ma’lumotnoma apparati, ma’lumotnomalar tuzish ishi edi. Hujjatlardan foydalanishni yaxshilash uchun ko‘rsatgich (putevoditel)lar, ilmiy ro‘yxatlar, kataloglar va boshqa axborotnomalar tayyorlash zarur edi. Bu ishlarni amalga oshirishdan avval' arxivchilar davlat arxivlarida saqlanayotgan tartibsiz arxiv fondlarini tartibga soldilar. 1946-1951 yillarida 280 mingga yaqin saqlov birligi tartibga solindi, 150 ming keraksiz, axamiyatsiz yig‘ma jildlar yo‘q qilishga ajratildi. SHunday qilib, davlat arxivlaridagi hujjatlariingbarchasi tartibga solindi. Bu zsa, arxiv hujjatlaridan foydalanishni osonlashtiradigan ilmiy axborotnomalar tuzish ishiga kirnshishga imkon berdi. Urushdan keyingi yillarda O‘zSSR Markaziy davlat tarix arxivining ko‘rsatgichi tayyorlandi va O‘zSSR Oktyabr inqilobi markaziy davlat arxivi ko‘rsatgichi ustida ish boshlandi. Bundan tashqarn, 10 dan ortiq arxiv foidlarining sharhi-axborotnomasi tuzildi, tematik sharxlar yozildi. Ayrim muhim arxiv fondlarining ro‘yxatlari nashr qilish uchun tayyorlangan edi, lekin e’lon qilinmay qoldi. Fotohujjatlar uchun ham tematik va ismlar kataloglari tashkil qilindi. Bu qilingan ishlar davlat arxivlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlari haqida tadqiqotchilarga to‘laroq axborot olish va ulardan kengroq foydalanish uchun imkoniyat ochib berdi. Arxiv tashkilotlarinint muhim ishlaridan yana biri idoralar arxivlarini tartibga solish va hujjatlarnn ehtiyot qilib saqlashni tashkil etish edi. Bu ishda O‘zSSR Ministrlar Sovetining 1949 yil 13-yanvardagi davlat va idoraviy arxivlar ishiii yaxshilash to‘g‘risidagi qarori muhim ahamiyat kasb etdi. Bu qaror e’lon qilingandan kenin ko‘plab tashkilotlar arxivlari uchun maxsus binolar ajratdilar, arxivlariii tartibga soldilar. 1951-1954 yillari Toshkentda 378 tashkilot arxivlari targibga solinli. Idoralar arxiv ishlarini yaxshilash uchun bir necha metodik qo‘llanma tayyorlandi. Masalan, «Tashkilotlarda arxiv hujjatlarinshp ekspertizasini o‘tkazish uchun esdalik», «Idoralar arxivlari ishini nazorat qnlish uchun ko‘rsatmalar», «Ministrliklar arxivlari ishinn rejalashtirish va hisobot qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar» shular jumlasidandir. 1963 yil 14 oktyabrda O‘zSSR Ministrlar Soveti «O‘zSSRda arxiv ishini yaxshilash 1-adbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Bu qaror idoraviy arxivlar, ya’ni tashkilotlar arxivlari ishini yaxshilashda muhim rol o‘ynadi. Uiga ko‘ra idora arxivlarini yaqin 2-3 yil ichida tartibga solishni tugagish, doimiy saqlanadigan hujjatlarni davlat arxivlariga topshirish. arxivlarning o‘zini esa, hujjatlarini beshikast saqlashga yaraydigan binolarga joylashtirish va ularni malakali kalrlar bilan ta’minlash keng yo‘lga qo‘yildi. Davlat arxivlari tashkilotlar arxivlari ishini nazorat qilishni kuchaytirdilar. SHu bilan birga, ularga yordam berishga katta e’tibor qaratdilar. Bu ishlar iatijasida respublikada 1964 yili 1809 tashkilotda, 1965 yili 1759 tashkilotda arxiv hujjatlari tartibga solindi. Idoraviy arxivlar bilan bir qatorda tashkilotlarda ish yuritish ishini yaxshilashga ham katta e’tibor berildi. Davlat arxishtari idoralarda ish yuritishni yaxshilashga yaqindan yordam berishdi. 1959 yili Toshkent shahrida birinchi bor ish yuritish kursi ochilib, kotiba va ish yurituvchilar malakasi oshirildi. Keyingi yillarda bunday tadbirlar doimiy amalga oshirilib turildi. Er masalaga oid har xil qo‘llanmalar, ko‘rsatmalar ishlab chiqildi. Bu qo‘llanmalar idoraviy arxivlar ishini va ish yuritishini yaxshilashga katta hissa qo‘shdi. Davlat arxivlari uchun maxsus binolar ham qurildi. 