2. Plazmidlar Rekombinant dnk olish


Download 136.06 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.02.2023
Hajmi136.06 Kb.
#1228865
Bog'liq
24- mavzu maruza biokimyo va molekulyarbiologiya



24-MAVZU: Rekombinant DNK va plazmidlar.Restriktazalar 
Reja: 
1. Ko‘chib yuruvchi genetik elementlar 
2. Plazmidlar 
3. Rekombinant DNK olish 
 
Ko‘chib yuruvchi genetik elementlar 
DNK genlar to ‘plamidan iborat. Uzoq yillar mobaynida genlar to‘plamining genomdagi o‘mi 
doimiy deb kelinar edi. Biroq AQSh olimasi Barbara Mak-Klintok makkajo‘xorida irsiy 
belgilarni tadqiq qilish jarayonida ba‘zi genlar bir joyda muntazam ravishda joylashmay, 
aksincha o‘z joyini o‘zgartirib turishini aniqladi. Genlarni genom bo‘yicha ko‘chib yurishi uzoq 
vaqt tan olinmadi. Shunga qaramay bunday hodisa boiishi m um kunligi AQSh olim lari J.B 
ishop, A .Buxoriy tomonidan mikroorganizmlarda, rus olimi G.Georgiyev tomonidan esa 
hayvonlarda aniqlandi.Bunday ko‘chib yuruvchi genlar toifasi regulyator genlar yoki 
transpozonlar deb ataladi. Transpozonlaro‘zjoyini o‘zgartii^ganda qo‘shni genlar faoliyatini u 
yoki bu tomonga o‘zgartiradi. Transpozonlar xilma-xil strukturaga ega bo‘lsalar ham, barcha 
transpozon molekulalarining har ikki chetida maxsus nukleotidlar izchilligi, markaziy qismida 
esa DNK molekulasini belgilangan joyda yopishqoq uchlar hosil qilib kesuvchi transpozaza 
fermentini sintez qiluvchi gen joylashgan bo’ladi. 
Plazmidlar 
Bakteriya va tuban eukariot hujayralarida asosiy xromosomadan tashqari qo‘shimcha 
mayda plazmidlar uchraydi. Plazmidalar asosiy xromosomalardan bir necha yuz barobar kichik 
DNK qo’sh spiralidan iborat. Plazmidlar o‘rtacha 3-10 genlardan tashkil topgan bo‘lib, ikki 
toifaga bo‘linadi. Ularning birinchisi transpozon yoki bakteriofag irsiy molekulasi kabi 
hujayradagi asosiy xromosomaning maxsus DNK izchilligini kesib, rekombinatsiya bo‘la 
oladigan plazmidalardir. Bunday rekombinatsiyalanuvchi plazmidlarni transmissil, ya’ni 
nasldan-naslga beriluvchi plazmidalar deb nomlanadi. Odatda transmissibl plazmida hujayraning 
asosiy xromosomasiga birikkandan so‘ng o‘z mustaqilligini yo‘qotsa ham ularda joylashgan 
genlar orasida faoliyatini bajaradi. Hujayra bo‘linganda rekombinatsiyalanuvchi plazmid genlari 
asosiy xromosoma genlari bilan birikkan holda nasldan-naslga beriladi. Plazmidlarning ikkinchi 
toifasi avtonom holda replikatsiyalanuvchi plazmidlar deb ataladi. Bunday plazmidlar asosiy 
xromosomaga birika olmaydi. Shunga ko‘ra ular mustaqil holatda o ‘z-o‘zini rephkatsiya yo‘li 
bilan ko‘paytira oladilar. Avtonom plazmidlar bakteriya yoki zamburug' bo‘linganda qiz 
hujayralarga tasodifiy ravishda taqsimlanadi. Ayni vaqtda avtonom plazmidlar bir hujayradan 


ikkinchisiga hujayra qobig‘i yoki membrana teshiklari orqali o‘ta oladi. Rekombinant DNK olish 
va genlarni klonlash Sun’iy ravishda rekombinant DNK olish va genlami klonlash birinchi 
marotaba 1972-yili AQSh olimlari G.Boyer va S.Koen tomonidan amalga oshirildi. Bu ikki olim 
ichak tayoqchasi bakteriyasi E. coli ning xromosoma DNKsini hamda shu bakteriya plazmidani 
alohida probirkalarga joylab, ularga Eco R I (iko аг bir) restriktaza fermenti bilan ishlov 
berganlar. Halqasimon plazmida tarkibidan faqat bir dona Eco R I restriktaza fermenti tanlab 
kesadigan nukleotidlar izchilligi boiganligi sababli restriktaza DN K qo‘sh zanjirini faqat bir 
joydan kesib halqasimon plazmidani yopishqoq uchli ochiq holatga o£tkazadi. Xromosoma DNK 
molekulasida Eco R I restriktaza fermenti taniy oladigan maxsus nukleotidlar izchilligi qancha 
boisa, bu molekula shuncha boiakka bo’linadi. DNK bo’laklari elektroforez moslamasida kuchli 
elektr maydonida katta kichikligiga qarab ajratiladi va hosil bo’lgan bo’laklar maxsus bo’yoq 
bilan bo‘yaladi. Natijada bir joyga yigilgan bir xil kattalikdagi DNK bo’laklari to‘plamini oddiy 
ko‘z bilan kobrish mumkin. Elektroforez gelidan xohlagan kattalikdagi D N K boiagini suvda 
eritib ajratib olsa boiadi. Воуеr va Koen shu usullar bilan ajratib olingan yopishqoq uchli 
bakteriya DNK bo’yagini ochiq holatdagi yopishqoq uchli plazmida DNKsi bilan probirkada 
aralashtirib ulovchi ligaza fermenti vositasida bu ikki xil DNK bo’laklari uchlarini bir-biriga 
kovalent bogiar yordamida uladi. Natijada plazmida tarkibiga yot xromosoma DNK bo’lagi 
kiritildi. Shu usul bilan ilk bor rekombinant plazmida hosil qilindi. Mazkur molekular qurilmada 
plazmida vektor tashuvchi funksiyasini bajaradi. Chunki plazmidalar xromosoma DNKsiga 
rekombinatsiyalana oladi. Bu vektor qurilma o£z tarkibida antibiotikka chidamlilik geni 
bo’lganligi uchun maxsus olingan plazmidasiz ya’ni antibiotikka chidamsiz shtamm (bakteriya) 
hujayralaiga kiritilsa, rekombinant plazmida kiritilgan bakteriya kloni antibiotikka chidamli 
genga ega bo’lib qolgani sababli antibiotik ta’sirida o’lmaydi. Shunday bakteriyalar alohida 
ko‘paytirilsa uning tarkibidagi yot DNK bo’lagi ham shuncha ko‘payishi mumkin. Undan 
tashqari rekombinant plazmida vektor avtonom replikatsiyalanuvchi plazmida boisa, yot DNK 
boiagi yana o ‘nlab barobar ko’payadi. Yot DNK boiagini rekombinant vektor qurilmalar 
vositasida ko‘paytirish genlarni klonlash deb ataladi. Genetik injeneriyada DNK boiagini 
klonlashda vektor sifatida virus va fag DNK molekulasidan yoki ko’chib yuruvchi genetik 
elementlardan ham foydalaniladi. 

Download 136.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling