18- jadval
lion zaharlari tarkibiy qismlari va uning ta’siri
I.Neyrotoksinlar
(kobra ilonlar zaharida) “
Neyrotoksin A (nafas markazini falajlaydi)
Neyrotoksin В (mushaklar
sistemasini
umumiy falajlaydi)
Gemolizinlar (qon hujayralarini gemolizlaydi) Koagulantlar (qon ivishini tezlashtiradi) Antikoagulantlar (qon ivishini sekinlashtiradi)
Agglutininlar (eritrotsitlarning agglutinatsiyasi yopishqoqligi ortishiga sabab bo'ladi).
Gemorraginlar (qon tomirlarini buzib, qon
ketishiga sabab bo‘ladi)
Zaharlilikning hayvonot olami vakillarida tarqalishi.
II. Vaztyatga oid masalalarni yeching, test topshiriqlarini bajaring.
O‘quv jihozlari.
Zaharli
hayvonlar rasmlari, zaharli hayvonlar klassifikatsiyasi aks ettirilgan jadvallar. Mulajlar, slaydlar, o‘quv filmlari.
Mashg‘ulot rejasi.
Mashg'ulot seminar tarzida o‘tkaziladi.
Zaharlilik tushunchasi, zaharli hayvonlar klassifikatsiyasi, zaharlarning kimyoviy tarkibi, organizmga ta’siri,
zaharlilikning kelib chiqishi, zaharlarning tabiatda, tibbiyotda va xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Jadvallar, rasmlar va mantiqiy sxemalar yordamida muhokama qilinadi. O‘quv videofilmlari va slaydlar namoyish etiladi. Keyin talabalar albomga ilon
zaharining tarkibiy qismlari, ularning organizmga ta’siri sxemasini yozib oladilar. Ilon, qoraqurt va chayon chaqqanida kuzatiladigan asosiy belgilar va birinchi yordam choralari ham albomga yozib olinadi.
Mashg'ulot oxirida talabalarning vazifalarni bajarishlari tekshi- riladi, bilimi baholanadi va keyingi mashg‘ulotlar uchun topshiriqlar beriladi.