1964- yili MDAga yangi bino qurilib foydalanishga topshirildi. 1970- yili O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar MDAga maxsus bino qurib berildi. Lekin viloyatlarda ko‘p arxivlar eski binolarda faoliyat yuritib kelar, ularda hujjatlarni saqlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan edi. Davlat arxivlari hujjatlarni qabul qilish sohasila ham anchagina nshlar qildi. 1946-1955 yillarda 600 mikgdan ko‘proq saqlov birligidagi hujjatlar vazirliklar, idoralar arxivlaridan qabul qilib olindi. Bu sohada joylarda ham ancha tadbirlar o‘tkazildi. 1947 yili respublikada 118 tuman va 5 ta shahar arxivida 137 ming saqlov birligida yig‘ma jildlar saqlangan bunsa, 1955 yili 8 shahar va 138 tuman davlat arxivlarida 642 ming saqlov birlkgida hujjatlar bor edi. 1946-1955 yillarda 5 ta hujjatlar to‘plamg kashr qilindi. «Frontdan xatlar» (1949-yil), «Afg‘onistonda Angliya agressiyasi» (1889-1917 yillar) ana shunday hujjatlar to‘plamidir. Arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadda foydalanitni yaxshilashda O‘zSSR Minnsgrlar Sovetining 1956 yil 31- martdagi «O‘zSSR Ministrliklari va idoralar arxiv materiallarini saqlash usullarini tartibga solish va ulardan foylalanishni yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori muhim rol o‘ynaydi. Respublika hukumati arxiv tashkilotlariga hujjatlardan foydalanishni kengaytirish, hujjatli to‘plamlar, ma’lumotnomalar. arxiv fondlari axborotnomalarini tayyorlashni va «O‘zdavlatnashr»ga ularni nashr qilishni topshirdi. Bu qaror arxiv tashkilotlarining ilmiy yashlarni, hujjatlarni e’lon qilish borasidagi nshlarini jonlantirib yubordi. Bir necha yil ichida 20 ga yaqin hujjatlar to‘plamlari nashr qshshndi. SHu jumladan oktyabr to‘ntarishiga oid 2 ta, "bosmachilar" harakatiga doir 2 ta, kollektivlashtirishga oid 4 ta, «O‘rta Osiyoni tadqiq qilgan rus olimlari» nomli seriyada 4 ta to‘plam tayyorlanib nashr qilindi. 60-yillardan boshlab mavzular bo‘yicha arxiv hujjatlarining kataloglari tayyorlana boshlandi. 1963-3967 yillarda 50 mingdan ortiq kartochka yozilgan edi. Markaziy davlat arxivida ilmiy ma’lumotnoma apparati bo‘limi tashknd qilinib, bu bo‘lim xodimlari MDAning tizim (sistematik) katalogini tayyorlashga kirishdilar. Oldin tuzilgan tematik kartotekalar kartochkalari sistematik katalogiga qo‘shildi. SHuningdek, fotohujjatlarga ham 50 ming kartochka tuzildi. Bu kataloglar hozirgi kunga qadar to‘ldirib borilmoqda va tadqiqotchilarga hujjatlar qidirish ishlarini engillashtirmoqda. 1960 yili O‘zSSR MDA sovet fondlari ko‘rsatgichi (putevoditel) nashr qilindi. 1964 yili O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar MDA ko‘rsatgichi e’lon qilindi. Bu ko‘rsatgichlar tadqiqotchilarning arxiv materiallaridai foydalaiishida juda katga qulayliklar yaratdi. 50-yillarning ohiri va 60-yillar ichida arxiv ishini yaxshilash maqsadida davlat arxivlari va arxiv idoralarida qator tashkiliy filiallari qurish ishlari amalga oshirildi. 1958 yili O‘zSSR Oktyabr inqilobi Markaziy davlat arxivi O‘zSSR Markaziy davlat garix arxivi bilan birlashtirilib; yagona O‘zSSR Markaziy davlat arxivi tashkil qilindi. Bir yildan keyin bu arxivga O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar markaziy davlat arxivi ham qo‘shildi. SHunday qilib, 50-yillar oxiriga borib respublikada arxiv | tashkilotlarining tartibl" tizimi vujudga keldi. Bu tizim ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan barcha hujjatlarni ehtiyot qilib saQlash va ulardan foydalanishni tashkil qilish imkopiyatiga ega bo‘ldi. Download 62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling