2. Plazmidlar Rekombinant dnk olish
Download 136.06 Kb. Pdf ko'rish
|
24- mavzu maruza biokimyo va molekulyarbiologiya
24-MAVZU: Rekombinant DNK va plazmidlar.Restriktazalar Reja: 1. Ko‘chib yuruvchi genetik elementlar 2. Plazmidlar 3. Rekombinant DNK olish Ko‘chib yuruvchi genetik elementlar DNK genlar to ‘plamidan iborat. Uzoq yillar mobaynida genlar to‘plamining genomdagi o‘mi doimiy deb kelinar edi. Biroq AQSh olimasi Barbara Mak-Klintok makkajo‘xorida irsiy belgilarni tadqiq qilish jarayonida ba‘zi genlar bir joyda muntazam ravishda joylashmay, aksincha o‘z joyini o‘zgartirib turishini aniqladi. Genlarni genom bo‘yicha ko‘chib yurishi uzoq vaqt tan olinmadi. Shunga qaramay bunday hodisa boiishi m um kunligi AQSh olim lari J.B ishop, A .Buxoriy tomonidan mikroorganizmlarda, rus olimi G.Georgiyev tomonidan esa hayvonlarda aniqlandi.Bunday ko‘chib yuruvchi genlar toifasi regulyator genlar yoki transpozonlar deb ataladi. Transpozonlaro‘zjoyini o‘zgartii^ganda qo‘shni genlar faoliyatini u yoki bu tomonga o‘zgartiradi. Transpozonlar xilma-xil strukturaga ega bo‘lsalar ham, barcha transpozon molekulalarining har ikki chetida maxsus nukleotidlar izchilligi, markaziy qismida esa DNK molekulasini belgilangan joyda yopishqoq uchlar hosil qilib kesuvchi transpozaza fermentini sintez qiluvchi gen joylashgan bo’ladi. Plazmidlar Bakteriya va tuban eukariot hujayralarida asosiy xromosomadan tashqari qo‘shimcha mayda plazmidlar uchraydi. Plazmidalar asosiy xromosomalardan bir necha yuz barobar kichik DNK qo’sh spiralidan iborat. Plazmidlar o‘rtacha 3-10 genlardan tashkil topgan bo‘lib, ikki toifaga bo‘linadi. Ularning birinchisi transpozon yoki bakteriofag irsiy molekulasi kabi hujayradagi asosiy xromosomaning maxsus DNK izchilligini kesib, rekombinatsiya bo‘la oladigan plazmidalardir. Bunday rekombinatsiyalanuvchi plazmidlarni transmissil, ya’ni nasldan-naslga beriluvchi plazmidalar deb nomlanadi. Odatda transmissibl plazmida hujayraning asosiy xromosomasiga birikkandan so‘ng o‘z mustaqilligini yo‘qotsa ham ularda joylashgan genlar orasida faoliyatini bajaradi. Hujayra bo‘linganda rekombinatsiyalanuvchi plazmid genlari asosiy xromosoma genlari bilan birikkan holda nasldan-naslga beriladi. Plazmidlarning ikkinchi toifasi avtonom holda replikatsiyalanuvchi plazmidlar deb ataladi. Bunday plazmidlar asosiy xromosomaga birika olmaydi. Shunga ko‘ra ular mustaqil holatda o ‘z-o‘zini rephkatsiya yo‘li bilan ko‘paytira oladilar. Avtonom plazmidlar bakteriya yoki zamburug' bo‘linganda qiz hujayralarga tasodifiy ravishda taqsimlanadi. Ayni vaqtda avtonom plazmidlar bir hujayradan ikkinchisiga hujayra qobig‘i yoki membrana teshiklari orqali o‘ta oladi. Rekombinant DNK olish va genlarni klonlash Sun’iy ravishda rekombinant DNK olish va genlami klonlash birinchi marotaba 1972-yili AQSh olimlari G.Boyer va S.Koen tomonidan amalga oshirildi. Bu ikki olim ichak tayoqchasi bakteriyasi E. coli ning xromosoma DNKsini hamda shu bakteriya plazmidani alohida probirkalarga joylab, ularga Eco R I (iko аг bir) restriktaza fermenti bilan ishlov berganlar. Halqasimon plazmida tarkibidan faqat bir dona Eco R I restriktaza fermenti tanlab kesadigan nukleotidlar izchilligi boiganligi sababli restriktaza DN K qo‘sh zanjirini faqat bir joydan kesib halqasimon plazmidani yopishqoq uchli ochiq holatga o£tkazadi. Xromosoma DNK molekulasida Eco R I restriktaza fermenti taniy oladigan maxsus nukleotidlar izchilligi qancha boisa, bu molekula shuncha boiakka bo’linadi. DNK bo’laklari elektroforez moslamasida kuchli elektr maydonida katta kichikligiga qarab ajratiladi va hosil bo’lgan bo’laklar maxsus bo’yoq bilan bo‘yaladi. Natijada bir joyga yigilgan bir xil kattalikdagi DNK bo’laklari to‘plamini oddiy ko‘z bilan kobrish mumkin. Elektroforez gelidan xohlagan kattalikdagi D N K boiagini suvda eritib ajratib olsa boiadi. Воуеr va Koen shu usullar bilan ajratib olingan yopishqoq uchli bakteriya DNK bo’yagini ochiq holatdagi yopishqoq uchli plazmida DNKsi bilan probirkada aralashtirib ulovchi ligaza fermenti vositasida bu ikki xil DNK bo’laklari uchlarini bir-biriga kovalent bogiar yordamida uladi. Natijada plazmida tarkibiga yot xromosoma DNK bo’lagi kiritildi. Shu usul bilan ilk bor rekombinant plazmida hosil qilindi. Mazkur molekular qurilmada plazmida vektor tashuvchi funksiyasini bajaradi. Chunki plazmidalar xromosoma DNKsiga rekombinatsiyalana oladi. Bu vektor qurilma o£z tarkibida antibiotikka chidamlilik geni bo’lganligi uchun maxsus olingan plazmidasiz ya’ni antibiotikka chidamsiz shtamm (bakteriya) hujayralaiga kiritilsa, rekombinant plazmida kiritilgan bakteriya kloni antibiotikka chidamli genga ega bo’lib qolgani sababli antibiotik ta’sirida o’lmaydi. Shunday bakteriyalar alohida ko‘paytirilsa uning tarkibidagi yot DNK bo’lagi ham shuncha ko‘payishi mumkin. Undan tashqari rekombinant plazmida vektor avtonom replikatsiyalanuvchi plazmida boisa, yot DNK boiagi yana o ‘nlab barobar ko’payadi. Yot DNK boiagini rekombinant vektor qurilmalar vositasida ko‘paytirish genlarni klonlash deb ataladi. Genetik injeneriyada DNK boiagini klonlashda vektor sifatida virus va fag DNK molekulasidan yoki ko’chib yuruvchi genetik elementlardan ham foydalaniladi. Download 136.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling