4-jadval
AQShda yolg’iz fuqarolardan olinadigan daromad solig’ining stavkalari
Soliqqa tortiladigan yillik daromad summasi, AQSh
dollari
|
|
Daromad solig’i, %
|
1) 22 000 gacha
|
|
15
|
2) 22 000 – 54 000
|
3300
|
22 000 dan ortiq summaning 28 foizi
|
3) 54 000 – 115 000
|
12 000
|
54 000 dan ortiq summaning 31 foizi
|
4) 115 000 – 250 000
|
31000
|
115000 dan ortiq summaning 36 foizi
|
5) 250 000 dan ortiq
|
80000
|
250000 dan ortiq summaning 40 foizi
|
AQSh Federal byudjeti daromadlarining umumiy hajmida salmog’iga ko’ra uchinchi o’rinni korporatsiyalarning daromadlaridan olinadigan soliq tushumlari egallaydi.
Keltirilgan jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, korporatsiyalarning daromadidan olinadigan soliq kichik va o’rta biznes (KO’B) korxonalarini moliyaviy rag’batlantirish vazifasini o’taydi. Chunki, daromad hajmining o’sib borishi bilan soliq stavkalari ham oshib boradi. Masalan, 50 000 dollargacha daromad oladigan korporatsiyalar eng past stavkada soliq to’laydilar. Soliq stavkalari 100 000 dan 335 000 AQSh dollarigacha bo’lgan daromad uchun muttasil oshib boradi. Bu esa kichik biznes korxonalari uchun o’ziga xos soliq imtiyozi vazifasini o’taydi. Yirik korporatsiyalar esa 18 333 333 dollardan ortiq daromadlaridan 35 foizli stavkada soliq to’laydilar. Bu esa juda yuqori stavka bo’lib, maksimal stavkadan atigi 4 bandga pastdir. Yirik korporatsiyalar esa, odatda daromadlilik darajasi 100 000 000 va undan yuqori bo’lgan xo’jalik sub’ektlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |